9 - Amaliy ish
Paxta yig’ishtirish mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari.
1. Ishning maqsadi: Paxta hosilini mashinada terib olish usullari va agrotexnik talablar, mashinalarining vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo’yicha ko’nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: MX-1,8 rusumli paxta terish mashinasi, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
Paxta terimi ko’saklar ochilishi 85% va undan ortiqroq bo’lganda gorizontal shpindelli mashina bilan bir marta, vertikal shpindelli mashina bilan ketma-ket ikki marta o’tishida terib olinadi, bunda ikkinchi o’tish birinchi o’tishga nisbatan qarama-qarshi yo’nalishda amalga oshiriladi. SHunday qilib paxta terish mashinasining ketma-ket ikki o’tishida 88...93% hosil terib olinadi.
Bunday usul terim davrini qisqartiribgina qolmay mashinaning ikkinchi o’tishida chanoqlardan paxtani to’laroq terib olishi hisobiga paxtani yerga to’kilishini kamaytirishga imkon beradi.
Paxta terish mashinalari ishlash prinsipiga ko’ra mexaniq, pnevmatik, pnevmomexaniq va elektrostatik turlarga bo’linadi.
Mexaniq usulda paxtani terib olish mashinalari keng tarqalgan bo’lib, ular o’z navbatida vertikal va gorizontal shpindelli mashinalarga bo’linadi.
Mamlakatimizda paxta hosilining ochilgan qismini terib olish uchun asosan vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ishlatilmoqda.
Agrotexnik talablar: Mashinaning terim to’liqligi, kamida 90%; yerga to’kilgan paxta miqdori, ko’pi bilan 4%; 10 m yurganda yerga to’kilgan ko’saklar soni, ko’pi bilan 3 dona; bunkerdagi paxtaning iflosligi, ko’pi bilan 8%; chigitning mexaniq jarohatlanishi, ko’pi bilan 1%; terim paytida chigitdan tolani ajralishi, ko’pi bilan 0,3% tashkil etishi kerak.
Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan MX-1,8 vertikal shpindelli paxta terish mashinasi (9.1-rasm) traktor1 ga yarim osma holatda o’rnatilgan bo’lib, uning asosiy qismlari terish apparati 6, so’ruvchi 2, haydovchi 4 havo kanallari va ventilyatordan 4 iborat paxtani pnevmatik yuklash tizimi hamda bunker 8 dan iborat.
Mashina bilan terish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi. Traktor oldinga qarab harakatlanganda g’o’zapoya ko’targichlar 5 yotib qolgan g’o’zani ko’tarib terish apparatining 6 shpindelli barabanlari 7 orasiga yo’naltiradi. Bunda shpindellar o’rnatilgan barabanlar 7 traktor harakati bo’ylab, undagi shpindellar esa traktor harakatiga qarama-qarshi tomonga aylanadi. Aylanayotgan shpindellar paxtani o’ziga o’rab oladi, so’ngra baraban ularni paxtani shpindeldan ajratib olish kamerasiga yo’naltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |