dehqonlar, hunarmandlar saylov huquqidan mahrum bo'lib qoldilar.
1877 yilda Toshkent shahar hokimi raisligida har bir toifa bo'yicha saylovchilar yig'ini
bo'lib o'tdi va Dumaga 71 noib (glasniy) saylandi. Dumaga Toshkentning 80 mingdan ortiq
aholi yashaydigan eski shahar qismidan, ya'ni tub yerli aholidan atigi 21 nafar noib saylandi,
aksariyat ko'pchilik noiblar esa 4 mingga yaqin kishi yashaydigan yangi shahar qismidan
saylandi. Bu holat boshqaruvning mustamiakachilik mohiyatini yaqqol ochib beruvchi
dalildir.
Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo'lib, uni shahar hokimi - oqsoqol
boshqarardi. Turkiston general-gubematori tomonidan Duma oqsoqoli (golova) etib shahar
hokimi polkovnik E.P.Pukaiov tayinlandi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat — shahar
Do'stlaringiz bilan baham: |