Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
G‘o‘zapoyaning balandligi kuzda, ularni ezib-bo‘laklash davrida 80- 120 cm oralig‘ida o‘zgaradi. YOn shoxlarining soni 8-14 ta bo‘lib, ular asosiy poyaga nisbatan 35-65° burchak ostida joylashgan. Bitta g‘o‘zapoyaning ko‘ndalang tik tekislik bo‘yicha kengligi 40 sm gacha etadi.
G‘o‘zapoyalarni yig‘ishtirish davrida uning namligi bo‘g‘zida 68,4 % ni uchiga borgan sari kamayib boradi va 11% tashkil etadi.
S6524 navli bir dona g‘o‘zapoyaning o‘rtacha massasi 132,24 g ekanligi va bir gektar maydonda 110 mingdan ortiq g‘o‘za bo‘lishi e’tiborga olinganida har bir gektar maydonda o‘rtacha 15,1 t g‘o‘zapoya bo‘lishi va ulardan organik o‘g‘it sifatida foydalanish tuproqning unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |