shartnoma bilan birga ikkala respublika o'rtasida imzolangan harbiy - siyosiy va iqtisodiy
kelishuvlar asosida Xorazm Xalq Sovet Respublikasiga sovet Rossiyasi tomonidan tegishli
harbiy, iqtisodiy va madaniy yordam ko'rsatish ko'zda tutilgan edi. Biroq "katta og'a"ning
bunday yordami zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi ichki ishlariga aralashish, uning
siyosatini o'z manfaatlariga bo'ysundirish maqsadlart yotardi. Faqatgina 1921 -yil davomida
Xorazm Xalq Sovet Respublikasida uch marta (mart, sentabr. noyabrda) hukumat o'zgarishi
yasalib, uning Moskvaga ma'qul kelmagan tarkibi o'zgartirildi. O'z xalqining milliy
manfaatlarini ko'zlab siyosat yuritgan Poivonniyoz Yusupov, M. lbniyaminov, O.
Muhammadrahimov bosh bo'lgan hukumat iarkibi bekor qilindi, uning rahbarlari asossiz
Do'stlaringiz bilan baham: |