Tadqiqot gipotezasi. Agar quyidagilar amalga oshirilsa:
Asalarichilik klasterlari uchun kichik hajimdagi asalarichilik bilan shug‘ullanuvchi subektlarni birlashtirilsa;
Asalarichilik klasterlari soxasi va uni rivojlantirishga doir xorij tajribalari o‘rganilib, tahlil etilsa;
Asalarichilik klasterlari uchun asalarilarning biologiyasi, tur tarkibi, O‘zbekiston respublikasidagi asalari zotlari o‘rganilsa;
O‘zbekiston respublikasining asal beruvchi tabiiy va madaniy o‘simliklaridan ratsional foydalanish tadqiq etilsa;
Asalari oilalarining mahsuldorligini oshirishda turli - xil oziqlantirish usullarining ahamiyati o‘rganilsa;
Asalarichilikda naslchilik ishlari va asalari kasalliklari o‘rganilsa, O‘zbekiston respublikasi sharoitida asalarichilikning tabiiy va sun’iy ozuqa bazasini yaratish, undan samarali foydalanish istiqbollari hamda asalarichilikda naslchilik ishlarini tashkil etish va asalari kasalliklariga qarshi kurash chora-tadbirlariga doir ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish mumkin bo‘ladi.
Asalarichilik klasterlarini tashkil etish onsonlashadi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamiz, shu jumladan xorijiy mamlakatlar olimlari va mutaxassislarini asalarichilik soxasini tadqiq etish hozirga qadar qiziqtirib kelgan. Jumladan, bu borada N.F.Kraxotin (1991), V.I.Kruk (2000), Эдмунд Херолд, Карл Вайс (2007), А.С.Буткевич (1926), Н.Н.Колосниченко (2002), Э.Бертан (1925), Эдуардъ Бертранъ (1914), А.В.Суворин, А.Г.Болсуновский (1990), А.Г.Мегед, В.П.Полишук (1990) “Asalarichilikni rivojlantirish asoslari” A.I.Isamuxamedov va X.K.Nikadambayev “sharq” (2013), M.SHoumarova va T.Abdullayev –asalarichilik jihozlari, o‘quv qo‘llanma “Davr nashiriyoti ” (2013-yil), R.X.pulatova “ Asalarichilik fermer xo’jaliklarini tashkil etish va yuritish “ (2016-yil) kabi soxa mutaxassislari va olimlarining ishlarida asalarilar tanasining tuzilishi, xazm qilish organlari, qon aylanish sistemasi, nafas olish sistemasi, nerv sistemasi, sezgi organlari, asalarilaning xatti-xarakati, ko‘payish jarayoni, tuxum qo‘yishi, ishchi, ona va erkak asalarilarning rivojlanish jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Asalarilar oilasini saqlash va to’g’ri parvarish qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Н.Ф.Крахотин (1991), A.В.Суворин (2006), А.Ю.Папичев (2005), В.И.Крук (2000), Николай Кокорев, Борис Чернов (2005), Лизулотте Геттерт (2004), К.Еськов (1992), А.С.Буткевич (1926), Э.Бертан (1925), А.В.Суворин, А.Г.Болсуновский (1990), А.Г.Мегед, В.П.Полишук (1990), Н.Н.Колосниченко (2002) larning ma’lumotlarida o‘z ifodasini topgan.
Asalarilarning infeksion, invasion(yuqumli) va yuqumsiz kasalliklari rus olimlari Н.Ф.Крахотин (1991), В.И.Крук (2000), О.Ф.Гробов, А.М.Смирнов, Е.Т.Попов, О.Ф.Гробов, А.М.Смирнов, Е.Т.Попов, В. Г. Кашковский (1991), Asalari kasalliklari va zararkunandalari A.I.Isamuxamedov va X.K.Nikadambayev “sharq” (2013) va boshqalar tomonidan o‘rganilgan.
Yuqoridagilar asosida takidlash mumkinki, bir qator olimlar tomonidan asalarichilik soxasini o‘rganishga doir izlanishlar olib borilgan. Lekin, O‘zbekiston respublikasida “Asalarichilik klasterlarining tashkiliy – iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish ” ni tashkil etish asalarichilikni rivojlantirish istiqbollariga doir keng qamrovli tadqiqotlar natijalari yoritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |