Toshkent davlat agrar universiteti sayyora xolmirzayeva


Iqtisodiy terminlarning yasalishi



Download 3,57 Mb.
bet11/165
Sana07.07.2022
Hajmi3,57 Mb.
#753352
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   165
Bog'liq
2022-YANGI SOXA (28.05.2022)

Iqtisodiy terminlarning yasalishi




Iqtisodiy terminlar

morfologik usulda

sintaktik usulda

semantik usulda

chetdan qabul qilingan

kalkalash yo‘li bilan

1

Menejment
















2

Lizing
















3

Bozor tizimi
















4

Ko‘targich
















5

Tender
















6

Ulgurji narx
















7

Muqobil savdo
















8

Tadbirkor
















9

Mulkdor
















10

Qimmatbaho
















11

Biznes reja
















12

Tovarning qiymati

















        1. Iqtisodiy terminlarning qo‘llanilishi





Iqtisodiy terminlar

agrobiznes

investor

bozor tizimi

inflyatsiya

tovar belgisi

bozor islohoti

Aksiz

1

Turli-tuman mezonlar asosida alohida unsurlarga ajratilgan barcha bozorlar majmui








2

Muayyan firma tovarlariga qo‘yiladigan belgi








3

Bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui








4

Tovarlar narxiga kiritilgan bilvosita soliq turi








5

Kapital mablag‘ sarflanayotgan davlat, tashkilot korxona yoki shaxs








6

Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi biznes








7

Tovarlar va xizmatlar narxlari darajasining oshishi








Mavzu boyicha savollar:

  1. Leksik-semantik yoʻl bilan yasalgan terminlarni tushuntiring.

  2. Boshqa soha terminlarining iqtisod termin vazifasida kelish holatlarini izohlang.

  3. Morfologik usul bilan yasalgan iqtisodiy terminlar haqida ma’lumot bering.

  4. Sintaktik usul bilan yasalgan terminlarni izohlang.

  5. Qay holatlarda qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan so‘z oxirida unli o‘zgaradi?

  6. Qanday olmoshlarga qo‘shimchalar qo‘shilganda “n” tovushi qo‘shib aytiladi va yoziladi?

  7. Egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda qanday imlo qoidalariga amal qilinadi?

Topshiriqlar:

              1. Soʻz yasovchi qoʻshimchalar orqali yangi atamalarning yasalishiga misollar keltiring.

Namuna: koʻchat-koʻchatzor-koʻchatxona-koʻchatchilik;

              1. Bir nechta komponentli atamalarning yasalishiga misollar keltiring.

Namuna: bozor-bozor hajmi, bozor unsurlari, bozor mexanizmi, bozor sigmenti; agrar-agrar islohotlar, agrar masala, agrar tanglik; almashlab ekish- almashlab ekish bo‘g‘ini, almashlab ekish dalalarining agrotexnik pasporti; bozor iqtisodiyoti-raqobatli bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiy subyekti, bozor iqtisodiyotida ijtimoiy himoya.

        1. Qishloq xoʻjalik sohasiga oid atamalar bilan qishloq xoʻjalik sohasida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan, lekin oʻrni bilan boshqa sohalarda ham keng qoʻllanadigan soʻzlarni ikki qatorga ajrating va davom ettiring.

Namuna: oraliq ekinlar, raqamlashtirish, kontrakt, foyda, annotatsiya, avans, agrotexnika, agrobiznes, amaliy.

        1. Iqtisodiy terminlarni yaratishda faol qoʻllaniladigan affikslar ishtirokida 6 ta gap tuzing.

Mavzu boʻyicha testlar:

              1. Morfologik usul bilan yasalgan terminlar qatorini belgilang.

  1. tadbirkor, payvandchilik

  2. sholikor, bozor

  3. urugʻlik, infilyatsiya

  4. unumdorlik, sug‘urta

              1. Semantik usul bilan yasalgan terminlar qatorini aniqlang.

  1. qimmatbaho qogʻozlar, qadrli mablagʻ

  2. erkin savdo, iqtisodchi

  3. iqtisodiy oʻsish, raqobatbardosh

  4. pul massasi, mulkdor

              1. Ot+ot modeli asosida yasalgan ikki qismli terminologik birikmalar qatorini koʻrsating.

  1. davlat qarzi, bozor narx

  2. yoʻl varaqasi, erkin bozor

  3. tovarning qiymati, chakana narx

  4. tashqi audit, yalpi mahsulot

              1. Sifat+ot modeli asosida yasalgan ikki qismli terminologik birikmalar qatorini belgilang.

  1. sof daromad, ulgurji savdo

  2. mahsulotning bahosi, ustuvor yoʻnalish

  3. sotish ustamasi, muqobil savdo

  4. soʻmning qiymati, qarz tilxati



Glossariy
terminologiya sohasidagi sinonimiya – ayrim terminlar qo‘llanishdagi har xilliklar, ba’zan imloviy qoidaga rioya qilmaslik;
semantik yoki leksik-semantik yo‘l bilan yasash – o‘zbek tilshunosligida so‘z ma’nosining o‘zgarishi, ma’noning ko‘chishi, polisemantik so‘zlarning ba’zi ma’nolari orasidagi bog‘lanish uzilib, ayrimlarining maxsuslanishi orqali yangi so‘zning hosil bo‘lishi;
morfologik usul – leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri bo‘lib affikslar orqali so‘z yasash;
sintaktik usul – mustaqil ma’noli ikki va undan ortiq so‘zlarni bir-biri bilan grammatik jihatdan birlashtirib ifodalash usuli;
terminologiya – fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisidir. Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar.


II BOB. GRAFIKA VA ORFOGRAFIYA
4.O‘ZBEK YOZUVLARI TARIXI


Tayanch soz va iboralar: piktografik, qadimgi, yozuv, alifbo, fonologik, oʻzbek xalqi, jamiyat, ideografik yozuv, logografik, finikiya.

O‘zbek yozuvining rivojlanish bosqichlari
Tilshunoslikda yozuvning piktografik, ideografik va fonografik yozuv kabi turlari bor.
Piktografik yozuv – dastlabki yozuv hisoblanib, bu xil yozuvda rasm orqali biror ma’no ifodalangan. Masalan, quyosh rasmi kunduzni, oy tunni, toshbaqa rasmi baxtni anglatgan.
Yozuvning keying davri – ideografik yozuvdir. Bunda bir yoki bir guruh tushuncha bir xil ramziy shakl oladi. Masalan: koʻz- o, daraxt- jb, oy- e kabi.
Piktografik va ideografik (uning birinchi bosqichi logografik- (“soʻz”+ “yozaman”) yozuv ancha murakkab boʻlib, minglab shaklni chizish va uning mazmunini bilishni talab etgan. Shuning uchun kishilar yozuvning yangi bosqichi – fonografik yozuvga, avvalo, ayrim boʻgʻinini, keyinroq ayrim tovushni biror belgi bilan ifodalash usuliga oʻtgan. Fonografik (fonetik) yozuvning kelib chiqishi qadimiy finikiya yozuvi bilan bogʻliq.
Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yogʻoch, qamish kabu qattiq jismga, soʻngra pargament va keyinchalik qogʻozga yozilgan. Yozuvlar oʻngdan chapga, chapdan oʻngga yoki yuqoridan pastga qarab oʻqiladi.
Yozuvning quyidagi asosiy xususiyatlari bor:

  1. Yozuvni oʻrganish ilgarigi davrda yaratilgan yozma yodgorliklarni oʻqish, qadimda amal qilingan tillarning leksik-grammatik xususiyatlarini oʻrganish, oʻsha yodgorlik egasi boʻlgan xalqning tarixiy urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

  2. Yozuv kishilar oʻrtasida bilvosita (bevosita emas) aloqa vositasidir.

  3. Yozuvga zamon va masofaning ahamiyati yoʻq.

  4. Agar yozuv boʻlmaganda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan boʻlardi.

Oʻzbek yozuvi tarixi. Oʻrta Osiyo xalqlari, jumladan, oʻzbek xalqi qadimda turli yozuv tizimidan foydalanib kelgan. Oʻzbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv tizimini fonografik, ya’ni tovushga asoslangan yozuv tashkil etgan. Oʻzbek xalqi Oʻrta Osiyoning boshqa xalqlari singari avesto, oromiy, yunon, koroshta, soʻgʻd, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, hind, mixxat, Oʻrxun (runik), uygʻur, arab yozuvlari kabi bir qancha yozuvlardan faydalangan. Har biri oʻziga xos boʻlgan bu yozuvlar muayyan davrda oromiy yozuvi bilan bogʻliq boʻlgan.
Eramizdan avvalgi VI- IV asrlarda mixxat yozuvi (ayrim joylarda diplomatik munosabatlarda oromiy yozuvi) qoʻllangan. VI asrdan boshlab soʻgʻd yozuvi dan foydalanilgan. II-III asrlarda Xorazmiy yozuvi ham uchrab turgan.
Yozuv jamiyat tarixining mahsuli boʻlib, kishilar oʻrtasida oʻziga xos aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan grafik belgilar tizimidir. Yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq masofaga yetkazish, madaniy-adabiy yodgorliklarni keyingi davrga yetkazib berishdir.
Markaziy Osiyoda yashagan ajdodlarimiz oromiy, yunon, pahlaviy, hind yozuvlaridan foydalangani haqida eron, grek, xitoy tarixchilarining asarlari maʻlumot beradi. Diniy asarlar braxma, rasmiy hujjatlar uygʻur yoki soʻgʻd, ilmiy, adabiy, tarixiy asarlar run, uygʻur, soʻgʻd yozuvida yozilgan.
V-VIII asrlarda qadimgi turkiy xalqlar run yozuvlari yoki Oʻrxun-Enasoy yozuvlaridan foydalanganlar. Bu yozuv qadimgi Rim yozuvi deb taxmin qilingani uchun run yozuvi nomi bilan ham atalgan.
Qadimgi turkiy yozuv yodgorliklari dastlab Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Moʻgʻulistonning Oʻrxun vodiysidan topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv Oʻrxun- Enasoy obidalarining yozuvi deb ham yuritiladi. Ilk yodgorliklar VII asr boshlarida topilgan boʻlishiga qaramay, ularning oʻqilishi XIX asr oxirigacha noma’lumligicha qoldi.
Ushbu yozuvni birinchi boʻlib daniyalik olim V. Tomsen oʻqigan, rus olimi V. V. Radlov matnlarni tarjima qilgan.
Keyinchalik qadimgi turkiy yozma yodgorliklar Markaziy Osiyoning turli joylaridan, xususan, Talas vodiysi, Fargʻona vodiysi, Yuqori Zarafshon vodiysi, hatto Qizilqum sahrosining ichkari qismidan ham topildi.
VI-VII asrlarda yozilgan “ Tazkirayi avliyo ”, “Baxtiyornoma” kabi asarlar uygʻur yozuvida yozilgan. VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar bosib olgach, oʻzbek xalqi arab yozuvida ish yurita boshlaydi. XIII asrda arab yozuvi asosida eski oʻzbek yozuvi shakllandi. Oʻzbek xalqi bu yozuvdan 1929-yilgacha foydalanadi. Bu yozuvda 32 ta harf bo‘lib, har bir harfning soʻz boshi, oʻrtasi, oxirida yozilish shakli bir-biridan farqlanadi. U oʻngdan chap tomonga qarab yoziladi. Bu yozuvda bosh va kichik harflar, tinish belgilari yoʻq, shuningdek, soʻz oʻrtasida unli tovushlar harf bilan emas, harfning ustki yoki ostiga qoʻyiluvchi belgilar bilan ifodalanadi. Ushbu alifboda 1 ta belgi bir nechta tovushni ifodalaydi. Masalan, yo harfi i, iy, y tovushlarini bildiradi.
Arab yozuvi 1921-yilda isloh qilinib, ancha qulayliklarga ega boʻlgan.
1929-yildan boshlab oʻzbek yozuvi lotin alifbosiga koʻchirildi, 1940-yildan esa oʻzbek xalqi rus grafikasi asosidagi yangi yozuvni qoʻllay boshladi.
Kirill yozuvida 35 ta harf boʻlib, ulardan ikkitasi (ayirish va yumshatish belgilari) tovush bildirmaydi. Ushbu yozuv ayrim jihatlar bilan oʻzbek tilining fonetik xususiyatlariga toʻgʻri kelmaydi.
Mukammal alifbodagi har bir fonema uchun alohida belgi olinishi, unda shu tilda boʻlmagan tovushlarni bildiruvchi harflarning boʻlmasligi, ikki tovush bitta belgi bilan ifodalanmasligi ( yoki aksincha) lozim. Shu nuqtayi nazardan qarasak, oʻzbek tilidagi j va dj uchun, qisqa i va normal aytiluvchi i uchun (bir, kir, qir; ikki, tinchlik), oʻzbekcha o (ota, ona) va ruscha o (opera, metro) uchun bitta belgi olinishi mazkur alifboning kamchiligidir.
1991-yil sentabr oyida alifbomizdagi kamchiliklarni bartaraf etish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro kommunukatsiya tizimiga kirishni jadallashtirish, chet tillarini oʻrganishda qulaylik yaratish maqsadida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtish haqidagi Qonun qabul qilindi. Amaldagi imlo qoidalari qabul qilingandan beri ,,… oʻzbek tilshunaosligi taraqqiy etdi, til hodislarini tushunishimiz chuqurlashdi, imlo qoidalaridagi ortiqchaliklar, xato-kamchiliklar ochiq koʻrindi, ayrim til hodisalari qoidalarida qamrab olinmagani aniq boʻldi. Ana shu zaruriyatlar tufayli amaldagi imlo qoidalari qayta ishlanib, takomillashtirildi va amaliyotga joriy qilindi.
1995-yil 24-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari” ni tasdiqlash haqidagi qaror qabul qilindi. Yangi imlo qoidalarini joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.



Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish