Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti


III. HAMSHIRALIK ISHI VA HARBIY-DALA



Download 1,12 Mb.
bet106/119
Sana01.09.2021
Hajmi1,12 Mb.
#162188
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119
Bog'liq
Toshkent davlat ikkinchi tibbiyot instituti

III. HAMSHIRALIK ISHI VA HARBIY-DALA

TERAPIYASI ASOSLARI
3.1. HARAKATDAGI ARMIYADA TERAPEVTIK

YORDAMNI TASHKIL ETISH ASOSLARI
HARBIY-DALA TERAPIYASI FANINING MAQSAD

VA VAZIFALARI

Harbiy-dala terapiyasi asosiy klinik tibbiy harbiy fanlardan biridir. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

1) qo'shinlarning turli sharoitlardagi jangovor harakatlari paytida yaradorlar va bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatishni ishlab chiqish; ilmiy asoslash, takomillashtira borish va bevosita amalga oshirish;

2) ommaviy qirg'in (yadroviy, kimyoviy va bakteriologik) qurollari ishlatilganda inson organizmida kelib chiqadigan ichki a'zolar kasalliklarining barvaqt aniqlanishi, sabablari, kechishi, davolanishi va oldi olinishini o'rganish;

3) jangovor harakatlar paytidagi shikastlanish (kuyish, yaralanish, kontuziya holati) oqibatida ichki a'zolarda kelib chiqadigan patologik holatlarni o'rganish, ularning davolanishi va oldini olish;

4) jangovor harakatlar paytida uchraydigan kasalliklarning kelib chiqishi va davolanishini o'rganish.

Harbiy-dala terapiyasi harbiy tibbiyotning bir bo'limi bo'lib, u ham harbiy tibbiyotga asoslanadi. Bularga:

a) yarador va bemorlarni tibbiy ko'chirish bosqichlarida kasalliklarning kelib chiqishi va ularni davolash usullari borasida hamfikrlilik;

b) tibbiy bosqichlardan o'tayotgan yarador va bemorlarni tekshirish;

v) tibbiy hujjatlarni aniq, qisqa to'ldirib borish kabilar kiradi.

Dastlabki tibbiy bosqichlarda qo'shimcha laborator-asbobiy tekshiruv usullaridan cheklanib, bemorga tashxis qo'yish klinik usullardan foydalanib amalga oshiriladi. Bunda kasallik aniqlanibgina qolmasdan, shu bosqich ichida ko'rsatiladigan tibbiy choralarning ma'qulini ham tanlash lozim.

Jangovor harakatlar tez o'zgaruvchan sharoitda olib boriladi. Shuning uchun ham, turli qo'shin (quruqlikdagi ko'shinlar. dengiz floti, aviatsiya, tank qo'shinlari va hokazo), turli xil ommaviy qirg'in kurollari qo'llaniladigan va juda ko'p kishilar tibbiy yordamga muhtoj bo'lishini nazarda tutib, tez o'zgaruvchan sharoitlarda harbiy-dala terapiyasi oldiga qisqa vaqt ichida yuqori malakali tibbiy yordam ko'rsatish vazifasi qo'yiladi.



Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish