4.2-§. Entomofaglarni biolabaratoriyada ko’paytirishning iqtisodiy samaradorligi
Bozor iqtisodiyoti davrida xar-bir bajarilgan ish, tajriba o’zini iqtisodiy tomondan ijobiy baholashi kerak, ya’ni o’sha xo’jalikka iqtisodiy foyda keltirishi ko’zda tutiladi. Tajribamizda kolorado qo’ng’izining kartoshka va boshqa tomatdosh o’simliklarga keltirayotgan iqtisodiy zarari to’liq o’rganilib, ularning iqtisodiy zarar keltirish darajasiga (EPV) qarab agrotexnik, fizik, mexanik va kimyoviy usuldan ko’proq foydalaniladi, bunda qurt va qo’ng’izlarga qarshi insektisidlar xar xil normalarda purkaldi. Natijada qarshi kurash uchun bevosita va bilvosita xarajatlar sarflanadi. Kartoshkani himoyalashdan ma’lum bo’lishicha, himoyalangan maydonlarda 14-20 sentner hosil saqlanib qolgan, lekin shu miqdordagi hosilni saqlash uchun esa, quyidagi tartibdagi xarajatlar qilingan:
1.Pestisidlarning narxi
2.Ishchi aralashmalar tayyorlash va purkash
3.Pestisidlarni saqlash, tashish xarajatlari
4.Qo’shimcha mahsulotni yig’ishtirish, tashish
5.Amortizasiya, yoqilg’i moylash xarajatlari
6.Boshqa xarajatlar
2020 yilda bu xarajatlar Samarqand viloyatida xo’jaliklari misolida quyidagicha aniqlandi: tajriba maydonchalarida hasharotlar o’rganilib, biologiyasi, o’sishi rivojlanishiga qarab insektisidlar normalari aniqlanib purkaldi va o’rtacha bir shartli gektar maydon uchun hisoblandi. Hosildorlik ham shu tariqa aniqlandi.
Variantlar buyicha mahsulotni sotishdan qo’shimcha daromad 48240-69680 so’m/ga gacha bo’lgan bo’lsa, qo’shimcha mahsulot 69680so’m/ga, himoyalash xarajatlari 24027,5-29831 sum/gacha bo’lgan, xarajatlar yig’indisida boshqa boshqa xarajatlar katta bo’lgan 12214,8-15407 sum/ga, atrofida bo’lgan, pestisidlar narxi esa 2202-2491,7 so’m/gachani tashkil etgan. 2011 yilda har bir so’mlik qilgan xarajatlar buyicha 1,9-2,9 so’mgacha foyda keltirgan, hamma variantlardan ko’ra Desis-0,4 l/ga qo’llanganda eng yuqori bo’lgan.
XULOSA
Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar orqali erishilgan natijalari to’g’risida to’xtalar ekan, Prezidentimiz o’tgan yilda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini yanada oshirish prinsipial muhim ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, fermer xo’jaliklariga ajratilayotgan er maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirilganligini, dastlab zarar ko’rib ishlaydigan, rentabelligi past va istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini tugatish negizida tashkil etilgan xususiy fermer xo’jaliklari bugungi kunda haqli ravishda qishloqda etakchi bo’g’inga – qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy kuchga aylanganligini ta’kidlab o’tdilar.
entomofaglarni biolabaratoriyda ko’paytirish qishloq xo’jaligi zararkunandalardan himoyalashda biologik va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi tadqiqotlarimizda isbotlandi.
Ushbu tadqiqot davomida kuzatganlarinizni yaxlitlab xulosa qiladigan bo’lsak quyidagi xulosalarga kelamiz:
kolorado qo'ng'izi sonini keskin kamaytirishda oltinko'zlar eng yuqori faollik ko'rsatadi.
iqlim sharoitlariga bog'liq holda entomofaglarning samaradorlik mezoni
1: 14 dan 1:40 (entomofag: o'lja) nisbatlarida qo’llash yuqori samara beradi.
Shuningdek tadqiqotimizda oltinko’zni don kuyasida ko’paytirish usulidan ham foydalanganimzda yuqori samaradorlikga erishdik.
Biolaboratoriya va biofabrikalarda oltinko’zni ommaviy tusda urchitish borasidagi muammolardan biri – qurtlarni ozuqa bilan ta’minlash masalasidir.
Oltinko’z qurtlarini guruhli usulda o’stirish uchun muayyan qoidalarga rioya etish talab qilindi. Ozuqani mo’l-ko’l qilib berish kerak. Laboratoriyadagi sharoit qurtlar uchun hamisha optimal bo’lishi lozim.
Oʻrgimchak kanaga qarshi oltinkoʻz ancha ertaroq may oyining boshlarida dastlabki oʻchoqlari koʻrinishidan boshlab chiqariladi. May oyining oxiridan boshlab oʻsimlik bitlariga qarshi oltinkoʻz 1:30 nisbatda chiqariladi.
Samarqand sharoitida oddiy oltinkoʻzni qishlashdan chiqishi tahminan mart oyining 2-oʻn kunligiga toʻgʻri kelsa, ularning gʻoʻzaga tuxum qoʻyishi may oyining 2-3 oʻn kunliklariga toʻgʻri keladi, imagosi 35-45 kun yashab, shu davr ichida 250 dan 500 qadar tuxum qoʻyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |