Elektr yuritmalarning avtomatik boshqarish apparatlari
Boshqarish apparatlari B.a. elektr yuritmalardagi motorlarni tegishlicha tezlanishda ishga tushirish, aylanish chastotasini talab etilgan diapazon va bir tekisda rostlash, uni o’zgartirmay saklash, motorni tormozlab to’xtatish va reverslash kabi amallarni bajaradi. Elektr yuritmalarni avtomatik boshqarishda dastaki, rele kontaktorli va himoyalash aparatlari, texnologik datchiklar, elektromagnit muftalar, kuchaytirgichlar, yarimutkazgichli kontaktsiz asboblar va rostlagichlardan foydalaniladi.
Dastaki boshqarish apparatlari. Kul kuchi bilan yoki mexaniq uzatma va richaglar yordamida harakatga keltiriladigan, 500V gacha kuchlanishli o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarini uzib-ulab turuvchi boshqarish apparatlari D.b.a. deyiladi. D.b.a. ning gabarit ulchamlari nisbatan katta, boshqarish quvvati esa kichik buladi. Ularni harakatga keltirish ancha katta qo’l kuchi talab qiladi. Nominal toki 1000 A gacha bulgan zanjirlarni uzib-ulab turishda rubilьniklardan foydalaniladi. Rubilьniklar bir, ikki va uch kutbli tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Kichik va urtacha quvvatli, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish, to’xtatish, yulduz sxemasidan uchburchak sxemasiga utkazish kabi amallarni boshqaradigan hamda kuzgalmas kontaktlari uzaro izolyatsiyalangan paketlar ichiga urnatilgan apparat paketli uzatkich deyiladi. Paketli uzgich 220 V kuchlanishli 400 A gacha tokni uzib-ulashda qo’llaniladi. Agar kuchlanishi 380 V bulsa, bu apparatning nominal toki 40% kamaytiriladi. O’zgaruvchan va o’zgarmas tok motorlarini soatiga 120 martagacha ishga tushirish, to’xtatish, reverslash, aylanish chastotasini rostlash kabi amallarni boshqaradigan apparat kontroller deyiladi. Kontrollyerlar barabanli va kulachokli tuzilishlarda chiqariladi.
Rele-kontaktorli boshqarish apparatlari. Rele va kontaktorlardan iborat bunday elektromagnit boshqarish apparatlari dastaki apparatlarga nisbatan har tomonlama takomillashgan va ularning urtacha xizmat davri bir necha million marta uzib-ulanish bilan harakterlanadi (dastaki apparatlarning xizmat davri esa 2500-5000 marta ulanishlar bilan chegaralanadi).
Magnitli ishga tushirgich. Elektr motorlarni va boshka elektr iste’molchilarini elektr tarmogiga masofadan turib uzib-ulaydigan, ularni ortikcha yuklamadan himoyalaydigan kontaktor va tugmalar stantsiyasidan iborat boshqaruvchi apparat M.i.t. deyiladi. Unda kontaktor chulgamini elektr tarmogiga ulash yoki undan ajartish signallari knopkalar orqali beriladi. Motorlarning aylanish yo’nalishini uzlashtirib turish uchun reversiv M.i.t. lardan foydalaniladi. Reversiv M.i.t. unga va chapga aylantiruvchi ikkita kontaktordan hamda ung, chap va to’xtatish signallari beruvchi knopkalardan iborat buladi.
Tugmalar stantsiyasi. Bosilganda kontaktlarni ochib yopadigan bir necha tugmalardan iborat tugmalar gruppasi K.s. deyiladi.
Rele. Tashki signal vositasida elektr zanjirlarini avtomatik ravishda uzib-ulab turadigan tuzilma R. deyiladi. R. ikki turgun xolatga ega bulgan kommutatsiya elementidan va uning turgun xolatlari o’zgarganda uzilib-ulanadigan kontaktlar sistemasidan iborat. R. lardan avtomatik boshqarish, nazorat, signalizatsiya va himoya sistemalarida foydalaniladi.
Boshqarish relesi. Elektr motorlarni ishga tushirish va boshqarishni avtomatlashtirishda magnitli ishga tushirgich bilan birgalikda B.r.dan ham foydalaniladi. B.r. ning tuzilishi kontaktorlar singari, elektromagnit va boshqarish zanjirlaridagi kichik toklarga hisoblangan kontaktlar sistemasidan iborat. CHulgamiga tok (signal) berilishi bilanok (0,1-0,15 sekund ichida) kontaktlarni uzib-ulovchi B.r. oniy rele deyiladi. CHulg’amiga tok (signal) berilgandan keyin 0,15 sekunddan ortikrok vaqt utganda ishga tushadigan B.r. vaqt relesi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |