Hamshiralik tashxisining xususiyatlari
Tashxisot bosqichida xdmshira salomatlikning nisbatan ahamiyatli tomonlarini aniklaydi (tibbiy va jismoniy davolashga qarshi o'laroq hamshiralik parvarishi nima uchun zarurligi), ya'ni hamshira tashxisi mijozping hamshira mustaqil hal eta oladigan muammolarni bayon etadi. Mijoz ma'lumotlarini interpretatsiya va tahlil qilib, hamshiralar salomatlikning vrach tomonidan (tibbiy tashxis) yoki hamshira va boshka mutaxassislar hamkorligida (muammolarni hal etishda boshka mutaxassislar bilan hamkorlik) hal etiladigan muammolarni aniqlashlari mumkin. Bunday hollarda hamshira vrach yoki tibbiy jamoaning boshqa mutaxassisiga tekshiruv natijalari to'g'risida ma'lumot berib, shu muammolarni hal kilish bo'yicha ular bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Hamshiralik tashxisining tibbiy tashxisdan farki. Tibbiy tashxis kasalliklarni aniqlaydi, xamshiralik tashxisida esa kasallikka yoki salomatlik holatiga nosog'lom reaksiyani aniqlash mo'ljallangan. Tibbiy tashxis birlamchi davolash qaratilgan muammoni yfodalasa, hamshiralik tashxisi hamshiralik amaliyoti doirasida hamshira mustaqil hal eta oladigan muammoni ifodalaydi. Tibbiy tashxis bu kasallik toki bor ekan o'zgarishsiz qoldirilaveradi, hamshiralik tashxisi mijoz reaksiyasi o'zgarishi bilan har kuni o'zgartiriladi.
Hamshiralik tashxisi va murakkab muammolar. Hamshiralik tashxisi va murakkab muammo birga hamshiralikning hamshiralar o'nglay olgan nozik tabiatli reaksiyalar sohasidir. Karpentino murakkab muammoni: «... qolatdagi boshlanish va o'zgarishlarni aniqlash uchun hamshiralar nazorat qiladigan ma'lum fiziologik asorat. Hamshiralar murakkab muammo bilan kasallik asoratlarini minimumga yetkazish uchun vrach yoki hamshira tavsiyalarini qo'llab ishlaydilar», deb ta'rif etgan.
Tibbiy tashxis misoliga qarshi o'larok, murakkab muammo tavsiya etilgan davolash tibbiyotga ham, hamshiralikka ham aloqador holatni ifoda etadi. «Hamshira maqsadga erishish uchun mijozning albatta tibbiy tavsiya talab etadigan natijalarini yozishi hamshiralik tashxisi emas, balki hamkorlik muammosi hisoblanadi» (Karpentino, 1992). Murakkab muammo potensial asoratlar bilan bog'liq bo'lganligi uchun oldini olish maqsadida ularni hamshiralik parvarishining dastlabki bosqichida aniklash lozim. Bu muammolar tibbiy kasallik, tibbiy davolash va diagnostik tekshiruv bilan bog'lik. Alfaro murakkab muammoni o'z o'rnida potensial asorat atamasidan foydalanib ifodalashni tavsiya etadi. Muammo va uning sababi bog'liq bo'lishi kerak -ikkilamchi gki nima bilandir boglik.
Masalan, potensial asorat - anoreksiya - tuxumdon raki natijasida ozish sindromi. Quyida xdmshiralik tashxisi, murakkab muammo va tibbiy tashxis muvaffaqiyatlariga olib kelgan turli ma'lumotlar samarali interpretatsiyasining sxemasi keltirilgan. Birinchi sxemada — hamshiralik tashx,isi ko'yilib muvaffaqiyatli davolangan. Keyingi sxemada - hamshira murakkab muammoni anglagan va hamshiralik amaliyoti doira (kompetensiya) siga kiruvchi tibbiy yordamni boshlagan. Barcha muolajalar muvaffaqiyatsiz chiqqach, dori vositalar yoki kateterizatsiya tavsiyasi uchun vrachga yordam so'rab murojaat etgan. Keyingi holatda muammoni vaqtida anglash va natijalarni vrachga yetkazish sistit tibbiy tashxisi to'g'ri ko'yilishyga hamda uning antibiotiklar bilan samarali davolanishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |