Toshkent davlat agrar unversiteti termiz filiali


Elektrodvigatellarning turlari va tuzilishi



Download 30,46 Mb.
bet75/211
Sana02.04.2022
Hajmi30,46 Mb.
#525045
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211
Bog'liq
QXM va A ma\'ruza (2) (3)

2.Elektrodvigatellarning turlari va tuzilishi.

O’zgarmas tok elektr mashinalari. Elektr energiyasini mexaniq energiyaga aylantiruvchi elektr dvigatellari va mexaniq energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr generatorlarga bo’linadi. U.t.e.m. avvalo tok turiga karab o’zgarmas va o’zgaruvchan tok mashinalariga ajratiladi. O’zgaruvchan tok mashinalari, ishlash prinsipiga ko’ra, asinxron va sinxron mashinalarga bo’linadi. Ular bir, ikki va uch fazali tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Kuchlanish qiymatiga qarab past va yuqori kuchlanishli mashinalarga bo’linadi. Quvvatiga qarab mikro (jajji) mashinalarga (bir necha Vt dan 500 Vt gacha), kichik quvvatlarga (0,5 kVt dan 10 kVt gacha), o’rta quvvatlilarga (10 kVt dan bir necha yuz kVt gacha) va katta quvvatlilarga (bir necha 100 kVt dan bir necha ming, 10 ming KVt gacha) ajratiladi.



  • Elektr dvigatellari ham boshqa elektr mashinalari singari, generator va dvigatel vazifasida ishlay oladi. Yuqori va past kuchlanishli turli quvvatlardagi o’zgarmas tok generatorlaridan elektroliz va zaryadlash qurilmalarida, elektr transport va stanoklarning elektr yuritmalarida va boshka maksadlardan foydalaniladi. O’zgarmas tok dvigatel ayniksa, avtomatlashtirilgan elektr yuritma sistemalarida va aylanish chastotasi keng diapazonda, sillik va tejamli rostlanishi talab kilinadigan qurilmalarda keng ko’llaniladi. Texnik va iktisodiy ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan yarimo’tkazgichlar asosida yaratilgan statik o’zgartgichlar texnikasining rivojlanishi munosabati bilan o’zgarmas tok mashinalaridan ham keng foydalanilmoqda.

  • O’zgarmas tok mashinasi ikki qism: magnit maydonini xosil qiladigan qo’zgalmas staninadan va EYuK xosil qiladigan aylanuvchan yakordan iborat. Staninaning ferromagnitli gardishi 1ga bosh kutb uzaklari 2 maxkamlanadi, yakorь esa uzak 3, kollektor 4, val 5, podshipnik 6, podshipnik kalkoni 7 va ventilyator 8 dan iborat. Bosh kutbning pulat uzaklariga o’zgarmas tok bilan asosiy magnit maydoni xosil qiladigan ko’zg’atish chulgami o’ralgan, yakorь po’lat o’zagining arikchalariga EYuK xosil qiladigan yakorь chulgami joylangan.

  • Elektr yuritma sistemasini tanlash. Har bir ish mashinasini harakatga keltiruvchi dvigatelning turi, aylanish chastotasi, kuchlanishi va tipini aniqlash hamda texnologiya talablariga muvofik bu dvigatelning boshqarish sistemasi elementlari va sxemasini tanlash E.yu.s.t. deyiladi. Texnologiya talablari qatoriga ish mashinasining hisoblab yoki ulchab aniqlangan yuklamalar kiymati, aylanish chastotasi yoki harakat tezligining o’zgarish grafiklari, tezlikning rostlash kengligi, rostlash sillikligi, berilgan tezlikning saklanishi, valdagi quvvat yoki aylantiruvchi momentning o’zgarmasligi, ishga tushirish va tormozlab to’xtatish davomiyligi va bundagi tejamlilik kabi ko’rsatkichlar kiradi.

  • Elektr dvigatelning quvvatini tanlash. Ish mashinasining yuklama tasviriga asosan elektr yuritma dvigatelning quvvati topiladi va katalogdan taxminiy dvigatel tanlanadi. So’ngra tanlangan dvigatel va elektr yuritma sistemasining parametrlarini hisobga olib, berilgan texnologik rejim uchun dvigatel quvvati kayta hisoblanadi. Bunda dvigatel quvvati talab etilganidan kichik bulsa, ish mashinasi imkonidan to’la foydalanilgan taqdirda dvigatel ortikcha yuklanib, ishdan chiqishi mumkin. Agar dvigatel quvvati talab etilganidan katta bulsa, ish mashinasi imkonidan tula foydalanilgan takdirda dvigatel ortikcha yuklanib, ishdan chiqishi mumkin. Agar dvigatel quvvati talab etilgandan katta bo’lsa elektr yuritma ko’rsatkichlari pasayib, quvvat isrofi kupayadi. Dvigatel to’g’ri tanlansa ish mashinasi va elektr yuritmadan optimal foydalaniladi, demak, bu masala muxim texnika-iktisodiy ahamiyatga egadir.

  • Dvigatel quvvatini qizishiga karab tanlash. Ish mashinasi ko’pincha o’zgaruvchan yuklama bilan ishlaydi. SHu sababli elektr dvigatel cho’lgamidan o’tadigan yuklama toki ham turlicha bo’ladi. Bunda Joulь-Lents konuniga muvofik dvigateldagi cho’lg’amning qizishiga sarflanadigan quvvat isrofi yuklama tokining kvadratiga proportsional, ya’ni Q=ΔPt=I2Rt bo’ladi. Agar texnologik talabga muvofiq qayta-qayta ishga tushirilib va to’xtatilib turilsa, dvigatelda ajraluvchi va uni qizdiruvchi quvvat isrofi ishga tushirishdagi tokning nominal tokdan kattaligi hisobiga yana ham ko’payadi. Dvigatelning qizishga sarflanadigan va tashki muxitga uzatiladigan issiqlik energiyasi ma’lum vaqtdan so’ng o’zaro tenglashib, qizish harorati turgun bo’lib qoladi. Bu haroratning me’yorli kiymati, asosan dvigatel cho’lg’amlarining izolatsiyasi materialiga va uning sifatiga karab belgilanadi.

  • Agar elektr dvigatel ortikcha yuklanib ishlasa, uning izolatsiyasi tezda ishdan chikib, dvigatelning xizmat davri keskin qisqaradi. Dvigatelning quvvati ham, asosan, uning cho’g’amlari izolyatsiyasi me’yorli qizishi bilan aniqlanadi. SHu sababli katalogdan tanlangan dvigatelning quvvati hisoblab topilgan quvvatiga teng yoki undan bir oz kattarok bo’lishi kerak. Katalogdan tanlangan dvigatel ko’rsatkichlari yuklama tasviridagi maksimal va ishga tushirish momentlari bilan solishtiriladi. Bunda tanlangan dvigatelning maksimal (Mmaks) va ishga tushirish (Misht) momentlari talab etilganidan kichikrok bulsa, katalogdan bir shkala yuqori quvvatli dvigatel tanlanadi.

  • Tuzilishiga karab dvigatel tanlash. Elektr dvigatellar, tuzilishiga ko’ra, ochiq, himoyalangan va berk turlarga bo’linadi. Elektr yuritmalar uchun dvigatel turi ish mashinasining ishlash joyi, sharoitiga qarab tanlanadi. Masalan, ochiq, ya’ni tokli va aylanuvchi qismlari tashqi muxit ta’siridan himoyalanmagan dvigatellar changsiz, kuruk va yongin xavfi bulmagan binolardagi yuritmalarga kuyiladi. Tokli va aylanuvchi qismlari yuqoridan tikka yoki 450 burchak ostida tushadigan suv, yomgir tomchilari va boshka kattik jismlardan saklangan dvigatel himoyalangan dvilatel deyiladi. Bunday dvigatellar odatda usti yopik, ba’zan usti ochiq joylarda ham qo’llanilishi mumkin. Korpusi jips berkitilgan dvigatel berk dvigatel deyiladi. Bunday dvigatellar tashki muxit ta’siridan xoli, muxit esa dvigateldan chiqishi mumkin bulgan uchkunlardan himoyalangan buladi. Ochiq va himoyalangan dvigatellar uz uqiga urnatilgan ventilyator bilan sovitiladi, berk dvigatellarni sovitish uchun esa tashqi ventilyatordan foydalaniladi.

  • Dvigatellarni tipiga karab tanlash. Elektr yuritmalarda asosan qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellari qo’llaniladi. Bunday dvigatellar dastlab A va AO seriyalarda chiqarilgan. Keyinrok A va AO seriyali motorlar takomillalshtirilib, A2 va AO2 seriyali tiplari uzlashtirilgan. Xozirgi paytda asinxron motorlarning yanada takomillashgan 4A seriyadagi tiplari ishlatilmokda. 4A seriyali asinxron motorlar ilgarilariga nisbatan kuyidagi afzalliklarga ega: massasi 18% kamaytirilgan, gabarit (hajm) ulchamlari kichraytirilgan, aylanish uki pastrokda urnatilgan, ishga tushirish momenti oshirilgan, shovqin va tebranish darajasi pasaytirilgan, montaji kulaylashtirilgan, foydali ish koeffitsienti oshirilgan, quvvatlar shkalasi va ulchamlari xalkaro standartlarga yakinlashtirilgan. Bu tipdagi motorlar muxit haroratining +200 dan -400 chegarasidagi o’zgarishlarga hisoblangan nominal rejimi esa +250 4A seriya asosida asinxron motrlarining kishlok xujaligi modifikatsiyasi ham uzlashtirilgan. Ularda ishga tushirish momenti, kishlok xujaligidagi ogir sharoitlarni hisobga olib, yanada oshirilgan, chulgamlarining izolatsiyasi esa turli yemiriluvchi moddalarga va namga chidamli kilib chiqarilgan. R=0,12-0,37 kVt quvvatli motorlar 220g’380 V va 380g’660 V kuchlanishga; R=132-400 kVt lilar esa 380g’660 V kuchlanishga hisoblab chiqariladi.




Download 30,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish