MTZ-80 g’ildirakli traktorining gidrokuchaytirgichli rul boshqarmasi Ro’l mexanizmi chervyak-sektor tipida bajarilgan va ro’l chambaragi, ro’l vali 10 bulgan ro’l kalonkasi I, ro’l valliga bikir maxkamlangan yelkali sektor 8, chervyak 6 va gidrokuchaytirgich qutisi 1 dan tashkil topgan g’6-rasmg’. Sektor 8 ni ikki yelkali deb atalishi, uning bir yelkasi chervyak bilan tishlashgan bulsa, ikkinchi yelkasi gidrokuchaytirgich silindri 4 ni porsheni 3 bilan reyka 9 orqali birlashgan. Gidrokuchaytirgichni moy rezervuari rul kolonkasi 1 ni uzida joylashgan va suruvchi shtutser B orqali nasosga uzatiladi.
6.7-rasm MTZ-80 traktorini gidrokuchaytirgichli rul mexanizmi.
I-gidrokuchaytirgich rul kolonkasi; 2-avtomatik blokirovka mexanizm dastagi; 3-porshen; 4-silindr; 5-taksimlagich; 6-chervyak; 7 - ekstsentrik vtulka; 8 - ikki yelkali sektor; 9-reyka; 10-vertikal rul vali;11-soshka;12-turli filьtr; 13-cheklash bolti; 14-kuyish bugzining kopkogi. A-nasosga moy kirish yuli; B-nasosdan moy chiqish yuli; V - rul kalonkasidan moy tukish yuli.
Moy rezervuarga bugzidan kuyiladi va bugiz kopkogi 14 bilan biriktiriladi.Rezervuarga kaytib keladigan moy turli filьtr 12 orqali utkaziladi. Undan tashkari rul mexanizmida taksimlagich 5,ekstsentrik vtulka 7, rul vali 10 joylashgan. SHuni aytish kerakki, gidrokuchaytirgich ishlamasa ham bu rul mexanizmi boshqarish vazifasini bajara oladi, fakat rul chambaragiga juda katta kuch bilan ta’siri kilish kerak.
Uch nuqtali variantdagi osish qurilmasiga (4-rasm) traktorga nisbatan yon tomonlarga burilmasdan yurishi talab qilinadigan mashinalar (seyalka, chopiq kultivatori, o’g’it sepgich va hakozolar) o’rnatiladi.
Traktorning uch nuqtali osish qurilmasining ishlashi quyidagicha amalga oshiriladi.Osish qurilmasi traktorning orqa ko’prigiga o’rnatilgan yuqorigio’qiga 1 sharnir yordamida ulangan ikkita ko’tarish richaglari 4 va pastki o’qiga o’rnatilgan ikkita pastki bo’ylama tortqilar 7 hamda markaziy o’qga 3 o’rnatilgan markaziy tortqi 5 lardan iborat. Osiladigan mashinadagi uchta barmoq markaziy tortqining 5 uchidagi vtulkaga 9 hamda pastki bo’ylama tortqilarning uchidagi vtulkalarga 10 kiydiriladi.
Traktor kabinasida o’tirgan operator tegishli vosita yordamida gidrosilindrga8 bosim ostidagi moy yuborsa, uning tortqichi ko’tarish richaglari 4 ko’taradi, ular esa o’z navbatida kashaklar6 orqali pastki bo’ylama tortqilarni 7 hamda ularning vtulkasiga 10 osilgan mashinani yuqoriga ko’taradi yoki pastga tushiradi.
Agar mashina traktorga tik (vertikal) tekislikda noto’g’ri ulanib ishlatilsa, uning old tomoni yoki orqa tomoni birmuncha ko’tarilib yuradi, bunda ishchi qismlari yerga bir xil chuqurlikda ishlov bermasdan qo’yadi. Bu holat markaziy tortqining5 uzunligini vintli mufta 11 hamda kashaklar 6 yordamidao’zaytirish yoki qisqartirish bilan rostlanadi.
Agar mashina traktorga yotiq (gorizontal) tekislikda noto’g’ri ulansa, u o’ng yoki chap tomonga burilib, ya’ni “yonboshlab” yuradigan bo’ladi. Natijada, mashinaning texnologik jarayonni bajarish sifati pasayib, sudrashga qarshiligi ortib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |