2. Sabzavotlarning o‘sishi va rivojlanish bosqichlari.
O‘simlik ontogenezining, ya’ni shaxsiy hayotining boshidan oxirigacha tashqi
sharoitga bog‘liq ravishda o‘sish va rivojlanish kechadi.
O‘sish -
o‘simlikning miqdor jihatdan o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlar,
yangi to‘qima, ho‘jayra, organlar hosil qilib vazni va miqdori oshadi.
Rivojlanish
- o‘simlikning sifat jihatdan o‘zgarishi bo‘lib, bu uning o‘sish
nuqtasida kechadi va generativ organlar hosil qilish hamda mevalashi bilan
tugallanadi.
O‘simlikning o‘sish va rivojlanishi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
ular bir-birini to‘ldiradi. Masalan, urug‘lik uchun saqlanayotgan karambosh,
ildizmeva va piyozboshlarda chuqur sifat o‘zgarishlari kechadi. Dalaga ekilgach,
tez o‘sib poya hosil qiladi. So‘ngra gullab meva, urug‘ beradi.
16
Sabzavot ekinlari o‘sish va rivojlanish mobaynida (ontogenezida) 3 ta davrni
10 ta fenologik fazalarni o‘taydi.
Bir yillik sabzavot ekinlarida hamma fazalar bir yilda o‘tadi. Ikki yillik
sabzavot ekinlarida birinchi yil 5 ta fazani o‘tab, shundan so‘ng tinim davriga
kiradi. Kelgusi yil qolgan boshqa fazalarni o‘taydi.
Demak, ikki yillik sabzavot ekinlarda tinim davri ham urug‘da, ham mevada
(ildizmeva, karambosh va piyozboshlarda) kuzatiladi.
Tinim davrini qisqartirish va o‘suv davrini tezlashtirish uchun urug‘lar suvda
ivitiladi, qizdiriladi va o‘stiruvchi moddalar bilan ishlanadi.
Sabzavotlarning kimyoviy xususiyati shundan iboratki
, ular tarkibida suv
ko‘p, oziq moddalari (oqsil, yog‘ va uglevodlar) esa kam bo‘ladi. Kaloriyasi yuqori
emas. ammo ular odam organizmi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mineral tuzlar
va fermentlarga g‘oyat boydir.
Sabzavot maxsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar-kraxmal,
qand, klitchatka va pektinli moddalar tashkil etadi. Kraxmal zaxira oziq modda
xizmatini o‘taydi va u kartoshka tuganaklarida 25 % ga qadar to‘planadi. Kraxmal
amilaza / diastaza / fermenti ta’sirida parchalanib qandga aylanadi. Qishki qovun
navlari saqlanib qo‘yilganda shirasi ortib qolishining sababi xam ular tarkibidagi
kraxmalning qandga aylanishidadir.
Qand – qovun, sabzi , no‘xot, piyoz va lavlagida saxaroza; karam, bodring,
oshqovoq va tarvuzda glyukoza ko‘p.
Kletchatka – odam tanasi uni juda sust o‘zlashtiradi. Biroq ,kletchatka
ichaklarni qitiqlantirishi tufayli ovqatning yaxshi xazm bo‘lishiga yordam beradi.
Azotli moddalar asosan oqsilliardan iborat. Sabzavotda azotli moddalar juda
kam -0,4 – 2,5 % atrofidadir. Sarimsoq va dukkakli sabzavot o‘simliklarining
ko‘k barglari, mevalari tarkibida 6-7 % ga qadar azotli moddalar bo‘ladi. Ismaloq
tarkibida 2,9 % azotli moddalar bor.
Yog‘lar sabzavotlar tarkibida juda kam miqdorda /0,1-0,4 % /, asosan
ularning urug‘larida bo‘ladi. Qovoqdoshlarga mansub o‘simlik urug‘i yog‘larga
(25-50 %) ayniqsa boy.
Organik kislotalar. Sabzavot maxsulotlari tarkibida limon kislota, olma
kislota, shavel kislotalar bor.Kislotalar sabzavot maxsulotlarining ta’m sifatlarini
yaxshi o‘zlashtirishga yordam beradi. Otquloq, rovoch o‘simliklaridagi oksalat
kislotasini ortiqcha iste’mol qilish zararlidir.
Efir
moylar.
Ko‘pchilik
sabzavot
mahsulotlari
/
piyoz,
sarimsoq,ukrop,selderey, petrushka/ da bo‘lib, aksar hollarda u himoya vazifasini
bajaradi, oshqovoq shirasi gijani ajratib chiqarish xususiyatiga ega.Bu xususiyat
ovqat hazm bo‘lishini kuchaytiradi. Piyoz va sarimsoqdagi efir moylar juda kuchli
fitonsid xossasiga ega. Ular kasal tug‘diruvchi mikroorganizmlarni o‘ldirad va
odamni ko‘pgina yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.
Mineral tuzlar. Non, go‘sht va yog‘larda mineral moddalar juda kam.
Sabzavotlar tarkibida 50 dan ortiq kimyoviy elementlar bo‘lib, inson
organizmidagi fiziologik jarayonlarni kuchaytiradi. Kalsiy, fosfor va marganes
17
suyak xujayrasi tarkibiga kirib, yurak faoliyatini faollashtiradi.Qonning ivishini
yaxshilash uchun kalsiy zarur. Qon gemoglabinida temir ko‘p. Miya ishini fosfor
yaxshilaydi.Kaliy va natriy organizmda nordon-ishqoriy muvozanatni me’yorida
saqlab turishda qatnashadi. Magniy asab tizimining bosiqligini ta’minlashda
qatnashadi, tomirlarni kengaytiradi, safro ajralishini kuchaytiradi. Qon aylanish
jarayonida misning axamiyati juda katta.
Go‘sht, baliq va non maxsulotlaridagi mineral moddalar hazm bo‘layotganida
nordonlik xususiyatiga ega bo‘lgan birikma hosil qiladi. Sabzavotlar esa fiziologik
ishqoriy tuzga ega bo‘lib, organizmga kerakli normal modda almashuv
jarayonidagi nordon va ishqoriy nisbatlarni hamda qanddagi ishqoriy reaksiyani
ushlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |