Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva



Download 3,57 Mb.
bet63/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

Yozuv (grafik) me’yori. Adabiy tilning grafik me’yori ayni til uchun tanlangan yozuv shakli bilan ish ko‘radi, shu til uchun muayyan yozuv turini belgilab beradi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi o‘z tarixi davomida turli yozuv shakllaridan foydalanib kelgan. Bular: arabcha-o‘zbekcha, lotincha-o‘zbekcha va kirillcha-o‘zbekcha yozuvlardir. Adabiy tilning grafik me’yorida o‘zbek tilida mana shu yozuv turlaridan qaysi birini qo‘llash, yozuvda qanday qoidalarga rioya qilish masalasiga aniqlik kiritiladi.
Aktsentologik me’yor. Aktsentologik me’yor urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog'liq me’yordir. Adabiy tilning aktsentologik me’yorida har bir so‘zda urg‘uning qo‘llanish o‘rni qat’iy tarzda belgilab beriladi.Ma’lumki, so‘zdagi urg‘u ma’no farqlash xususiyatiga ega. Urg‘u yordamida yozuvda farqlanmaydigan so‘zlar o‘zaro farqlanadi. Buni quyidagi so‘zlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.Anglashiladiki, urg‘uning o‘zgarishi so‘z ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli har bir so‘zdagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash maqsadga muvofiq.
So‘z yasash me’yori. Bu me’yor tilda yangi so‘z yasash usullarini belgilab beradi, so‘z yasash qonuniyatlarini tekshiradi.Ma’lumki, tilning lug'at tarkibi yangi so‘z yasash hisobiga ham boyib boradi. So‘z yasash o‘z-o‘zidan amalga oshirilmaydi. har bir tilda so‘z yasashning o‘z ichki qonuniyatlari mavjud. O‘zbek tilida ham so‘z yasashning o‘ziga xos usullari (semantik, leksik, morfologik, sintaktik, kompozitsiya usullar) bo‘lib, so‘z yasashda ularga e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Masalan: ishchi, aqlli,ishla,yashirin; belbog‘, havorang, gultojixo‘roz; o‘g‘il bola (o‘g‘il - sifat).
Punktuatsion me’yor. Bu me’yor yozma nutqqa xos bo‘lib, yozuvda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini belgilab beradi.Ma’lumki, tinish belgilari yozma nutqning aniq, ifodali, to‘g‘ri tuzilishiga yordam beradi. Tinish belgilarining noto‘g‘ri qo‘llanishi nafaqat jumlaning sintaktik tuzilishiga, balki uning mazmuniga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli yozma nutqning maqsadga muvofiq tarzda tuzilishida tinish belgilari muhim ahamiyatga ega. Ma’lum bir maqsad, fikr og’zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi. Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko‘rsatishda qo‘shimcha, ammo zaruriy vositadir. So‘zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz: Mashina keldi. Mashina keldi! . Mashina keldi ?Bu uch gapdagi xabar, his-hayajon, so‘roq mazmuni gaplardan so‘ng qo‘yilgan tinish belgilari orqali bilinadi.Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko‘ra qo‘llanadi.

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish