Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

Topshiriq va nazorat savollari: 
1.
Paxta tayyorlash punktlarining vazifalari haqida nimalarni bilasiz? 
2.
Paxta tayyorlash punktlarining jihozlari haqida nimalarni bilasiz? 
3.
Paxtani tayyorlash punktlari nechta zonaga bo’linadi, ularning vazifalari? 
4.
Paxtani qabul qiluvchining asosiy vazifalari? 
5.
Paxtani qabul qilish tartibi to’g’risida gapirib bering? 
6.
Paxtani qabul qilishga qo’yiladigan O’zRST talablarini bilasizmi? 
7.
Paxtani qabul qilib olishda qanday formalar to’ldiriladi? 
8.
Saqlanayotgan paxtaning xaq to’lash uchun namligi qanday aniqlanadi? 
9.
Konditsion xaq to’lash og’irligi qanday aniqlanadi? 
10.
Xaq to’lash normalari va navlar bo’yicha narx kattaliklari qanday? 


6 – ma’ruza: Urug’larni sifatini nazorat qilishni o’ziga xos xususiyatlari 
 
Reja: 
1.Urug’lik paxta xom ashyosini g’aramlarda saqlash tartibi 
2.Urug’lik chigitga qo’yilgan asosiy standart talablari 
3.Urug’lik chigitning sifat ko’rsatkichlari 
 
1.Urug’lik paxta xom ashyosini g’aramlarda saqlash tartibi 
“Urug’chilik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi va 
O’z DSt 642:2013 Urug’lik paxta. Texnikaviy shartlar davlat standartida kelgusi yil hosili 
uchun jamg’arilgan urug’lik paxta xom ashyosini g’aramlarda saqlash tartibi belgilab 
berilgan.
 
Bunga ko’ra, fermer xo’jaliklaridan qabul qilib olingan urug’lik paxta 250…300 
tonnadan qilib selektsion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi, 
sinfiga qarab alohida-alohida to’dalarga to’planadi. 
Bir xil urug’lik materiali olish uchun aprobatsiya davomida aniqlangan har bir dala 
guruhidan terib topshirilgan urug’lik paxtalar navi va avlodi bir xil bo’lishidan qat’iy nazar 
alohida g’aramlarda saqlanadi. 
Sentyabrь oyida terilgan urug’lik paxtani bitta to’daga jamlash 15 kundan, oktyabrь 
oyidagi terilgan urug’lik paxta esa 10 kundan oshmagan holda alohida g’aramlanishi 
lozim. Urug’lik paxtaning ikki to’dasini bitta maydonchaga to’plashga yo’l qo’yilmaydi. 
Joriy yildagi g’o’zaning holati va pishib yetilishidan kelib chiqqan holda urug’lik 
paxtani qabul qilish muddatlari belgilanadi. 
Nav sinash uchastkasida yetishtirilgan urug’lik paxtani qabul qilib olish va 
to’dalarga to’plash davlat nav sinash uchastkasi vakili ishtirokida amalga oshiriladi. 
Paxta tozalash korxonasida urug’lik paxtani to’dalarga to’plash korxona agronomi 
va “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko’rsatish markazi” DUKning urug’chilik yo’nalishi 
bo’yicha tuman bo’limi mutaxassisi rahbarligida amalga oshiriladi. Tayyorlov punktida 
ikki va undan ortiq xo’jalikdan keltirilgan bir xil urug’lik paxta to’dalari selektsion va 
sanoat navi bir xil ko’rsatkichlariga ega bo’lgan hollardagina “Agrosanoat majmuida 
xizmatlar ko’rsatish markazi” DUKning urug’chilik yo’nalishi bo’yicha tuman bo’limi 
mutaxassisining ruxsati bilan qo’shib to’dalarga to’planishi mumkin. 
Paxta tozalash korxonasiga bir tumanning turli tayyorlov punktlaridan olib kelingan 
urug’lik paxtalarning navi, avlodi va dala guruhi bir xil to’dalarda birlashtirish (to’plash) 
faqat o’zaro birlashtirilayotgan urug’lik paxta to’dalarining ekinboplik sifat ko’rsatkichlari 
bir-biriga yaqin natijalari qayd etilgandagina, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko’rsatish 
markazi” DUK ning urug’chilik yo’nalishi bo’yicha tuman bo’limi ruxsati bilan amalga 
oshiriladi. 
Paxta tozalash korxonasi texnik nazorat bo’limi urug’lik paxtaning har bir to’dasini 
to’plash bilan bir paytda tayyorlov punktlari laborantlari orqali har kuni qabul qilinayotgan 
paxtadan belgilangan uslub asosida namunalar tanlab olinishini yo’lga qo’yadi. 
SHuningdek, uni qayta ishlashni tashkil etadi. Namunalar olingandan so’ng uch kun ichida 
“Agrosanoat majmuida xizmatlar ko’rsatish markazi” DUK ning urug’chilik yo’nalishi 
bo’yicha tuman bo’limiga 1 kg paxta chigiti uning mexanik shikastlanganlik darajasini 
aniqlash uchun beriladi. Paxtaning qolgan qismidan laboratoriyada toladan chigit ajratib 
olinadi hamda chigitning pishganligi va unuvchanligini aniqlanadi. 


Urug’lik paxta to’dasining hajmiga qarab namuna to’dadan yoki uning qismidan 
(nazorat birligi) olinadi. Nazorat birligining hajmi urug’lik paxta uchun – 50 tonnani 
tashkil etadi. 
Olingan har bir namunaga tayyorlov punkti laboranti imzolagan to’da raqami, 
paxtaning selektsion navi, avlodi, sanoat navi, sinfi, to’dani to’plash boshlangan vaqti va 
uning vazni namuna olish muddati ko’rsatilgan yorliq yopishtiriladi. 
Urug’lik paxta qabul qiluvchi paxta tozalash korxonalari va maskanlarida 
hududning bir qismiga texnik va boshqa qismiga urug’lik paxta xomashyosi alohida-
alohida to’dalarda jamg’arilib saqlanadi. 
Rayonlashtirilgan va yangi navlarning elita avlodining urug’lik paxtasi yangi qop-
qanorlarga solinib, har bir qopning ichki va tashqi qismiga amaldagi standart talablari 
asosida tayyorlangan yorliqlar qo’yilib, quruq, toza va yopiq omborxonalarda chuqur hosil 
qilgan holda saqlanadi. Qanor qoplar yog’och taglik ustiga taxlab qo’yiladi. 
Urug’chilik xo’jaliklarini rayonlashtirilgan va yangi navlarning elita paxta 
xomashyosi solinadigan qop-qanorlar bilan urug’lik paxta tayyorlovchi korxonalar hamda 
paxta-to’qimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari va klaster korxonalari ta’minlaydi. 
Urug’lik paxtaning birinchi avlodi yoyiq holda quruq binoda saqlanadi. Birinchi 
avlodga mansub rayonlashtirilgan g’o’za navining 200 tonnagacha qismini ochiq 
maydonlarda g’aramlab, yangi brezent bilan yopiq holda saqlashga ruxsat etiladi. 
Urug’lik paxtaning ikkinchi va undan past avlodli har bir to’plangan to’dalari 
boshqa to’dalardan alohida ajratib, maydonchalarda g’aram holida yangi brezent bilan 
yopib, namlanishga va urug’lik materialning buzilishiga yo’l qo’ymagan sharoitda 
saqlanadi. 
Urug’lik paxta saqlanayotgan har bir ombor yoki g’aramga paxtaning 8-XL shaklli 
pasportidan ko’chirma yopishtirib qo’yiladi. Unda to’da raqami va vazni, selektsion va 
sanoat navi, sinfi, avlodi, nav tozaligi, aprobatsiya o’tkazilgandan keyin aniqlangan dala 
guruhi, omborxona yoki g’aram raqami, qabul qiluvchining familiyasi ko’rsatiladi. 
Pasportdagi yozuvlarning o’z vaqtida va to’g’ri to’ldirilishi uchun mas’uliyat qabul 
qiluvchi va korxona yoki punktning katta laboranti zimmasiga yuklanadi. Paxta tozalash 
korxonasi agronomi va “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko’rsatish markazi” DUK ning 
urug’chilik yo’nalishi bo’yicha tuman bo’limi mutaxassisi urug’lik paxta pasportidagi 
yozuvlarning to’g’riligini tekshirib boradi. 

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish