Toshkent davlat agrar universiteti


“O’zagrolizing” kompaniyasining lizing operatsiyalarini marketing strategiyalarini asosida rivojlantirishning asosiy yo’llari



Download 356,31 Kb.
bet31/40
Sana13.09.2021
Hajmi356,31 Kb.
#173332
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
Iqbol diplom ohirgi holati

3.2 “O’zagrolizing” kompaniyasining lizing operatsiyalarini marketing strategiyalarini asosida rivojlantirishning asosiy yo’llari.

Lizing bozorining borgan sayin to‘yinib borishi sharoitida marketing lizing kompaniyalarining raqobatbardoshligini oshirish va rivojlanishning asosiy omili bo‘lib qolmoqda.

Umuman olganda, lizing xizmatlari marketingi ta’rifini F.Kotler34, Dj.R. Evans va B.Bremanlar35 hamda P.S. Zavyalovalarning36 keltirgan ta’riflariga asoslanib lizing xizmatini yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlarni bozor orqali asosiy fondlarini moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini maksimal tarzda qondirishga hamda bozor kon’yunkturasini tadqiq qilish, prognoz qilish, lizing kompaniyasining ichki va tashqi muhitini o‘rganish, bozorga ta’sir qiluvchi mexanizmlar orqali lizing kompaniyasining taktika va strategiyasini ishlab chiqish asosida foyda olish va raqobat ustunligiga ega bo‘lishga qaratilgan ishlab chiqarish va sotishning kompleks tizimini tashkil etish sifatida ifodalash mumkin.

Bitiruv malakaviy ishimizning avvalgi boblarida lizing xizmatlari xususiyatlari haqida alohida to‘xtalgan edik, endi yana bir bor lizing mahsuloti va uning marketingga bog‘liqligini ko‘rib chiqsak. Ma’lumki, lizing xizmati bozorida oldi-sotdi ob’ekti bo‘lib lizing beruvchi shartnoma asosida o‘z tasarrufida turgan mulkni lizing oluvchiga tadbirkorlik maqsadlarida hamda shartnoma muddatlari oxirida lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lab berish shartlari bilan egalik qilish va foydalanish uchun topshirishidan iborat bo‘lgan lizing xizmati hisoblanadi.

Tadqiqotlarimiz natijasida ayon bo‘ldiki, bozorda haqiqatda biznes sub’ektlari tomonidan asosiy vositalar xaridini moliyalashtirishga bo‘lgan talab mavjud. Ushbu talabni qondirishda lizing mahsulotlari ayni mos keladi, lekin yuqori talabning mavjudligiga qaramasdan lizing xizmatlari bozori xaridor bozori hisoblanadi “bozor hokimiyati” xaridor qo‘lida mujassamlashgan. Bu esa lizing kompaniyalari uchun o‘zining marketing faoliyatini tinimsiz takomillashtirib va samarali ravishda boshqarib borishlarini talab qiladi.

Bizning fikrimizcha, O‘zbekiston lizing bozorida faoliyat olib borayotgan lizing kompaniyalari Filip Kotler37 tomonidan taklif qilingan marketingni boshqarishning beshta konsepsiyasidan faqatgina sotish borasidagi tijorat harakatlarini intensifikatsiya qilish va lizing xizmatlarini siljitish konsepsiyasini hamda marketingning klassik konsepsiyasini ko‘llamoqdalar. Tadqiqotimiz davomida o‘tkazilgan intervyular natijalariga ko‘ra O‘zbekiston lizing kompaniyalarining rahbarlari va marketing bo‘limi mutaxassislari tomonidan lizing kompaniyalari uchun mijozning maksimal ehtiyojining qondirilishi marketing faoliyatining vazifasi sifatida qaralmoqda.

Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi yoki tovarni takomillashtirish konsepsiyalaridan lizing xizmatlari bozorida lizing kompaniyalari tomonidan kam foydalaniladi.

Fikrimizcha, faqatgina lizing biznesining foydasi yoki mijozlarning ehtiyojlarining qoniqqanliga e’tibor qaratmasdan, balki butun jamiyatning uzoq muddatli manfaatlariga, e’tiborni qaratmoq zarur. Bunda taklifimiz, marketingning ijtimoiy-etik konsepsiyasidan keng foydalanish kerak, buni amalga oshirish uchun o‘z o‘zidan yuqorida aytib o‘tilgan boshqa konsepsiyalarni muvofiqlashtirishga to‘g‘ri keladi.

Lizing kompaniyalarida marketing faoliyatini yanada takomillashtirish uchun marketing bo‘limi o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yishi juda muhimdir:

• maksimal darajada lizing xizmatlarini xarid qilinishiga erishish;

• lizing oluchilarning maksimal darajada lizing xizmatidan qoniqqanligiga erishish;

• lizing oluvchilarning biznes yuritishlari uchun maksimal darajada imkoniyatlarini kengaytirib berish;

• lizing moliyalashtirish dasturlarining lizing oluvchi uchun tanlash imkoniyati mavjud bo‘lgan holda imkon qadar turli dasturlarni taqdim etish.

Hozirgi kunda biznes sub’ektlari uchun yaratilgan imkoniyatlarning kengligi tufayli ham lizing kompaniyalarining yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishish istiqbollari ijobiy baholanmoqda. Lekin, ushbu vaziyatdan samarali ravishda foydalanish uchun lizing kompaniyalari o‘z resurslarini (inson resurslari, moliyaviy resurslar, tashkiliy resurslar, texnologik resurslar va hkz.) to‘g‘ri baholay olishlari lozim. So‘ng esa joriy va kelajakdagi talab darajasini aniqlash kerak. Misol uchun bugungi kunda tijorat-ko‘chmas mulkning lizingi past darajada, lekin kelajakda istiqbolli segmentlardan sanaladi.

Lizing kompaniyalari talabni aniqlab bo‘lgach bozor segmentlarini tahlil qilishlari va aynan qaysi bozor segmentida ustunlikka ega ekanliklarini o‘zlari uchun aniqlab olishlari lozim.

Keyingi qadamda esa lizing mahsulotini to‘g‘ri pozitsiyalash, ya’ni uni kompaniya o‘zi istagan holda mijozlar nazarida qanday eslab qolishlari kerakligini aniqlab olishlari lozim. Misol uchun, mijozlarning eslarida qolish va bozorda ma’lum bir ustunlikka ega bo‘lgan holat namoyon bo‘lishi uchun ekspress-lizing, minimal xujjatlar hajmiga ega bo‘lgan lizing, minimal har oylik to‘lovga ega lizing, yoki minimal avans to‘lovini amalga oshirish lozim bo‘lgan lizing kabi lizing mahsulotlari va xizmatlari bilan pozitsiyalash maqsadga muvofiqdir.

Lizing beruvchi o‘z mahsulotini pozitsiyalashni amalga oshirib bo‘lgach marketing kompleksini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Klassik variant bo‘lmish «4p» lizing mahsulotlari bozori uchun tahlil qilsak.

Lizing bozorida birinchi element bo‘lib lizing xizmati turadi. Kompaniya lizing xizmatini ishlab chiqish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Bunda potensial lizing oluvchilarning talablariga mos ravishda tuzilgan lizing dasturini ishlab chiqish, talab darajasini prognoz qilish, lizing mahsulotlari lineykasini shakllantirish muhimdir.

Shu tarzda lizing beruvchi tovar siyosatini shakllantiradi. Marketing faoliyatini nazariy asoslariga e’tibor qaratganimizda asosiy lizing mahsuloti bilan bir qatorda qo‘shimcha taqdim etiladigan xizmatlarning ahamiyatini ko‘rgan edik. Ushbu qo‘shimcha xizmatlar O‘zbekistonda faoliyati ko‘rsatayotgan lizing kompaniyalari uchun raqobatbardoshlikni oshirishda eng samarali marketing tadbirlaridan hisoblanadi.

Hozirda bozorda keng qo‘llanilmayotgan, lekin mijozga qulaylik tug‘dirishi, uni ushbu lizing kompaniyasiga qayta murojaat etishiga sabab bo‘lishiga olib keluvchi xizmatlar qatoriga quyidagi xizmat turlarini taklif qilmoqdamiz: avtomobilni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish, korporativ avtoparkni boshqaruvini tashkil etib berish, lizing ob’ektini transportirovkasini o‘z zimmasiga olish. Biz taklif qilayotgan qo‘shimcha xizmatlar tadqiqotimiz doirasida amalga oshirilgan so‘rovnoma natijalarida shakllandi. Albatta lizing ob’ekti va lizing oluvchi korxonaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli boshqa xizmatlarni ham taklif etish mijozning lizing kompaniyasidan qoniqishini oshirishga va qayta xarid ehtimolini oshishiga olib keladi.

Marketing kompleksining ikkinchi elementi narx hisoblanadi. Biz lizing bozorini monopolistik raqobat turiga qiruvchi bozor sifatida baholashimiz mumkin. Bu degani lizing beruvchilar va lizing oluchilar soni ko‘p hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan shartnomalar

Lizing xizmatlari bozori monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Unda ko‘plab lizing beruvchilar va lizing oluvchilar ishtirok etib, keng narxlar diapozonida shartnomalarni amalga oshiradilar. Ushbu bozor yuqori raqobatli bo‘lganligi uchun lizing hizmati narxida bo‘lgan har qanday o‘zgarish talabga ta’sir etadi va xaridorga boshqa sotuvchiga o‘tib ketishiga yoki boshqa alternativ bozorlardan (misol uchun bank kreditlari bozori) o‘z ehtiyojini qondirishga harakat qilishiga olib keladi. Shunday qilib, lizing bozorlariga elastik talab xosdir. Bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda narxni shakllanishida amalda bir nechta usullarning kombinatsiyasi ishlatiladi. Lizing bozorlaridagi narx shakllanishida odatda lizing beruvchining lizing oluvchidan uzoqligi inobatga olinmaydi, ya’ni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlar hisoblanmaydi. Shu tariqa hududlarda joylashgan iste’molchilar xizmatni poytaxtda joylashgan iste’molichilar kabi bir xil narxda oladilar. Lizing bozorlarida diskriminatsion narxlarning o‘rnatilishi ham mavjudligiga guvoh bo‘ldik. Ya’ni turli iste’molchilar uchun turlicha narxlarda xizmatlar taklif etiladi. Bunday holatning asosiy sababi har bir loyiha bo‘yicha risk turlicha baholanishidadir. Shunda xizmat uchun narxlar risk darajasiga qarab individual ravishda o‘rnatiladi.

Marketing kompleksining uchinchi elementi sotish hisoblanadi, bunda tovar yoki xizmat iste’molchigacha yetkazib berish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar ko‘zda tutiladi. Lizing kompaniyasining sotish siyosati bu lizing xizmatini taqsimlash kanallarini tashkil etish, aniqlash va qo‘llab quvvatlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi marketingning kompleks tadbirlari majmuasidir. Lizing xizmatlari bozorida taqsimot kanali (sotuv kanali) iste’molchini topishga va lizing xizmatini lizing oluvchiga sotishga yordam beradigan o‘ziga xos hamkor (firma yoki biror bir jismoniy shaxs) vazifasini bajaradi. Odatda, taqsimot kanali sifatida lizingning maqsadli predmetlarini sotuvchi va lizing sxemasini ishlatishni o‘z iste’molchilariga taklif etishi mumkin bo‘lgan avtodilerlar, yuk va maxsus texnikani yetkazib beruvchilar, uskunalar sotuvchilari va boshqalar ishtirok etadi. Lizing xizmatlari bozorida taqsimot kanalining o‘ziga xos jihati shundaki, lizing beruvchi taqsimot kanalida mulkni xarid qiladi va ushbu taqsimot kanali tomonidan tavsiya qilingan iste’molchilarga ushbu mulkni lizingga beradi. Shunday qilib, taqsimot kanali lizing xizmatlarining ham sotuvchisi ham iste’molichlarning murojaat manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Taqsimot kanali bilan rejalashtirilgan tartibda va sistematik ravishda ishlashdan maqsad uni lizing xizmatlari potensial iste’molchilarini uzluksiz murojaatlarini ta’minlashdir.

Marketing kompleksining to‘rtinchi elementi bo‘lib marketing kommunikatsiyalari hisoblanadi.

Marketing kommunikatsiyasi kompleksi 4 ta asosiy ta’sir vositalaridan iborat: reklama, sotishni stimullash, shaxsiy sotuvlar va jamoat bilan aloqa.38 Bularning har biri ma’lum bir marketing instrumentlarining yig‘indilari hisoblanadi. Marketing kommunikatsiyalarining asosiy funksiyasi maqsadli ravishda maqsadli auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishdir.

Lizing xizmatlari bozorida reklama sotuvni amalga oshirishning kuchli vositasidan ko‘ra ko‘proq imidj beruvchi xarakterga egadir. PR-aksiyalar (seminarlar, konferensiyalar, hamkorlar bilan birgalikdagi tadbirlar, televideniedagi chiqishlar, lizing borasida maqolalarni chop etish)ni tashkil etishdan maqsad aholiga lizing sxemalari orqali moliyalashtirishning afzal tomonlarini, lizing beruvchilar bozori haqidagi umumiy ma’lumotni berish hisoblanadi. Fikrimizcha, ushbu amallar jamoatchilik fikrini, uning bozordan xabardor bo‘lishini va qaysi xizmat turlari va kompaniyalar xizmatlaridan foydalanishi mumkin ekanligi haqida fikrining shakllanishiga yordam beradi.

Intensiv o‘sish sura’tlariga erishishni maqsad qilgan lizing kompaniyalari quyidagi marketing strategiyalarini qo‘llashlarini tavsiya etamiz:

•Bozorga chuqur kirib borish strategiyasi. Bunda lizing kompaniyalari lizing xizmatlarini sotilish hajmini agressiv marketing (telemarketing, “qo‘ng‘iroq-tarqatma-qo‘ng‘iroq” usuli, shaxsiy sotuvlar usuli) instrumentlaridan foydalangan holda amalga oshirishga harakat qiladilar.

• Lizing mahsulotini takomillashtirish strategiyasi. Bunda lizing orqali moliyalashtirish bo‘yicha shartlar lizing oluvchilar uchun yaxshilanadi. Foiz stavkalarini kamaytirish, lizingning maksimal muddatini uzaytirish, avans tshlov hajmini kamaytirish hamda xizmat ko‘rsatish tezligi va sifatini oshirish kabilar bunga misol bo‘la oladi.

• O‘z bozor segmentini chegaralarini kengaytirish strategiyasi. Bunda mavjud lizing mahsulotlari boshqa bozor segmentlariga ham kiritiladi (misol uchun, yengil avtomobillarga ixtisoslashgan lizing beruvchi o‘zining moliyalashtirish dasturlarini kam tonajli yuk mashinalariga moliyalashtirish shartlarini (foiz stavkalari, muddatlar, avans) saqlagan holda o‘tkazadi.

Bozor sharoitlarining ko‘rsatishicha integratsion o‘sish strategiyalaridan (progressiv, regressiv yoki gorizontal integratsiya) lizing kompaniyalari faqatgina gorizontal integratsiya strategiyasini qo‘llashlari mumkin, bunda kompaniya raqobatchi kompaniyani sotib olishi nazarda tutiladi.39

Lizing bozorlarida diversifikatsion o‘sish strategiyasi doirasida (konglomerat, konsentratsion va gorizontal diversifikatsiya) esa quyidagi strategiyalardan foydalanish tavsiya etmoqdamiz:

• Konsentratsion diversifikatsiya strategiyasi. Bunda lizing dasturlari hisobiga lizing mahsulotlarining assortimenti kengaytiriladi (misol uchun, yuk mashinasini lizingini amalga oshiruvchi lizing kompaniyasi maxsus texnika va samoxod texnikasi lizingni bilan shug‘ullanishga o‘tadi).

• Gorizontal diversifikatsiya strategiyasi. Bunda lizing beruvchining assortimenti mavjud lizing oluvchilarda ehtiyoj tug‘dirishi mumkin bo‘lgan yangi lizing mahsulotlari bilan to‘ldiriladi (misol uchun, avtolizing kompaniyasi statsionar uskunalarni moliyalashtirish dasturini ochadi).

Yuqorida qayd etilgan strategiyalar lizing beruvchilarga marketing imkoniyatlarini namoyon qilishni, ya’ni raqobat ustunligini yaratuvchi marketing harakatlarining samarali yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.

Shunday qilib, lizing xizmatlari bozoridagi raqobat kurashida marketing biznes falsafa, ishbilarmon hatti-harakat etikasi va harakatlar yo‘riqnomasi sifatida moliyaviy-iqtisodiy maqsadlarga (bozordagi ulushning oshishi, investitsiyalar bo‘yicha daromadlilik normativlarini bajarilishi, lizing portfeli sifat jihatidan oshishi, xizmat sifatining oshishi) erishishga ko‘maklashuvchi har qaysi lizing beruvchi kompaniyaning muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoladi.

` O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017- yil 14-mart kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlar natijadorligi, mavjud muammolar va eng dolzarb vazifalar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalari qatori qishloq xo‘jaligida ham muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olish, tarmoqni ilg‘or usullar asosida rivojlantirishda sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mashina-traktor parklarini zamonaviy texnika va agregatlar bilan ta’minlash muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi tubdan qayta tashkil etildi. 

Tarmoqning texnikaviy bazasini takomillashtirish maqsadida “O‘zagrotexsanoatxolding”, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zagrotexmash”, lizing asosida yetkazish bo‘yicha “O‘zagrolizing”, servis va mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatish uchun “O‘zagroservis” jamiyatlari tuzildi.

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyaev “Mashina-traktor parklarining byudjet oldidagi qarzlarini to‘lash muddati 2 yilga kechiktirildi. Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Namangan viloyatlarida fermerlar uchun lizing muddati 10 yildan 12 yilga, mashina-traktor parklari uchun 7 yildan 10 yilga uzaytirildi. Fermerlar va mashina-traktor parklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish uchun 5 foizli imtiyozli kreditlar ajratildi” deb takidlab o’tdilar. 

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 2017-yilda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 barobar, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.  Shu bilan birga yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish bo‘yicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xo‘jaligi texnika bilan 85 foiz ta’minlangani, ma’lum qismi eskirgani, ularni o‘z vaqtida yangilash choralari ko‘rilmagani qattiq tanqid qilindi.

Bugungi kunda tarmoqda 172 mingdan ortiq texnikaga talab bo‘lgani holda, 146 mingta texnika mavjud yoki 26 mingta texnika yetishmaydi. Fermer xo‘jaliklarining yuqori unumli haydov traktorlari bilan ta’minlanishi 75 foizni, g‘alla o‘rish kombaynlari – 86 foiz, paxta terish mashinalari – 28 foiz, qo‘shqator chigit ekish seyalkalari – 60 foiz, don ekish seyalkalari bilan ta’minlanishi 25 foizni tashkil etadi. Umuman, yetishmaydigan va eskirgan texnikani hisobga olganda, jami 82 mingta yangi qishloq xo‘jaligi texnikasiga talab mavjud. 


Dasturga muvofiq joriy yilda 16 mingta, jumladan, birinchi yarim yillikda 5 ming 800 texnikani kredit asosida yetkazib berish belgilangan. 

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasiga talabni to‘liq ta’minlash maqsadida “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati, Moliya va Qishloq xo‘jaligi vazirliklariga ikki oy muddatda 2018-2021-yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Bunda qishloq xo‘jaligi texnikasini xaridorlarga yetkazib berishni moliyalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ham nazarda tutish zarurligi ta’kidlangandi.40

O‘zbekiston Respublikasida soha va tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, sanoat korxonalari, dehqon va fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun moliyaviy xizmatlar bozorida lizing tizimini takomillashtirishni talab etmoqda. “O’zagrolizing”AJlizing xizmatlar bozorida moddiy-texnika resurslarining taqchilligi va ularning narxlari yil sayin oshib borishi sharoitida o’zining lizing xizmatini marketing strategiyalari asosida rivojlantirib agrosanoat majmuasi ishlab chiqaruvchilarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, texnika parkini yangilash, shuningdek, ularga o‘z vaqtida servis xizmatini ko‘rsatish ishlarida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan: 

Birinchidan, real ehtiyoj, agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, mashina-traktor parklari, tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, shartnomalar tuzishning bozor mexanizmlari mavjud emas; 

Ikkinchidan, eng maqbul agrotexnik muddatlarda ommaviy qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish uchun o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasi yetarli emas, o‘z vaqtida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan; 

Uchinchidan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining pastligi, oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxining raqobatbardosh emasligi mexanizatsiya xizmatlari va ishlab chiqarilayotgan yakuniy mahsulot narxining oshib ketishiga olib kelmoqda; 

To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmi mukammal emas, lizing mexanizmlari, xususiy servis tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari mablag‘larini jalb etishdan yetarli darajada foydalanilmayapti.41

“O’zagrolizing” AJ lizing kompaniyasi agrasanoat bunday yol qoyilgan kamchiliklarni bartaraf etishda marketing strategiyasiga quyidagilarni qo’shimchaq qilib kiritishi va ularni amalga oshirishi zarur:

Birinchi navbatda etibor beriladigan narsalizing operatsiyalarining tavakkalchiligi, bu lizing kompaniyasining marketing elementlarining biriga- narx siyosatiga, bevosita ta'sir ko'rsatadigan hisobga olinishi zarur bo’lgan lizing biznesining asosiy risklaridan biri. Lizing xatarlarini kamaytirish uchun lizing beruvchining talablaridan biri lizing shartnomasini sug'urta qilish hisoblanadi. Lizing va sug'urta kompaniyalari marketing ittifoqi har ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi: sug'urta kompaniyasi sarmoyador sifatida ishtirok etishi mumkin, hamkorlikni yo'lga qo'yib, tranzaktsion xarajatlarni minimallashtirishga imkon beradi. O’ziga hos faoliyat standartini joriy etish: sug'urta kompaniyasi lizing kompaniyasiga korporativ paket taklif qiladi, shu jumladan imtiyozli foiz stavkalari va arizalarni ko'rib chiqish muddatini qisqartirishga erishishi mumkin.

“O’zagrolizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasining lizing faoliyati bilan hamkorlarni qondirish darajasini aniqlash uchun marketing tadqiqotini o'tkazish zarur, buning asosida korxonada boshqaruv tizimi zarur o’zgarishlarning bor yoqligini, lizing shartnomalarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish uchun biznes jarayonlarining ravshanligini va haqqoniyligini ta'minlash, bitimlar samaradorligini tahlil qilish va banklartabiatni aniqlash, sug'urta kompaniyalari, yetkazib beruvchilar va mijozlar bilan marketing munosabatlari holatini o’rganish imkoniga ega bo’ladi.

“O’zagrolizing” lizing kompaniyasining boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan farqlovchi xususiyatlari lizing kompaniyasining marketing siyosatini shakllantirishga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda. Lizing kompaniyasining marketing siyosati, talabni shakllantirish va takrorlash, firma daromadini ta'minlash va lizing jarayonining barcha bosqichlarida falsafiy va marketing vositalarini joriy etish jarayonini qamrab olish maqsadida marketing funktsiyalarini amalga oshirish bilan bog'liq faoliyat hisoblanadi.Marketing nuqtai nazaridan, lizing xizmatlari sohasidagi hamkorlik biznes loyihasini amalga oshirish uchun tadbirkorlik faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo'libgina qolmay, balki lizing jarayonining barcha sub'ektlari o'rtasida shartnoma munosabatlarining shartlaridan biriva ularning har biriga natijalarni almashish yo'li bilan ma'lum darajadagi daromad olish imkonini beradi, uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga xizmat qiladi.

“O’zagrolizing” AJ lizing kompaniyasi agrasanoat majmualariga hozirda yetkazib bergan texnikalarini ahvoli, faoliytini monitoring qilish tizimiga bir qancha o’zgartirish va vangiliklar kiritish darkor. Hozirda bu tizim deyarli ishlamayapti va monitoring kabinetning o’zida amalga oshirilmoqda. Bunday holatga yo’l qoymaslik uchun lizing kompaniya elektron monitoring tizimiga o’tishi maqsadga muvofiq. Bu monitoring sifatiga tezligiga va ishonchli axborot toplanishiga yordam beradi.

“O’zagrolizing” lizing kompaniyasi 20 yil muddat davomida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu davr davomida kompaniya 32 mingdan ortiq qishloq xo’jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatdi. Lekin kompani shu davr mobaynida sotishni rag’batlantirish va reklama siyosatini qollash borasida aniq marketing rejalari ishlab chiqilmagan va foydalanilmagan. Bunga ehtiyoj sezilmaganligining O’zbekiston iqtisodiyotining sek astalik bilan bozor iqtisodiyotiga otish davri bo’lganligi, bozorda unga raqib bo’ladigan kompaniyaning yoqligi sabab bo’lgan.Ammo hozirgi iqtisodiy sharoitda bunday etiborsizlikka yo’l qoýmaslik lozim.Chunki hozirda ichki bozorda raqobatchi kompaniyalar kopaygan, chet el investitisiyalarini jalb qilish borasida anchagina sezirarli ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Shu sabali kompaniya kelgusidagi faoliyatini rejalashtirishda sotishni rag’batlantirish va reklama siyosatiga kata etibor berishi lozim. Chunki hozirda raqobatch ilizing kompaniyalar bilan bir qatorda banklar ham lizing opperatsiyalarini amalga oshirishni kengaytirib bormoqdalar.

Bundan tashqari “O’zagrolizing”AJ faqatgina ichgi bozorga bog’lab qolmasdan xalqaro bozorga ham etibor qaratish uchun yetarli imkoniyatga ega. Chunki hozirda olib borilayotgan siyosiy harakatlar, prezidentimiz Shavkat Mirziyaev M. ning tashabbuslari bilan qoshni davlatlar bilan o’rnatilayotgan va mustahkamlanib borayotga qo’shnichilik, iqtisodiy a’loqalar bunga imkon beradi. Qo’shni davlatlarning qishloq xo’jaligi texnikasini o’rganish va talabni qondirish yo’llarini izlash zarur. Buning uchun avvalo “O’zagrolizing” AJ lizing kompaniyasi o’zining brendini kuchaytirib borishi va kompaniyaga bo’lgan ishonchni oshirib borishi lozim chunki xorijiy bozorida brend nufuzi yuqori rol o’ynaydi.


Download 356,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish