Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali



Download 30,46 Mb.
bet128/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

Nazorat savollari
1. Agregatni amalda tuzganda nimalarga e’tibor berish kerak?
2.Agregatning maqsadli tuzilganligini aniqlash mezonlarini aytib bering.
3. Agregatning tarkibini aniqlashda hisobga olinadigan omillarni keltiring
4. Smena vaqti sarfi turlarining qaysi birlari agregatning ish normasini aniqlashda o’z ifodasini topgan?
5. Vaqtdan foydalanish koeffitsientining miqdori MTA texnik holatiga bog’liq, deyiladi. Buni qanday izohlash mumkin?
6.Energetik sarf qanday aniqlanadi?


13- Amaliy ish
Mashina-traktor parki ishini rejalashtirish va yoqilg’i-moylash materiallar sarfini aniqlash.
1.Ishning maqsadi: Mashina-traktor parki ishini rejalashtirish va yoqilg’i-moylash materiallar sarfini aniqlash
2.Kerakli jihozlar: Ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.

1. Ish unumi – bu keng qamrovli tushuncha bo’lib, ishni nimalaryordamida bajarilganligidan qat’i nazar, uning miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha har qanday ishlab chiqarish sohasining rivojlanish darajasini belgilaydi va bu samaradorlik ko’rsatkichi sifatida korxona, ishlab chiqarish tarmoqlarini bir-biriga taqqoslash va baholash mezoni bo’lib xizmat qiladi.


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida, mahsulotlar yetishtirishda texnologik jarayonlarni bajarayotgan agregatlarning ish unumi shu sohaning taraqqiyot darajasini aniqlashda asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. SHuning uchun jahon taraqqiyotidan orqada qolmaslik maqsadida ishlab chiqarishda ish unumini yuqori darajasiga ko’tarishga harakat qilinadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida mashina va mexanizmlardan keng foydalanish, o’z navbatida, qo’l mehnati bilan bajarilayotgan texnologik jarayonlarning kamayishiga olib keladi. Natijada mahsulotning tannarxidagi qo’l mehnatining salmog’i qisqaradi.
MTAning ish unumi deb uning vaqt birligida, agrotexnik, zootexnik talablar bo’yicha bajargan ish miqdoriga aytiladi. Bajarilayotgan texnologik jarayon turlariga qarab ish miqdorini maydon birligi (m2, ga), hajm birligi (l, m3), massa birligi (kg, ts, t) bilan ifodalash mumkin. Qabul qilingan vaqt birligiga ko’ra yoki ish unumi soatli, smenali, mavsumli, yillik kabi o’lchovlarda bo’ladi.
Agregatning ish unumini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: nazariy, texnik va haqiqiy (ekspluatatsion). MTA ning nazariy ish unumi uning qamrash kengligiga, harakat tezligiga va ishlash davomiyligiga to’g’ri proportsionaldir, ya’ni:
(1.99)
bunda, 0i – agregatni i vaqt ichidagi (soat, smena, …) ish unumi;
Bk – agregatning konctruktiv qamrov kengligi, m;
Vn – agregatni nazariy harakatlanish tezligi, m g’s;km g’soat;
Ti –agregat ishining davomiyligi, soat;
C– tuzatish koeffitsienti (uning qiymati tezlik o’lchamiga bog’liq, agar: V [mg’s] bo’lsa, S=0,36; V [km g’soat] da o’lchansa,
S=0,1.
Agregatning haqiqiy (ekspluatatsion) ish unumi deb texnologik jarayon ijro etilayotgan sharoitda, ma’lum vaqt ichida bajarilgan foydali ish hajmiga aytiladi.Bu yerda, asosan, agregatning ishlashi uchun ajratilgan vaqtdan qanchalik darajada foydali ish bajarilishiga sarflanishi hisobga olinib, smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti f (1.103) formulaga kiritiladi. Uning son qiymati ishni to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etilganligiga bog’liq bo’ladi:
(1.104)
yoki 0cm = CT. Bu Vu Tu ,
bunda, Vu, Vu, Tu – agregatning mos holda haqiqiy: qamrash kengligi, ish tezligi va smena davomida foydali ish bajarishga sarf bo’lgan vaqti;
0sm – agregatning smenadagi haqiqiy (ekspluatatsion) ish unumi, gag’sm; tg’sm; m3g’sm; tkmg’sm; mg’sm.
Ushbu formula agregatning haqiqiy ish unumini traktor quvvati orqali ifodalangan holdagi ko’rinishidir. Ko’rinib turibdiki, agregatning ish unumi traktor quvvatiga va tortish kuchidan foydalanish darajasiga, vaqtga, qamrash kengligidan hamda smena vaqtidan foydalanish koeffitsientlariga to’g’ri proportsional bo’lib, ularning qiymatlari oshgan sari uning ham miqdori ortadi. Biroq u agregatning solishtirma qarshiligiga teskari proportsionaldir.
MTA larining ish unumini oshirish yo’llarini topish uchun uning miqdoriga ta’sir ko’rsatadigan omillarning guruhini bilish lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
● agregatning ishlash sharoiti;
● agregat tarkibiga kiruvchi traktor va QXM ning ekspluatatsion ko’rsatkichlari;
● mashinadan foydalanish ishlarini tashkil etish darajasi, agregatning paykalda ishlash tartibi, mexanizatorning malakasi, mehnatni tashkil qilish usuli, haq to’lash va shunga o’xshashlar.
Agregatlarning ish unumini oshirish uchun texnologik jarayonni bajarish paytida quyidagi chora-tadbirlar ko’riladi:
● agregatdan foydalanish jarayonida dvigatelning effektiv va traktorning ilmoqdagi quvvatining yuqori darajada bo’lishini ta’minlash, texnik xizmatni va ekspluatatsion ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida, to’liq va sifatli o’tkazish;
● agregatning tortish qarshiligi Ra va uning solishtirma qarshiligi K ni iloji boricha kamaytirish;
● agregatni to’g’ri, optimal tarkibda tuzish va uning ratsional tezlik rejimlarini tanlash;
● smena vaqtidan f, qamrash kengligidan v, tezligidan yevfoydalanish koeffitsientlarining yuqori qiymatlariga erishish;
● zamonaviy, takomillashgan, energiya bilan yetarli ta’minlangan, yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalardan va takomillashgan texnologiyalardan foydalanish;
● mexanizatorlarning malakasini to’xtovsiz oshirish, ularning mehnatini hisobga olib, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
● ish unumini oshiruvchi muhim rezervlardan bo’lgan usta-sozlovchilar zvenosi bilan TXK joriy etish (mexanizatorlar dam olayotgan vaqtda yoki ishdan tashqari vaqtda); mashinalardan guruh usulda foydalanish va agregatning ikki, uch smenali ishlashini tashkil etish; texnologik jarayon bajarilayotgan maydonda 2 … 6 agregatlar guruhidan foydalanishni tashkil etish hisobiga ularga servis-xizmat ko’rsatishning samarali usullaridan bahramand bo’lish;
● agregat ishlaydigan maydonning kinematik ko’rsatkichlarini (E, S, burilish va harakatlanish usullari, ts, e va boshqalar) aniq sharoitni hisobga olgan holda aniqlash.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, mexanizatorlar orasida muso¬baqa va o’zaro yordam yaxshi tashkil etilsa, texnologik jarayonlar, agregatlar va ularning ish davomiyligi, ketma-ketligi ilmiy asoslansa, ish unumiga ijobiy ta’sir etadi. Guruh usulida ishlashni quyidagi sharoitda barcha qishloq xo’jalik operatsiyalarida qo’llash maqsadga muvofiq:
● har qaysi agregatga to’g’ri keladigan maydon ularning smenalik unumdorligiga teng yoki undan ortiq bo’lishi;
● guruhdagi agregatlarning soni, maydonlarining katta-kichikligi, har qaysi agregatning smenalik ish unumdorligi va ularga uzluksiz TXK imkoniyatlari bilan aniqlanadigan bo’lishi kerak;
● don ekinlari hosilini guruh usulida o’rib-yig’ib olishda kombayndan chiqadigan donni tashish uchun transport guruhini tashkil etish tavsiya etiladi.
Agregatlarning ish unumini oshirishda texnikaviy ishlab chiqarish va sarflar me’yorlarini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. Bu me’yorlar oshirib yoki kamaytirib yuborilsa, ish sifatining yomonlashishiga va samaradorlikning pasayishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, tarkibida kuchli traktorlar (katta tezlikda ishlaydigan traktorlar) bo’lgan agregatlar unumdorligining pasayishiga maydonning tayyor emasligi va kichikligi (bunda ish tezligini oshirish mumkin emas), shuningdek, agregatlarni noto’g’ri komplektlash, ya’ni ularning energetik imkoniyatlaridan to’la foydalanmaslik sabab bo’lishi mumkin.
Ekspluatatsion hisoblarda asosan, Ail foydali, Ae effektiv va At to’liq energetik sarflardan foydalaniladi.
Foydali energetik sarflar quyidagicha aniqlanadi:
Agregat dalada ishlaganda Si.y ishchi yo’lni bosadi, ishchi mashina R qarshilik ko’rsatadi. SHunda agregat ma’lum vaqt ichida Ail ishni bajaradi.
Ma’lumki, ish R (N) kuchni o’tilgan Si.y yo’lga ko’paytmasi kabi aniqlanadi:
Ail = R  Si.y .
Agar ilmoqdagi R qarshilik Km solishtirma qarshilik bilan almashtirilsa va V qamrash kengligi (m),o’tilgan yo’l Si.y = 104g’V bilan belgilansa, u holda foydali energetik sarf quyidagicha ifodalanadi, N  m:
; (1.48)
bunda 104- bir gektarning m2 dagi ifodasi; Kmning o’lchov birligi Ng’m.
Effektiv energetik sarflar traktorning trfoydali ish koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi; Nm:
. (1.49)
To’liq energetik sarflar har gektarga sarflanadigan yonilg’i miqdori q, yonilg’ining kkalg’kg o’lchangan issiqlik yaratuvchanligi (Ni) (issiqlikning 427 kg mg’kkal mexaniqaviy ekvivalentini) hisobga oladi, kg  m:
. (1.50)
Agregatning energetik FIK quyidagicha ifodalanadi:
. (1.51)
[1; 5] da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi traktorlarning dvigatellari quyidagi ko’lamlardagi energetik FIK ni ta’minlaydi: ekishda e = 0,07…0,08; shudgorlashda e = 0,11..0,16; kultivatsiyada e = 0,07...0,08; yig’im-terimda e = 0,03....0,08.
FIK ning absolyut qiymatlari juda past. SHuning uchun dvigatellarning konstruktsiyasini mukammallashtirish va yangisini yaratish bo’yicha ishlar olib borish zarur. Bunday ishlar agregatlarning energetik FIK ni oshirish maqsadida olib boriladi.

Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish