Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali


Agregatni tuzish usullari



Download 30,46 Mb.
bet127/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

Agregatni tuzish usullari. Agarda agregatning tarkibida bir nechta ishchi mashinalar bo’lsa, ularning soni ikki xil usulda tanlab olinadi:
a) tajriba usuli; b) hisoblash usuli.
Tajriba usulida, mashinalarni ishlab chiqaruvchi zavodlarning ko’rsatmasi (instruktsiyasi) ga ko’ra yoki maxsus adabiyotlardagi statistik ma’lumotlar asosida agregat tuziladi va keyinchalik ish jarayonida tezlik rejimlariga, dvigatel quvvatidan foydalanish darajasiga, ish unumdorligiga va yoqilg’i sarfiga ko’ra tekshiriladi. Agarda yuqoridagi ko’rsatkichlar optimal miqdorlaridan katta farq qilsa, u holda, agregatdagi mashinalar soni qaytadan aniqlanadi. Bu usulda agregatlarning tarkibini aniqlash ko’p vaqt talab qiladi, optimal yechimga erishish qiyinlashadi.
Hisoblash usuli quyidagi xillarga bo’linadi: chizma (grafik); chizma - analitik; analitik; matematik usullar yordamida elektron mashinalarida hisoblash. Hisoblash usullarida, avvalo, agregat tarkibining optimal varianti aniqlanib, keyinchalik ishlab chiqarishda tekshiriladi.
Mashinalarning aniq ish sharoitini hisobga oladigan, agregatdagi mashinalarning sonini aniqlaydigan hisoblash usuli eng aniq usuldir.
CHizma usulida ish sharoitini aks ettiradigan tayyor chizmalardan foydalanib, agregatlarning tarkibini hisoblash mumkin. Bunda mashinalar miqdori, uzatma, harakatlanish tezligi, yoqilg’i sarfi (ba’zan smenalik ish unumdorligi) chizmadan olinadi.
CHizma-analitik usul. Agarda agregatning tortish qarshiligini hisoblashdan so’ng, agregatning tarkibini aniqlash uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar chizmadan foydalangan holda olinadigan bo’lsa, bunday usul chizma - analitik usul deyiladi.
Ekspluatatsion amaliyotlarda analitik usul keng ko’lamda qo’llaniladi. SHuning uchun bu usul ancha mufassal o’rganishni taqozo etadi. Keyingi vaqtlarda elektron hisoblash mashinalari (EHM) dan foydalanilmoqda. Bunda maxsus tuzilgan dastur asosida aniqlanadi.
2. Agarda agregatning tarkibi faqat formulalar va normativ ma’lumotlar yordamida hisoblansa, bu agregatni analitik usulda hisoblash deyiladi. Agregatning tarkibini aniqlash quyidagi masalalarni yechishni taqozo etadi:
● dastlabki ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish;
● agregat tarkibiga kiruvchi traktor, KXM va jihozlarni tanlash;
● traktorning uzatmasi (asosiy va zaxirasini) va agregatning yurish tezligini tanlab olish;
● agregatdagi ishchi mashinaning sonini aniqlash;
● tirkagichning fronti hisoblanib, tirkagich tanlash (turi va markasi);
● agregat tarkibining to’g’ri tuzilganligi va uning ko’rsatkichlarini tekshirib ko’rish;
● MTA amalda tuziladi, ya’ni mashinalar tirkaladi yoki osiladi. Ishchi organlari kerakli tartibda o’rnatiladi; yo’naltiruvchi qurilma (marker, iz ko’rsatkichlar)ning o’lchamlari hisoblanib, o’z joylariga o’rnatiladi.
Traktorning tejamli ish rejimi, odatda, tortish quvvati eng yuqori qiymatga ega bo’lgan uzatmaga mos keladi. SHu uzatmani asosiy ish uzatmasi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Asosiy ish uzatmasi bilan bir qatorda zaxira uzatma (yuqori va pastkilari) aniqlanadi.
Bunday qilish, ayniqsa, agregat notekis maydonda va tuproqning tez o’zgarib turadigan holatida ishlaganda maqsadga muvofiq bo’ladi.
Traktorga ratsional yuk tushishi (eng tejamli ish uzatmalari) chegarasi, optimal ish tezligining chegarasi va tortish qarshiligi traktorning (potentsial) tortish tavsifnomasidan topiladi. Ishlaydigan mashinalarning texnologik ruxsat etilgan tezliklarining chegarasini hamhisobga olish kerak.Asosiy va zaxira uzatmalari sifatida qaysi bir uzatmalarni tanlash, hisoblash asosida belgilanadi. Buning uchun ruxsat etilgan tezliklar chegarasiga mos keladigan har bir uzatmada agregat tarkibi hisoblanadi, traktorning yuklanish darajasi aniqlanadi va agregatdan foyd`alanishning (ekspluatatsion) ko’rsatkichlari hisoblab topiladi.
Asosiy ish uzatmasi tezlikni qo’shimcha chegaralaydigan texnologik talablarni hisobga olib tanlanadi. Masalan, yetaklovchi yuritkichlarning tishlashishi, agregatning ag’darilib ketmasligi va ishlov berish qobiliyatlari.
3. Texnologik jarayonlarni bajarish uchun tuzilgan MTA laridan samarali foydalanishning bosh mezoni agregatning energetik resursidan, ya’ni dvigatelning nominal effektiv quvvatidan – Ne, traktorning ilmog’idagi kuchidan – Ruva traktorning maksimal tortish quvvatidan Numaxfoydalanish koeffitsientlarining son qiymatlari bilan baholanadi.
Traktorning ilmohidagi tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
● agregat ishlayotgan maydonda qiyalik (i) mavjud bo’lsa:
; (3.1)

  • agar agregat ishlaydigan maydonda qiyalik mavjud bo’lmasa, ya’ni yer maydoni gorizontal (i = 0) bo’lsa, u holda t - ning qiymati:

(3.2)
Agregatning turiga va texnologik jarayonlar xususiyatlariga qarab u ning qiymati 0, 75 ...0, 95 gacha o’zgarishi mumkin.
Traktorning ilmog’idagi maksimal tortish quvvatidan Numax foydalanish koeffitsienti (zumax) ning son qiymati bajarilayotgan texnologik jarayonlarning turlariga, agregatning massasiga va ishlash maydonining holatiga bog’liq bo’lib, quyi­dagicha aniq­lanishi mumkin:
, (3.2)
bunda, Vu,VH – agregatning ishchi va nazariy tezligi, mg’s;
yev – traktor yetaklovchi g’ildiraklari (zanjiri)ning sirpanishi natijasida agregat tezligining kamayishini hisobga oluvchi koeffitsient.
Mavjud texnologik jarayonni bajarishda traktorning quvvati ishchi mashinani tortishga ko’rsatgan qarshiligini yengish uchun va uning ishchi organlari ishlashi uchun sarf bo’lsa, u holda dvigatelning effektiv quvvatidan Ne foydalanish koeffitsientini qiymati bilan agregatning to’g’ri tuzilganligi baholanadi va quyidagi formuladan topiladi:
(3.3)
bunda, v – quvvat uzatayotgan mexanizmlarning foydali ish koeffitsienti.
Agar texnologik jarayon bajarilayotgan maydon gorizontal bo’lmay, ma’lum qiyalikka i ga ega bo’lsa, u holda dvigatel quvvatining ma’lum bir qismi qiyalik tufayli paydo bo’lgan qo’shimcha qarshilikni yengishga sarf bo’ladi. Bu holat agregatni tuzishda albatta hisobga olinishi kerak.
Yuqorida keltirilgan koeffitsientlarning (ev , zu , z) qiymatlari ma’lum darajada agregatning qamrov kengligi (v) va smena vaqtidan (f) foydalanish koeffitsientlari hamda ishni bajarishdagi sifat ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan holda texnologik jarayonni baholashda bevosita hisobga olinadi. Ushbu ko’rsatkichlar bilan bir qatorda agregatning ish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti eqiymatini ham hisobga olish lozim:
(3.4)
Bu yerda koeffitsientlar qiymatlari yuqori bo’lishi lozim bo’lib, ularning miqdori ishni qanday darajada tashkil etilganiga bog’liqdir. Bulardan tashqari, bir texnologik jarayonni bir nechta traktorlar bazasida tuzilgan agregatlar yordamida bajarilishi mumkin bo’lsa, u holda ularning eng yuqori samara beradiganini tanlash lozim.
Bunday tanlov, birinchi navbatda, ularning ish unumdorliklari, yoqilg’i va mehnat sarflari hamda ekspluatatsion harajatlarning miqdor ko’rsatkichlari taqqoslanib, solishtirilib, so’ng o’tkaziladi.
4. Agregatni amalda tuzish uchun traktor va ishchi mashina maxsus tayyorlangan, tekis maydonchaga olib kelinadi. Tirkama agregat bo’lsa, ishchi mashinani (plugni) ulanadigan nuqtasi traktorning tortish ilmog’iga nisbatan qanchalik baland yoki past bo’lishini aniqlaydi. Traktorni harakat yo’nalishidagi simmetriya chizig’ini ishchi mashinaning o’rtasidan va uning og’irlik markazidan o’tishini ta’minlash kerak. Aks holda, texnologik jarayon bajarilishida ishchi mashina traktorni o’ngga yoki chapga burish momentiga ega bo’ladi. Natijada ishchi mashinaning ish organlari (masalan, plugning dala taxtachasi) ni hamda traktorning yurgizgich tizimidagi detallarini muhlatdan oldin yemirilishlariga sabab bo’ladi.
Ishlash jarayonida agregatning to’g’ri tuzilganligini baholashda agrotexnik talablarni qondirish darajalari, masalan, shudgorlashda, plugning birinchi va oxirgi korpuslarining bir xil chuqurlikda ishlov berishlari, ag’darilgan tuproqning bir xil balandlikda bo’lishi va plugning bo’ylama simmetrik o’qda bir tekis, tebranmasdan harakat qilishi kabi ko’rsatkichlarga tayaniladi.
MTA ni tuzish va ishga tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
● traktor, qishloq xo’jalik mashinasini va tirkagichni ishga tayyorlash;
● traktor, qishloq xo’jalik mashinalari va tirkagichdan agregat tuzish;
● agregatni yo’naltiruvchi qurilmalar va qo’shimcha moslamalar bilan jihozlash;
● agregatni sinab ko’rish va ishlash joyiga ko’chirish uchun tayyorlash.
Tuzilgan agregatlar bajariladigan ishlarning yuqori sifatli bo’lishini, texnik va texnologik xizmat ko’rsatishning qulayligini ta’minlashlari lozim.
Tirkama agregatlarni tuzishda mashina va jihozlar tirkagich fronti bo’yicha joylashtiriladi, tortqi uzunligi tanlanadi, gorizontal va vertikal tekisliklarda tortish chizig’ining yo’nalishi belgilanadi hamda yo’naltiruvchi qurilmalar o’rnatiladi. Agregat tuzilganda tortish chizig’i agregat markazining harakat chizig’iga to’g’ri kelishi lozim. Mashinalar traktorning bo’ylama o’qiga nisbatan simmetrik joylashgani ma’qul.
Agregatdagi mashinalar ikki qator bo’lsa, oldingi qatorga ko’p qismi, orqa qatorga kami joylashtiriladi. Ishchi mashinalar tirkagichga va traktorga ulangandan keyin ish organlarining o’rnatilishi tekshiriladi va rostlanadi.
CHigit ekadigan seyalkalarga markyerlar o’rnatiladi. CHigit ekish seyalkalari uch g’ildirakli traktorlarga osiladi. Marker qulochining uzunligi (Xm) quyidagi ifodadan aniq­lanadi:
(3.5)
bunda, Vk – seyalkaning konstruktiv qamrov kengligi, m;
m – g’o’za qatorlari orasidagi masofa, m;
n – ekish agregatidagi ekkichlar soni, dona.
Agregatning to’g’ri hisoblanganligi, ish tezliklarining to’g’ri tanlanganligi, tortish kuchidan foydalanish darajasi uni ishlatib ko’rish yo’li bilan tekshiriladi. Dvagatelning yetarli yuklanish bilan ishlaganligi taxospidometr yordamida tirsakli valning aylanish chastotasi bo’yicha ham aniqlanishi nazarda tutiladi.
1. Ish unumi – bu keng qamrovli tushuncha bo’lib, ishni nimalaryordamida bajarilganligidan qat’i nazar, uning miqdoriy ko’rsatkichi bo’yicha har qanday ishlab chiqarish sohasining rivojlanish darajasini belgilaydi va bu samaradorlik ko’rsatkichi sifatida korxona, ishlab chiqarish tarmoqlarini bir-biriga taqqoslash va baholash mezoni bo’lib xizmat qiladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida, mahsulotlar yetishtirishda texnologik jarayonlarni bajarayotgan agregatlarning ish unumi shu sohaning taraqqiyot darajasini aniqlashda asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. SHuning uchun jahon taraqqiyotidan orqada qolmaslik maqsadida ishlab chiqarishda ish unumini yuqori darajasiga ko’tarishga harakat qilinadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida mashina va mexanizmlardan keng foydalanish, o’z navbatida, qo’l mehnati bilan bajarilayotgan texnologik jarayonlarning kamayishiga olib keladi. Natijada mahsulotning tannarxidagi qo’l mehnatining salmog’i qisqaradi.
MTAning ish unumi deb uning vaqt birligida, agrotexnik, zootexnik talablar bo’yicha bajargan ish miqdoriga aytiladi.Bajarilayotgan texnologik jarayon turlariga qarab ish miqdorini maydon birligi (m2, ga), hajm birligi (l, m3), massa birligi (kg, ts, t) bilan ifodalash mumkin. Qabul qilingan vaqt birligiga ko’ra yoki ish unumi soatli, smenali, mavsumli, yillik kabi o’lchovlarda bo’ladi.
Agregatning ish unumini quyidagi turlarga bo’lish mumkin: nazariy, texnik va haqiqiy (ekspluatatsion). MTA ning nazariy ish unumi uning qamrashkengligiga, harakat tezligiga va ishlash davomiyligiga to’g’ri proportsionaldir, ya’ni:
(1.99)
bunda, 0i – agregatni i vaqt ichidagi (soat, smena, …) ish unumi;
Bk – agregatning konctruktiv qamrov kengligi, m;
Vn – agregatni nazariy harakatlanish tezligi, m g’s;km g’soat;
Ti –agregat ishining davomiyligi, soat;
C– tuzatish koeffitsienti (uning qiymati tezlik o’lchamiga bog’liq, agar: V [mg’s] bo’lsa, S=0,36; V [km g’soat] da o’lchansa,
S=0,1.
Agregatning haqiqiy (ekspluatatsion) ish unumi deb texnologik jarayon ijro etilayotgan sharoitda, ma’lum vaqt ichida bajarilgan foydali ish hajmiga aytiladi.Bu yerda, asosan, agregatning ishlashi uchun ajratilgan vaqtdan qanchalik darajada foydali ish bajarilishiga sarflanishi hisobga olinib, smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti f (1.103) formulaga kiritiladi. Uning son qiymati ishni to’g’ri, ilmiy asosda tashkil etilganligiga bog’liq bo’ladi:
(1.104)
yoki 0cm = CT. Bu Vu Tu ,
bunda, Vu, Vu, Tu – agregatning mos holda haqiqiy: qamrash kengligi, ish tezligi va smena davomida foydali ish bajarishga sarf bo’lgan vaqti;
0sm – agregatning smenadagi haqiqiy (ekspluatatsion) ish unumi, gag’sm; tg’sm; m3g’sm; tkmg’sm; mg’sm.
Ushbu formula agregatning haqiqiy ish unumini traktor quvvati orqali ifodalangan holdagi ko’rinishidir. Ko’rinib turibdiki, agregatning ish unumi traktor quvvatiga va tortish kuchidan foydalanish darajasiga, vaqtga, qamrash kengligidan hamda smena vaqtidan foydalanish koeffitsientlariga to’g’ri proportsional bo’lib, ularning qiymatlari oshgan sari uning ham miqdori ortadi. Biroq u agregatning solishtirma qarshiligiga teskari proportsionaldir.
MTA larining ish unumini oshirish yo’llarini topish uchun uning miqdoriga ta’sir ko’rsatadigan omillarning guruhini bilish lozim. Ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
● agregatning ishlash sharoiti;
● agregat tarkibiga kiruvchi traktor va QXM ning ekspluatatsion ko’rsatkichlari;
● mashinadan foydalanish ishlarini tashkil etish darajasi, agregatning paykalda ishlash tartibi, mexanizatorning malakasi, mehnatni tashkil qilish usuli, haq to’lash va shunga o’xshashlar.
Agregatlarning ish unumini oshirish uchun texnologik jarayonni bajarish paytida quyidagi chora-tadbirlar ko’riladi:
● agregatdan foydalanish jarayonida dvigatelning effektiv va traktorning ilmoqdagi quvvatining yuqori darajada bo’lishini ta’minlash, texnik xizmatni va ekspluatatsion ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida, to’liq va sifatli o’tkazish;
● agregatning tortish qarshiligi Ra va uning solishtirma qarshiligi K ni iloji boricha kamaytirish;
● agregatni to’g’ri, optimal tarkibda tuzish va uning ratsional tezlik rejimlarini tanlash;
● smena vaqtidan f, qamrash kengligidan v, tezligidan yevfoydalanish koeffitsientlarining yuqori qiymatlariga erishish;
● zamonaviy, takomillashgan, energiya bilan yetarli ta’minlangan, yuqori tezlikda ishlaydigan mashinalardan va takomillashgan texnologiyalardan foydalanish;
● mexanizatorlarning malakasini to’xtovsiz oshirish, ularning mehnatini hisobga olib, moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;
● ish unumini oshiruvchi muhim rezervlardan bo’lgan usta-sozlovchilar zvenosi bilan TXK joriy etish (mexanizatorlar dam olayotgan vaqtda yoki ishdan tashqari vaqtda); mashinalardan guruh usulda foydalanish va agregatning ikki, uch smenali ishlashini tashkil etish; texnologik jarayon bajarilayotgan maydonda 2 … 6 agregatlar guruhidan foydalanishni tashkil etish hisobiga ularga servis-xizmat ko’rsatishning samarali usullaridan bahramand bo’lish;
● agregat ishlaydigan maydonning kinematik ko’rsatkichlarini (E, S, burilish va harakatlanish usullari, ts, e va boshqalar) aniq sharoitni hisobga olgan holda aniqlash.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, mexanizatorlar orasida muso¬baqa va o’zaro yordam yaxshi tashkil etilsa, texnologik jarayonlar, agregatlar va ularning ish davomiyligi, ketma-ketligi ilmiy asoslansa, ish unumiga ijobiy ta’sir etadi. Guruh usulida ishlashni quyidagi sharoitda barcha qishloq xo’jalik operatsiyalarida qo’llash maqsadga muvofiq:
● har qaysi agregatga to’g’ri keladigan maydon ularning smenalik unumdorligiga teng yoki undan ortiq bo’lishi;
● guruhdagi agregatlarning soni, maydonlarining katta-kichikligi, har qaysi agregatning smenalik ish unumdorligi va ularga uzluksiz TXK imkoniyatlari bilan aniqlanadigan bo’lishi kerak;
● don ekinlari hosilini guruh usulida o’rib-yig’ib olishda kombayndan chiqadigan donni tashish uchun transport guruhini tashkil etish tavsiya etiladi.
Agregatlarning ish unumini oshirishda texnikaviy ishlab chiqarish va sarflar me’yorlarini aniqlash ham katta ahamiyatga ega. Bu me’yorlar oshirib yoki kamaytirib yuborilsa, ish sifatining yomonlashishiga va samaradorlikning pasayishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, tarkibida kuchli traktorlar (katta tezlikda ishlaydigan traktorlar) bo’lgan agregatlar unumdorligining pasayishiga maydonning tayyor emasligi va kichikligi (bunda ish tezligini oshirish mumkin emas), shuningdek, agregatlarni noto’g’ri komplektlash, ya’ni ularning energetik imkoniyatlaridan to’la foydalanmaslik sabab bo’lishi mumkin.
Ekspluatatsion hisoblarda asosan, Ail foydali, Ae effektiv va At to’liq energetik sarflardan foydalaniladi.
Foydali energetik sarflar quyidagicha aniqlanadi:
Agregat dalada ishlaganda Si.y ishchi yo’lni bosadi, ishchi mashina R qarshilik ko’rsatadi. SHunda agregat ma’lum vaqt ichida Ail ishni bajaradi.
Ma’lumki, ish R (N) kuchni o’tilgan Si.y yo’lga ko’paytmasi kabi aniqlanadi:
Ail = R  Si.y .
Agar ilmoqdagi R qarshilik Km solishtirma qarshilik bilan almashtirilsa va V qamrash kengligi (m),o’tilgan yo’l Si.y = 104g’V bilan belgilansa, u holda foydali energetik sarf quyidagicha ifodalanadi, N  m:
; (1.48)
bunda 104- bir gektarning m2 dagi ifodasi; Kmning o’lchov birligi Ng’m.
Effektiv energetik sarflar traktorning trfoydali ish koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi; Nm:
. (1.49)
To’liq energetik sarflar har gektarga sarflanadigan yonilg’i miqdori q, yonilg’ining kkalg’kg o’lchangan issiqlik yaratuvchanligi (Ni) (issiqlikning 427 kg mg’kkal mexaniqaviy ekvivalentini) hisobga oladi, kg  m:
. (1.50)
Agregatning energetik FIK quyidagicha ifodalanadi:
. (1.51)
[1; 5] da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi traktorlarning dvigatellari quyidagi ko’lamlardagi energetik FIK ni ta’minlaydi: ekishda e = 0,07…0,08; shudgorlashda e = 0,11..0,16; kulьtivatsiyada e = 0,07...0,08; yig’im-terimda e = 0,03....0,08.
FIK ning absolyut qiymatlari juda past. SHuning uchun dvigatellarning konstruktsiyasini mukammallashtirish va yangisini yaratish bo’yicha ishlar olib borish zarur. Bunday ishlar agregatlarning energetik FIK ni oshirish maqsadida olib boriladi.



Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish