19.06.
2021 yil
|
Dala sharoitida asosiy qishloq xo’jalik ekinlarida uchraydigan zararkunandalarni 2-kurs davomida olgan nazariy bilimlarimiz va amaliyot rahbarimizning bergan ma’lumotlarga ko’ra o’rgandim.
Don ekinlari hashoratlardan chigirtkasimonlar, temirchaklar, qarsildoq qo’ng’izlar, qora qo’ng’izlar, kemiruvchi tunlamlar poya parvonasi va yana boshqa zararkunandalar tomonidan zararlanadi. Bulardan tashqari don ekinlarining vegetativ va generativ organlarini zararlashga ixtisoslashgan bug’doy tripsi, don bitlari, zararli xasva, qirrabosh qandala, , shillik qo’ng’iz (pyavista) gessen pashshasi, shved pashshasi, don tunlami kabi hashoratlar tomonidan xam ko’plab shikastlanadi.
Zararli xasva. Eurygaster integriceps. Don ekinlarining asosiy zararkunandalaridan hisoblanib, qalqondor qandalalar oilasining vakilidir, Tanasi keng ovalsimon, elka tomoni qabariq, kattaligi 10-13mm atrofida, bosh bo’lagining uzunligi enidan qisqa, oldingi kukrak chetga qirralari bir oz qabariq, qalqonchasi ikki cheti tug’ri va tekis. Qandalalar don ekinlarini poyasining asosi yoki undan yuqoriroq qismiga o’rnashib oladi va xartumini poyaga sukib o’simlik shirasi bilan qo’shimcha oziqlanadi. Ma’lum muddat oziqlangan qandalalar qo’shilib urg’ochi zotlari o’z tuxumlarini (odatda 200gacha yakin) don ekinlari barglariga 2 qator qilib 7tadan qo’yadi.
Markaziy Osiyo sharoitida sholi butun vegetatsiya davomida zararkunandalar bilan zararlanadi. Ayniqsa, ular rivojlanish fazasining dastlabki bosqichlarida qattiq zararlanadi. Ularning ichida eng keng tarqalgan sohil bo‘yi pashshasi (Ephaydra macellaria Egg.), sholining suvdagi uzunburun qo‘ng‘izlari (Hydrnomus sinuaticollis Tst.) va qisqichbaqasimonlarda qalqondor qisqichbaqalar (Apus caneri- tormis sehats), lentesteriyalar (Leptesthetia sp) va boshqalardir.
Yuqorida bayon etilgan zararkunandalardan tashqari don-dukkakli ekinlarga quyidagilar ham anchagina zarar yetkazadi: o‘rgimchakkana (Tetranychus urticae Koch); u soya bilan moshni, ayniqsa, qattiq zararlaydi; dala qora chigirtkasi (Acheta deserta Pall.); chigirtkalar, xususan, qizil chigirtkalar (Calliptamus italicus L. va S. turanicus Tarb.); no‘xat ekinlarini no‘xat biti (Acyrthosiphon onobrychis Fonsc.) zararlaydi; dukkakli ekinlarni, ayniqsa, loviya va moshni katta ko‘k g‘o‘za biti (A gossypii Mordv.) so‘radi; akatsiya biti (Aphis medicaginis Kosh.), ba’zan esa poliz biti (A. gossypii Glov) ham barcha dukkakli ekinlarni zararlaydi; burchoqni dukkak biti (A. fabae Scop) so‘rib shikastlaydi. Don-dukkakli ekinlarning ildizida, ayniqsa, loviya va mosh maysalarining ildizida ildiz biti (Trifidaphis phaseoli Pass.) oziqla- nadi; no‘xat va nutni, qisman boshqa dukkakli ekinlarni ham qan- dalalari, ayniqsa, dala qandalasi (Lygus rratensis L.) zararlaydi; no‘xat ekinlarini, ba’zan turon olyonkasi qo‘ng‘izlari (Epicometis tueauica Rtt.) shikastlaydi; bu qo‘ng‘iz no‘xatning poyasi, guli va yosh barg- larini yeydi, biroq u siyrak bo‘ladi va kam zarar yetkazadi.
Simqurtlar (Elateridae) va qora qo‘ng‘izlar (Tenebrionidae) hamma dukkakli ekinlarni zararlaydi; ba’zi joylarda lalmi no‘xat ekinlariga qizil oyoqli qo‘ng‘iz (Meloe xanthomelas Sou) ham tushadi. Turli dukkakli ekinlarga tugunak uzunburunlari; no‘xatga Sitona crinitul Hbst. nomli va yovvoyi no‘xatga S. humeralis Steph. nomli qurtlar katta zarar yetkazadi. Loviya, mosh, nut va no‘xatning ekilgan urug‘i hamda o‘simtalarini ba’zan maysa pashshasi (Chortophila flarilega Zett.) anchagina zararlaydi. Hamma don-dukkakli ekinlarni kemiruvchi qurtlar, asosan, kuzgi tunlam (Agrotis segetum Schiff.), gamma tunlami (A. exclamationis L.) va karadrina (Laphygma exigna Hb.) zararlaydi.
Beda o’simligi bilan bog’liq zararkunandalarning tur miqdori 200 ga yaqin bo’lib, ko’pxo’r zararkunandalardan qora qo’ng’izlar, qarsildoq qo’ng’izlar, tunlam kapalaklari, qandalalar va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin. O’simlikka maxsuslashgan zararkunandalardan esa beda urug’xo’ri, beda barg filchasi, tuganak uzunburun qo’ng’izi, beda qo’ng’izi kabilarni qayd qilish mumkin. V.V.Yaxontov bergan ma’lumotlarga ko’ra fitonomusning beda 1ta poyasiga 1tadan lichinkasi to’g’ri kelgan taqdirda olinayotgan ko’k massa gektaridan
20st. ga kamadi. Yoki beda urug’xo’rining zararlik faoliyati natijasida urug’ chiqishi 20-40 % ga qadar qisqarib ketadi.
Moyli o‘simliklarda ham boshqa ekinlardagiga o‘xshab, ko‘plab zararkunandalar uchraydi. Ko‘k chigirtkalar (Tettigonidae), maxsar biti (Macrosiphum jaceac L), maxsar ildiz biti (Brachunguis anura- phoides Nev), kunjut qo‘ng‘izi (Acmaeodera ballioni Gangl), maxsar ildiz filchasi (Mesogroicus petraeus Faust), bronza tusli qo‘ng‘izlar (Getoniini), chumoli (Formicidae), soya, yeryong‘oq va kanakun- jutning o‘rgimchakkanasi (Tatrenychus relarius L) va boshqalar. Bit maxsar va boshqa bir qancha murakkab gulli o‘simliklarning, jumladan, bo‘ztikan, qo‘zoqning barglariga, poyasiga va ildiziga joylashib, shirasini so‘rib yashaydi. Bu bit maxsarga may oyida tushadi. Qanotli bitlar may va avgustda paydo bo‘ladi. Bunga ko‘pincha chumolilar birmuncha to‘sqinlik qilib turadi, chunki chumoli bitning qanotini uzib tashlaydi.
Butgulli sabzavot ekinlari zararkunandalari. Bu ekinlarda 300 turdan ortiq zararkunandalar uchrab ularning aksariyat ko’pxo’r hashoratlardir. Butgullik ekinlarga ixtisoslashgan zararkunandalardan karam biti, karam kuyasi, oq kapalak, butgullik qandalalari butgullilar burgachalari va ayrim boshqa hashoratlarni ko’rsatib o’tish mumkin.
Karam biti. Brevicorgne bressicae. Bu bit karamni, rediskani, turupni, sholgomni va yana boshqa bir qator butgullik o’simliklarni zararlaydi. Etuk bitlar 2-2,5 mm kattalikda, kul rang-yashil tuslik bo’lib, tanasi oqish g’ubor bilan qoplangan. Uning oyoqlari, xartumi va mo’ylablari qora. Lichinkalari yetuk zotga o’xshash tulib, mayda, birinchi yoshida 0,75mm kattalikda.
Tuxumlari 0,5mm atrofida yaltiroq qora cho’ziq shaklida. .Karam biti tuxumlik lichinkalik va etuk urg’ochi zotlari holida karam qoldiqlarida, butgullik begona o’tlarda qishlab qoladi. Erta bahorda karam biti dastlab butgullik begona o’tlarda rivojlanib, ertagi karamga u may-iyun oylarida ko’chib o’tadi.
Kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar: Dalalarni o’simlik qoldiqlari dan tozalash chuqur kilib maydalash begona o’tlarni yo’qotib borish, bahorda dalani yaxshilab ekishga tayyorlash va boshqalar.
Pomidor kuyasi ilk bor 1917 yilda Peru davlatida aniqlangan. Bu zararkunanda respublikamizda 2015 yilda Navoiy, Buxoro va Toshkent viloyatlari hamda Farg’ona vodiysining ayrim issiqxonalarida hamda ochiq daladagi sabzavot (pomidor) ekinlarida uchragan, 2016 yilda esa barcha viloyatlarning sabzavotga ixtisoslashgan xo’jaliklarda tarqalganligi kuzatildi.
Pomidor kuyasining kapalagi kichkina, och kulrang tusli bo’ladi. Tinch holatda turganda ikkala qanoti elkasiga yig’iladi. Oldingi qanotlarining kattaligi 8–10 mm uzunlikda bo’ladi. Kapalakning qo’ng’ir yoki kumushsimon, old qanotlarida xarakterli qora dog’lar bo’lib, mo’ylovlari ipsimon (tasbehsimon). Zararkunandaning old qanotlarida kumushsimon-kulrang tangachalari hamda o’ziga xos qora dog’lari bo’lishi uni aniqlash uchun hisobga olinadigan eng muhim belgilardan hisoblanadi.
Kartoshka ekinlari zararkunandalaridan - kolorado qo’ng’izi, kartoshka kuyasi, simqurtlar va soxta simqurtlar, shiralar, oqqanotlar, tamaki tripsi, o’rgimchakkana, g’ovaklovchi pashshalar, zang kanasi kuchli darajada zarar etkazadi.
|