8-amaliy mashg’ulot. Qishloq xo’jaligi sohasiga oid turli masalalarga algoritmlar tuzish. Ishdan maqsad: Model, algoritm, blok-sxema tushunchalari o’rganish.
Berilgan masalaga blok-sxema tuzishni o’rganish. Blok-sxemadan qishloq
xo‘jaligida foydalanishni o’rganish.
I uslubiy ko’rsatmalar Algoritmning berilish usullari. 1. Algoritmning so‘z orqali berilishi – bunda ijrochi uchun beriladigan har bir
ko‘rsatma so‘zlar orqali buyruq mazmunida beriladi.
2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Bu usuldan matematika,
fizika, kimyo va boshqa aniq fanlarni o‘rganishda ko‘proq foydalaniladi.
3. Algoritmning jadval ko‘rinishida berilishi. Algoritmning bu ko‘rinishida
tasvirlanishidan ham ko‘p foydalaniladi. Masalan, to‘rt xonalik matematik jadvallar
yoki turli lotereya jadvallari.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi. Millionlab kompyuterlarning
keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib
ketishiga katta turtki berdi. Sababi shundaki, kompyuterlar doimo dasturlar
yordamida boshqariladi.