Siyosiy omillar: -xorijiy investitsiya borasida davlat siyosati; -xalqaro kelishuvlarga
rioya qilish; -davlatning iqtisodiyotga aralashuvi darajasi; -iqtisodiy siyosatning
hayotiyligi;
-mamlakatning xalqaro shartnomalar tizimida qatnashuvi;
-davlat apparatining ish faoliyati;
-siyosiy hukumatning investitsiyalarga moyilligi.
Iqtisodiy omillar: -iqtisodiyotning umumiy holati (yuksalish, pasayish); -valyuta
ko‘rsining barqarorligi; -inflyasiya jarayonining dinamikasi; -soliq imtiyozlari; -bojxona
tartibi; -ish kuchidan foydalanish tartibi; -ish kuchi qiymati;
-aniq mahsulotlarga talab va taklif; -kredit qiymati va boshqalar.
Ijtimoiy omillar: -jamoatchilikning xususiy mulk va xorijiy investitsiyalarga munosabati;
-jamiyatning mafkuraviy birdamlik darajasi;
-mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotining asosiy masalalari bo‘yicha kelishuvning mavjudligi;
-ishchi guruhining tashkilotchiligi.
Biron mamlakatning investitsion muhitini tahlil qilinganda, amaldor nuqtai nazari emas, balki o‘z
mablag‘ini daromad keltiruvchi loyihaga joylashtirmoqchi bo‘lgan xorijiy investorlarning fikrlari
ahamiyatlidir. Ularning fikricha investitsiya muhiti bir qator zaruriy omillarga bog‘liq bo‘lib, ularning
mavjudligi investitsiya muhitining eng qo‘lay bo‘lishini ta'minlaydi.
Birinchisi, siyosiy barqarorlik bo‘lib, uning mavjud bo‘lishi investorning kelgusi ishlarini
rejalashtirish va ishonch bilan oldinga intilishiga imkon beradi. U kuchli qonuniy tizimning mavjudligi,
tashqi va ichki harbiy nizolar hamda inqilobiy o‘zgarishlarning bo‘lmasligida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchisi, iqtisodiy samaradorlik. Har bir investor iqtisodiy o‘sish juda yuqori bo‘lgan, hukumat
iqtisodiyotni rivojlantirish borasida barqaror siyosat olib borayotgan mamlakat iqtisodiyotiga mablag‘
sarflashni xohlaydi.
Yana bir muhim omil mamlakatdagi hukumat rahbarlari, mehnat jamoalari, muholif partiya vakillari
va xalqning xorijiy investorlarga nisbatan bo‘lgan do‘stona munosabatlaridir. Undan tashqari oddiy
xalqning xorijliklarga, ularning mamlakatdagi ijtimoiy- iqtisodiy faoliyatiga bo‘lgan munosabati ham katta
ahamiyat kasb etadi. Ushbu omil ham investorlarning mamlakatdagi faoliyatlariga katta ta'sir o‘tkazadi.
Hukumatning siyosati yana bir muhim omil hisoblanib, investorlarning faoliyatiga turlicha ta'sir
o‘tkazishi mumkin. Albatta, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat bevosita yoki bilvosita biznes, savdo
va investitsiyalash jarayoniga o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Bunda uch jihatga alohida e'tibor berilishi zarur: xorijiy
investorlarning loyihalarda qatnashish darajasi. Xorijiy investorlarni o‘z biznesining qanday qismiga egalik
qilishlari qiziqtiradi. Bu esa loyiha turiga bog‘liq: a) agar investitsiya loyihasi eksportga yo‘naltirilgan
hamda xomashyoning asosiy qismi chetdan keltirilayotgan bo‘lsa, investor biznesning maksimal darajada
katta qismiga (ba'zida 100% ziga) egalik qilishga da'vogar bo‘ladi; b) agar investitsiya loyihasi eksportga
yo‘naltirilgan hamda xomashyoning asosiy qismi mamlakatning ichki xomashyosi bo‘lsa, investor huddi
shunday biznesning qo‘shni mamlakatlardagi shart-sharoitlariga qarab ish tutadi; v) agar investitsiya
loyihasi mahsulotni ichki bozorda sotishga mo‘ljallagan bo‘lsa, ko‘pgina TMKlar sherikchilik asosida ish
yuritishga harakat qiladilar, aks holda boshqa raqobatchilar ulardan oldin bozorni egallab olishlari mumkin.
Xorijliklarning mehnati. Xorijiy investorlar o‘z biznesi va daromadlarini hamyurtlari nazorati ostida
bo‘lgani ma'qul, deb fikralashadi. Ammo ishga juda ko‘p xorijliklarni jalb etish xarajatlarni oshirib
yuboradi. Valyuta muomalasini tartibga solish. Xorijiy investorlarni mamlakatga mablag‘ olib kirish, uni
sarflash imkoniyatlaridan tashqari biznesdan topilgan daromadni konvertirlangan valyutaga ayirboshlash,
chetga olib chiqish, valyuta hisob raqamiga ega bo‘lish imkoniyatlari nihoyatda qiziqtiradi.
Keyingi omil infratuzilma holati bo‘lib, u mamlakatdagi yuqoridagi sanab o‘tilgan omillarning mavjud
bo‘lishidan keyingi muhim omillardandir. Unda ishlab chiqarish uchun yer maydonlaridan foydalanish,
yerni ijaraga olish shartlari va muddati, avtomobil va temir yo‘llarning sanoat hududlarini asosiy transport
bo‘g‘inlari (portlar, aeroportlar) va bozorlar bilan bog‘langanligi, elektr energiyasining mavjudligi, suv
ta'minoti darajasi (ba'zi hollarda ichimlik suv bilan ta'minlanganlik darajasi), telekommunikatsiyaning
rivojlanish darajasi, telefon, faks, teleks aloqalarining mavjudligi, kompyuter orqali aloqa o‘rnatish
masalalari muhimdir.
Ishchi kuchi. Ko‘pincha xorijiy investitsiyalarni kiritishning asosiy sababi qilib qabul qiluvchi
mamlakatda ish kuchining arzonligi ko‘rsatiladi. Lekin, investitsiyalarni jalb qilishga savodxonlik, ishchi
kuchining malaka darajasi, mehnat qilish etikasi, mehnat unumdorligi darajasi, turli ijtimoiy harakatlarning
ishlab chiqarish jarayoniga ta'siri va boshqalar ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Banklar va moliya. Mamlakatda jahon savdosi va investitsiya sohasida foydalaniladigan barcha
Do'stlaringiz bilan baham: