O’zbekiston tashqi siyosatining huquqiy asoslari va tamoyillari. Mustaqillikning
dastlabki kunlaridayoq O‟zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi
siyosiy yo'lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo'shili sh, horijiy mamlakatlar bilan siyosiy,
diplomatik,, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'rnatish masalalari dolzarb vazifa
sifatida ko‟ndaiang bo‟iib turardi. Bu osongina yeehiladigan vazifalar emas edi. Masalaning
murakkabligi shundan iborat ediki, Ittifoq davrida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan
aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy hokimiyat tomonidan olib borilar
edi. Respublikalar esa, jumladan, O'zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to'g‟ridan -
to'g‟ri aloqa qiloimaydigan yopiq mamlakat edi. Shu bois, davlatimiz tashqi siyosat yuritish
tajribasiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy faoliyatni biladigan kadrlarga ham
ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi birorta ham o'quv yurti yo ‟q edi
Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aioqalami shakllantirishni talab
qilmoqda edi.
Prezident islom Karimovning «O‟zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yoli» va
boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalari naza riy va amaliy jihatdan puxta
asoslab berildi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 - moddasida tashqi siyosat
qoidalari qonunlashtirildi va u jahondagi ko'plab mamlakatlar bilan hamkorlik jarayonlari
ortga qaytmasligining huquqiy kafblati bo'lib xizmat qilmoqda, O'zbekistonni xalqaro huquq
subyekti sifatida belgilaydigan, respublikaning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini
tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. «O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy
faoliyatining asosiy prinsiplari to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar
faoliyatining kafolatlari to'g'risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi va boshqa
qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‟lamli
hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi.
Tashqi aioqalami ta'minlavdigan vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Tashqi ishlar
vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Miliiy banki,
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyot!
vadiplomatiyasi universiteti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jamiyat qurilish akademiyasi va boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy
faoliyat sohasi uchun mutaxassis kadrlar tayyor-lash yo'Iga qo'yildi.
Tashqi siyosatga tinchlik. barqarorlik, hamkorlik yO‟li asos qilib olindi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagiiardan iborat:
« mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy
qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
Do'stlaringiz bilan baham: |