1.5-rasm. G‘o‘zapoyalarni kovlab olish va maydalab dalaga sochish agregatining texnologik ish jarayoni sxemasi
Mashina o‘ng va chap pichoqlar, gorizontal o‘rnatilgan shneklar, aylanadigan va qarshi kesadigan pichoqlar va maydalangan g‘o‘zapoyalarni uloqtirish uchun novdan tashkil topgan [16,31; 25-b.].
Mashinaning afzalligi, g‘o‘zapoyalar kichik-kichik qalamchalarga bo‘laklanish bilan bir vaqtda eziladi. Uning kamchiligi esa konstruksiyasi murakkab, katta quvvat talab qiladi va massasi yuqori.
Hindistonda ishlab chiqarilgan g‘o‘zapoyalarni maydalab dalaga sochishning mini texnikasi ishlab chiqilgan (1.6-rasm). Agregat bir qatorga ishlov berishga mo‘ljallangan 17,32.
Do'stlaringiz bilan baham: |