o'zbeklar bilan qorishib ketgan edi.
Qoraqalpoqlar yashaydigan Amudaryoning quyi havzasi va Orol dengizining janubiy
qirg’oqlari Xiva xonligi tasarrufida edi. Qoraqalpoqlar bu hududdagi sho'rxok yerlami
qancha mashaqqatlar bilan o'zlashtirib tirikchilik qilardi. Dehqonchilik, chorvachilik,
baliqchilik, ovchilik qoraqalpoq larning asosiy mashg'uloti edi.
Xonlikning shimoliy qismida qozoqlar yashardi. Shuningdek, xonlikda qisman
forslar, arablar va boshqalar ham yashagan.
Muhammad Rahim I (I806-I82S yillar) davrida xonlikdagi o'zaro urushlar biroz
tinchidi, xonlikni birlashtirish nihoyasiga yetdi. Qoraqalpoqlar hamda turkmanlaming
chavdor qabilalari ham bo'ysundirildi. Mamlakatda o'tkazilgan soliq islohoti, bojxona
joriy etilishi, oltin pul zarb etilishi xo'jalik ishlariga o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatdi, O'z
Do'stlaringiz bilan baham: |