Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizasiya kafedrasi


Mikroneyr ko’rsatkichini havo o’tkazuvchanlik bo’yicha aniqlash usuli



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/207
Sana26.04.2022
Hajmi18,65 Mb.
#583776
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   207
Bog'liq
2 5404494602826683222

Mikroneyr ko’rsatkichini havo o’tkazuvchanlik bo’yicha aniqlash usuli:
Birlashtirilgan yoki nuqtadan olingan paxta tolasi namunasining turli joyidan sinash uchun 
ikkitadan kam bo’lmagan namuna olinadi. Namuna har xil iflosliklar: urug’lar, qum, shox 
bo’laklari va boshqalardan qo’l bilan tozalanadi. Qo’l bilan tozalangan paxta tolasidan 
sinash 
uchun 
massasi 
qo’llanilayotgan 
mikroneyr 
tipiga 
mos namuna tanlab olinadi. 
Mikroneyr ko’rsatkichini aniqlash uchun LPS-4 qurilmasi qo’llanilganda sinash 
uchun namuna massasi (9,0±0,02) gr. Sinash uchun namuna kichik-kichik qismlarda 
qurilmaning kamerasiga tolalarning to’p-to’p bo’lib yig’ilib qolishiga yo’l qo’yilmaydigan 
qilib joylashtiriladi. Zichlashgan va yig’ilib qolgan tolalar albatta qo’l bilan titiladi. Namuna 
orqali qurilmaning konstruksiyasiga bog’liq bo’lgan ma’lum bosim (yoki oqim) ostida havo 
oqimi yuboriladi. Asbob shkalasi bo’yicha hisob ±1 foiz aniqlikda bajariladi. 
Mikroneyr va LPS-4 asboblarida mikroneyr ko’rsatkichini aniqlash uchun 
ishlatilayotgan namuna sinash oldidan paxta analizatoridan o’tkazilmaydi. 
O’LCHASHLARNING NATIJALARINI HISOBLASH.
Tolaning chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usullari.
Mexanik taram tayyorlash usuli va pressli qisqichi yordamida paxta tolasining 
chiziqli zichligini gravimetrik aniqlash usuli.
Paxta tolasining chiziqli zichligi (T) mteksda quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi. 
𝑇 =
𝑀
𝑠
∗ 10
6
15 ∗ 𝑁
bu yerda: Ms – barcha taramchalarining qirqilgan o’rta qismlarining umumiy massasi, 
mg; N – taramning qirqilgan qismidagi umumiy tolalar soni; 15 - taramning qirqilgan o’rta 
qismi uzunligi, mm.
Qo’l bilan taram tayyorlash yordamida paxta tolasining chiziqli zichligini gravimetrik 
aniqlash usuli.
Paxta tolasining chiziqli zichligi (T) mteks da quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi. 
𝑇 =
𝑀 ∗ 10
6
15 ∗ 𝑛
bu yerda: M - taramning qirqilgan 10 mm uzunlikdagi o’rta qismining massasi, mg; 
n - tolalarning umumiy soni; 10 - taramning qirqilgan o’rta qismi uzunligi, mm;


Agar ushbu sinash solishtirma uzilish kuchi bilan birgalikda aniqlansa, u holda 1mg 
dagi tolalar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi. 
𝑁 =
𝑛
𝑀 ∗ 𝑀
𝑘
bu yerda: Mk -taramning kesib tashlangan chetlari vazni, mg.
Hisoblash dastlabki o’nlik belgisigacha aniqlik bilan amalga oshiriladi va butun 
birlikka yahlitlanadi.
Kelishmovchilik bo’lgan hollarda bir namuna ikki marta sinaladi va ikki sinash 
natijalarining o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi. Agar chiziqli zichlik qiymatlari 
o’rtasidagi tafovut ko’rsatilgan me’yorlardan oshsa, bu holda uchinchi sinash o’tkaziladi va 
uchta sinashning o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi.
Namunaning havo o’tkazuvchanligi bo’yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash, 
belgilangan tartibga muvofiq jadvaldan aniqlanadi.
Mikroneyr ko’rsatkichini havo o’tkazuvchanlik bo’yicha aniqlash usuli.
Mikroneyr kattaligida graduirovka qilingan shkalali asboblarda sinaladigan namuna 
uchun o’rtacha qiymat dastlabki ikkinchi o’nlik belgisigacha aniqlikda hisoblanadi va 
so’ngra birinchi o’nlik belgisigacha yahlitlanadi. Natija ruxsat etilgan qiymatlardan oshib 
ketsa, sinashlar qaytariladi.
Agar shunda ham qiymatlar me’yorlardan oshsa, hamma sinalgan namunalar 
bo’yicha o’rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi.
Boshqa kattaliklarda graduirovka qilingan shkalali asboblar (shuningdek LPS-4 
qurilmasi) da o’lchashda grafiklar yoki statistik nisbatlar yoki jadvallar yordamida 
ko’rsatkichlar to’g’ridan-to’g’ri mikroneyr kattaligiga aylantiriladi.

Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish