Toshkent davlat agrar universiteti. O. A. Ostonov


ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/409
Sana01.01.2022
Hajmi2,06 Mb.
#291141
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   409
Bog'liq
2 5199531260153694706

ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi.
 
Chorvadorlar  ham  katta-katta  yerlami  egallab,  o'troqlashib  bordilar.  Natijada 
Qo'ng'irot,  Mang'it,  Nayman,  Do'rmon  va  boshqa  aholi  yashaydigan  yirik  manzilgohlar 
vujudga keldi. Barcha mulk shakllariga xos Xususiyat shunda ediki,
 


ularda  yersiz  kambag'al  dehqonlar  ijara  hisobiga  mehnat  qilganlar.  Yerlarda  bug'doy,  arpa, 
jo'xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Aholi chorva motlarini 
boqib,  go‟sht,  sut  mahsulotlari  yetishtirgan.  Savdo-sotiq  ishlari  ham  bir  qadar  o'sib  bordi. 
Tashqi  savdoda  Rossiya,  Xitoy,  Hindiston,  Eron  mamlakatlariga  paxta,  teri.  jun  va  boshqa 
qishloq xo'jaligi mahsulotari chiqarilgan. Xitoydan shoyi matolar, chinni idishlar, choy, dori -
darmon. Hindistondan qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib kelib sotilgan.
 
Xonlikda maktab va madrasa ta'limi ham bir muncha rivojlanib boradi. Buxoro xonl igi 
shaharlarida  150  dan  ortiq  madrasa  faoliyat  yuritgan.  Adabiyot  rivojiga  Bedil,  Sayido 
Nasafiy,  Turdi,  Sayfi  Saroyi,  Mashrab  kabi  allomalar  katta  hissa  qo‟shdilar.  Samarqand 
hokimi  Yaiang'och  Bahodir  o'z  mablag'i  hisobiga  Samarqand  Registon  ansamblini  b unyod 
ettiradi.
 
Buxoro  amirligi.  Buxoro  davlatining  zaiflashib  qolganligidan  foydaiangan  Eron  shohi 
Nodirshoh  XVII  asming  30-40—  yillarida  Buxoro  xonligi  ga  yurish  qiladi.  Nodirshoh 
Buxoro  xonligida  katta  mavqega  ega  bo'lgan  mang'it  urug‟idan  chiqqan  otali q  Muhammad 
Hakimbiy  bilan  shartnoma  tuzadi  va  u  Buxoro  xonligining  oliy  hukmdori  deb  tan  olinadi. 
Abulfayzxon  amalda  hokimiyatdan  chetlatib  qo'yiladi,  Hakimbiy  Buxoroning  to'la  vakolatli 
hokimi  etib  tayinlanadi.  1743—  yilda  Hakimbiy,  uning  o'g‟li  Muhammad  Rahim  Nodirshoh 
xizmatiga  kiradi.  Nodirshoh  1747—  yilda  vafot  etgach.  Muhammad  Rahim  hokimiyatni  o'z 
qo'liga olishga kirishadi.
 
Buxoro  xonligida  katta  nufuzga  ega  bo‟lgan  mang'it  qabilasining  vakili  Muhammad 
Rahim 1747— yilda Abulfayzxonni, so‟ngra rasman xon deb (soxta xon) e'lon qilingan uning 
o‟g‟li  Abdul-mo'mmni  va  nabirasi  IJbaydullo  sultonlarni  o‟ldirib.  hokimiyatni  o'z  qo'liga 
oladi. Muhammad Rahim 1756 — yilda taxtga o'tirib, o'zini Buxoro amiri deb e'lon qiladi va 
hokimiyatni  mustaqil  idora  qiladi,  Mang‟itlar  sulolasiga  asos  soladi.  Shundan  e‟tiboran, 
Buxoro  xonligi  Buxoro  amirligi  deb  atala  boshladi.  Amirlikda  hokimiyat  1920 —  yilgacha 
Mang‟itlar sulolasi qo‟lida bo'ldi. 
Muhammad  Rahim  hukmronligini  beklik-viloyatlardagi  boshqa  qavmlardan  bo'lgan 
hokimlar  tan  olmadilar.  Amir  mang‟itlarga  tayanib  hokimiyatni  markazlashtirishga  intildi. 
Barcha  qabilalarning  hukmdorlarini  Buxoroga  yig'ib,  ulardan  markaziy  hokimiyatga 
bo‟ysunishni  talab  qildi,  aks  holda,  qattiq  jazolanishi  haqida  ogohlantirdi.  Viloyatlar dagi 
ko‟pgina  hokimlar,  bebosh  amaldorlar  hokimiyatdan  chetlashtirilib,  yer -mulki  tortib  olinib 
boshqa  joylarga  ko‟chirildi.  Ular  o‟miga  amir  qabiladoshlaridan  tayinlandi.  Muhammad 
Rahim  Buxoro  minorasi  yonidagi  o'z  qarorgohini  maxsus  qurdirgan  Arkka  ko'ch irdi. 
O'zboshimcha  beklami  Arkka  chaqirib  qattiq  jazoladi.  Tarqoqlikni  bartaraf  etish  maqsadida 
ko‟pgina  bekliklarga  -  Samarqand,  Jizzax,  O‟ratepa,  Xisor,  Boysun,  Shahrisabzga  qarshi 
qonli urushlar qildi, ko'pgina viloyatlar vayron bo'ldi. Muhammad Rahim N urotada istiqomat 
qiluvchi  burqut  qabilasi  qo'zg'olonini  bostirib,  ulaming  harbiy  istehkomlarini  buzib  tashlab, 
o'zlarini  Buxoro  tumaniga  ko'chirdi.  Miyonqal'a  qipchoqlariga  hujum  qilib,  istehkomlarini 
buzib tashlaydi, yo'lboshchilarini qatl etib, qolganla rini ko'chirib yuboradi.
 


Muhammad  Rahim  vafotidan  keyin  o'zaro  urush  lar  yanada  kuchaydi.  Viloyat 
hukmdorlari mang'itlaming markaziy hokimiyatiga qarshi qo'zg'olon lar ko'tardi.
 
Kenagas,  yuz,  baxrin,  burgut,  saroy  qabilalarining qo'zg'olon-lari,  hokimiyatga  o'tirgan 
Doniyolbiyning  ulami  bostirish  uchun  qilgan  urushlari  minglab  odamlaming  yostig'ini 
quritdi.  Doniyolbiy  qo'shinlar  xarajati  uchun qo'shimcha  soliqlar  joriy  etib  aholi  noroziligini 
oshirdi. Buxoro hunarmandlari va tijorat ah li 1784 — yilda qo'zg'olon ko'tardi. Qo'zg‟olonni 
bostirish jarayonida minglab odamlar qurbon bo'ldi.
 
Amir  Ma'sum  («begimoh  amir»)  deb  nom  olgan  Shohmurod  (1785 -1800—  yillar) 
tarqoqlikka  qarshi  kurashni  davom  ettirdi.  Amir  Shohmurod  boshqaruv  tarfibini  o' zgartirish, 
amaldorlar  tarkibini  yangilash  choralarini  ko'rdi.  Amir  ikki  yirik  davlat  arbobi  -  Davlat 
qushbegi  bilan  Nizomiddin  qozikalonni  saroy,  qo'shin  va  boshqa  sohadagi  amaldorlar 
huzurida  o'z  qo‟li  bilan  o'ldirdi,  Soliqlami  tartibga  soldi.  Buxoro  aholisiga  tarxan  yorlig'ini 
topshirdi. Unga binoan aholi savdo daromadidan boj to'lashdan, hunarmandtar pul yig'imidan, 
majburiy  mehnat  va  soliqlardan  ozod  etildi.  Shuningdek,  xiroj,  nikoh  puli,  tarozi  haqi  va 
boshqa yig'imlar miqdori kamaytirildi.
 
Shohmurod  davrida  Buxoro  amirligi  nisbatan  mustahkam-iangan  bo'lsa-da,  o'zaro 
urushlar to'xtamadi. G'arbiy chegaralarda esa Xiva xoni qo'shinlari hujumga o'tar, ekinzor va 
bog'lar payhon qilinar, qishloqlar vayron bo'lar, odamlar va chorva mollar haydab ketilar edi.
 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish