ko'plab inqilobchi kuchlar yetishtirish va ulami tashkillashtirish har akatida bo’ldilar. 1918-yil
sentabrida Toshkentda Buxoro muhojirlari tomonidan Buxoro kompartiyasi va uning
Markaziy Qo'mitasi tuziladi (uning raisi A. Yoqubov, o'rinbosari M. Qulmuhammedov). 1920 -
yil yanvarida
Toshkentda P. Xo'jayev boshchiligida "Yosh buxorolik inqilobchilar partiyasining Turkiston
Markaziy byurosi" tashkil etiladi va Turkkomissiya, RSFSR hukumati tomonidan e‟tirof
qilinadi.
Yosh huxoroiikiar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida despotik tuzumni
tugatish. mamlakatda demokratik respublika tuzish va keng xalq ommasining tub
manfaatlarini ko‟zlab ko'plab ijtimoiy-demokratik o'zgarishlarni amalga oshirish vazifalari
bayon etilgan edi, Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920 -yil iyundan Toshkentda chiqa
boshlagan «Uchqun» gazetasida ham ilg'or demokratik g'oyalar ilgari surildi. Buxoro xalqi
amiming hokimi mutiaq tuzumini . ag'darib tashlash uchun faol kurashga da'vat etib borildi,
Sovet hokimiyatining asl maqsadi Buxoro amirligini ag'darish edi, Uning rasmiy
hujjatlari, ko'rsatmalarida amirlikka qarshi kurash quytdan, mahalliy ' kuchlar tomonidan
boshlanishi uqdirilgan edi. Shu bilan birga, amirlikni ag'darish uchun zarur harbiy
tayyorgarlik ham ko'rildi. Frunze boshliq Turkiston front! qo'mondonligi tomonidan 1920-
yil iyun o'rtalaridayoq zamonaviy qurol-aslahalar bilan qurollangan qizil qo‟shinlar Buxoro
chegaralariga keltirib qo'yilgan edi. Ayni paytda, amirlikni ag'darish uchun M.Frunze.
V.Kuybishev, N.To'raqulov, N.Husainov, F.Xo'jayevlardan iborat harbiy-inqilobiy byuro
tashkil etildi.
1920- yil 29-avgustda Chorjo'yda amir tuzumiga qarshi g'alayon boshlandi va Beshim
Sardor boshchiligidagi kuchlar avvaldan belgi-langan kelishuvga binoan, darhol sovet
hukumatidan «yordam so'rab» murojaat qildi. Bu sovet qo'shinlarining Buxoroga qarshi
urush harakatlari boshlashiga bahona bo'ldi.
Rasmiy ma'IumotSarga ko'ra, sovel qo‟shini ixtiyorida shu davrda 10 ming qizil askar,
40 ia to'p, 230 ga yaqin pulemyot, 10 ta zirhli avtomobil, 5 ta zirhli poyezd va 12 ta samolyot
bor edi. Shuningdek, Turkiston fronti qo'shini bilan birga hujum harakatlarida 5 mingga
yaqin buxorolik "inqiiohchi tuziimalar” ham ishtirok etdilar,
Amir lashkari son jihatidan ko‟p bo'lgani bilan (20 mingga yaqin), biroq uning
qurollanish darajasi qizillarga nisbatan ancha zaif edi. Hujumga tashlangan sovet qo'shinlari
amirlikning Chorjo'y, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va boshqa hududlarini egallab, Buxoro
tomon siljib bordilar. Buxoro va uning aholisi sovetlar hujumi chog'ida mislsiz zarar ko'rdi.
Shahar ko'p bor havodan bombardimort qilindi. Uning ko'plab noyob osori -atiqalari, tarixiy
obidaiari vayron etildi.
Amir Olimxon 1920- yil 2-sentabrda Buxoroni tark etishga majbur bo'ldi, Poytaxt sovet
qo'shinlari tomonidan egaliangach, hokimiyat Muvaqqat Butunbuxo ro Inqilobiy qo'mitasi
qo‟liga o'tdi. 1920- yil 14-sentabrda BKP MQ va Muvaqqat Butunbuxoro inqilobiy
qo‟mitasining biriashgan majlisi bo'ldi. Majlisda A.Muhitdinov boshchiligida qonun
chiqaruvchi oliy organ — Butunbuxoro Fnqilobiy qo'mitasi va Fayzulla Xo‟jayev raisligida
Xalq Nozirlar Kengashi (hukumat) tuzildi. O‟sha yilning 6-8-oktabr kunlarida I Butunbuxoro
qurultoyi bo'lib o'tdi, Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etilganligi e'lon qilindi.
1921- yil 4-martda Moskvada BXSR va RSFSR o‟rtasida Ittifoq shartnomasi va
iqtisodiy bitim. imzolandi. Bu esa Rossiya Federatsiyasi va uning Turkistondagi vakofatli
namoyandalariga Buxoro Respublikasi ichki ishlariga bevosita aralashish, u yerdagi
o'zgarishlarni nazorat etish va uni aniq sotsialistik maqsadlar sa ri
Do'stlaringiz bilan baham: |