TIJORAT YOZISHMALARI
Bunday yozishmalar tashkilotlarning bitim (shartnoma) tuzish va ularni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi iqtisodiy rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalab, o‘z yo‘nalishi, o‘zining huquqiy va iqtisodiy ahamiyatiga ega.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilishi bilan , o‘z-o‘zidan xalqaro ish yuritishda udum bo‘lgan hujjatlar, jumladan, tijorat yozishmalari ham yo‘lga qo‘yildi. Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar-so‘rovnoma, oferta (taklif xat) ,buyurtma xat, aksept (shartnomaga rozilik xati),shuningdek bank hujjatlari –schyot, faktura, avizo ham o‘ziga xos ko‘rinishda keng ishlatiladi.
Tijorat xati diplomatik xatlarga yaqin lisoniy qoliplarga, so‘z birikmalariga ega. Chunochi, xatning murojaat qismida quyidagi e’zoz-hurmat so‘zlari ishlatiladi: «Janob…», «Mister …», «Muhtaram…», «Xonim …», «Qadrli ….», «Aziz…» va boshqalar.
Xatning xulosa qismi ham iltifotli so‘z va iboralar bilan yakunlanadi: «Sizga chuqur hurmat bilan », «Kamoli ehtirom ila», «Eng ezgu tilaklar ila »va h.k. Tijorat xatlari vazifasiga ko‘ra asosan 2 turga bo‘linadi : so‘rov –so‘rovga javob; oferta (taklif)- taklifga javob.
SO‘ROV XATI
So‘rov (xati) – tijorat hujjati bo‘lib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi)ning chetga mol chiqaruchi (eksportchi)ga tovar (xizmat va boshqalar) haqida muxtasar ma’lumot berishni so‘rab yoki tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat qilishini o‘zida aks ettiradi.
Qoidaga ko‘ra, so‘rovda tovar yoki xizmatning nomi, shuningdek, mol oluvchining tovarni olish shartlari, ya’ni tovarning miqdori va sifati, andozasi, turi (markasi), bahosi, yetkazib berish muddati va to‘lov shartlari ko‘rsatiladi. So‘rovning bu turi shartnoma hujjatlari guruhiga kiradi va undan bitimni tayyorlash va amalga oshirish jarayonida foydalaniladi.
So‘rov xati namunasi
“O‘zkeysmash” O‘zbekiston-Amerika
qo‘shma korxonasiga
25.09.2020 № 21-107/11
Butlov qismlari uchun
taklifga so‘rov haqida
Sizdan tavsiya etilgan tafsilot ro‘yxatiga muvofiq paxta terish mashinalari bunkerlarining zichlov qismlarini yetkazib berish uchun manzilimizga 3 nusxada taklif yuborishingizni so‘rab qolamiz.
Taklifda zichlov qismlarining to‘liq nomi, turi, texnik tavsifi, materiali (zarur o‘rinlarda), bahosi va massasi, shuningdek yetkazib berish muddati va umumiy hajmi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishingizni iltimos qilamiz.
Taklifingizni bizning manzilimizga yuborishning mumkin qadar aniqroq sanasini ma’lum etsangiz mamnun bo‘lardik.
Ma’lum sabablarga ko‘ra taklifning ishlab chiqishning imkoniyati bo‘lmasa, qisqa vaqtda bizga bu haqda xabar berarsiz degan umiddamiz.
Kamoli ehtirom ila (imzo)
|
OFERTA (TAKLIF)
Oferta sotuvchi yoki eksport qiluvchining ma’lum shartlari ko‘rsatilgan bitim (oldi-sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjatdir.
Ofertalar xaridoriga, chetdan tovar oluvchiga uning so‘roviga javob sifatida jo‘ngatiladi yoki sotuvchi tashabbusi bilan xaridorga taqdim qilinishi mumkin. Ofertada, odatda, tavsiya qilinayotgan tovar nomi, miqdori va tovar sifatida jo‘natiladi yoki sotuvchi tashabbusi bilan xaridorga taqdim qilinishi mumkin.
Ofertada, odatda, tavsiya qilinayotgan tovar nomi,miqdori va tovar sifati, bahosi, yetkazib berish muddati, to‘lov shartlari, o‘ram turi va tovar xususiyati bilan bog‘liq boshqa shartlar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |