mablag‘lar miqdori o‘rtasidagi nisbatni aks ettiradi.
Mulkchilik shakllari o‘zgarib, rivojlanib borayotgan sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
(KB va XT)ni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik muhim vazifadir. Jahon tajribasi shuni
tasdiqlaydiki, KB va XT ichki bozorni istemol tovarlari va xizmatlar bilan mo‘l-ko‘l ta'minlaydi, eksport
imkoniyatini oshiradi, ish bilan ta'minlash muommosini hal etadi, aholining real daromadlari darajasini
oshiradi. Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida KB investitsiyalarni kam talab qilishi, epchilligi va
moslashuvchanligi o‘zgartirib turishni ta'minlaydi.
Tadbirkorlik tuzilmalarining
kredit resurslaridan, investitsiyalarni moliyalashtirishning noan'anaviy
usullaridan, ayniqsa xalqaro moliya institutlari ishtiroki bilan moliyalashtirish usullaridan, lizing
operatsiyalaridan bemalol foydalanishlarini ta'minlash va shu yo‘l bilan ularni xorijiy texnika va
texnologiya bilan qurollantirish ustuvor vazifadir. KB va XTni rivojlantirish orqali raqobat muhiti vujudga
keltiriladi, soliqqa tortish bazasi kengaytiriladi, aholinig ish
bilan bandligi oshiriladi, bozorlar tovar va
xizmatlar bilan mo‘l-ko‘l ta'minlanadi.
Kapital qo‘yilmalar va ularning texnologik tarkibi
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligiga ularni texnologik tarkibi, ya'ni qo‘yilmalarni umumiy
yig‘indisida sarflarni alohida turlari - uskunalar, asboblar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan buyumlar;
qurilish ishlari; loyiha va boshqa ishlarga saflar nisbati katta ta'sir ko‘rsatadi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibida uskunalarning ulushini hamda ishlab chiqarish
ishtirokchilarini -
asosiy fondlarni faol qismini qurilish ishlariga nisbatan ko‘payishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni
birligiga kapital qo‘yilmalarni pasayishiga olib keladi va ularni iqtisodiy samaradorligini oshiradi.
Kapital qo‘yilmalarning tarkibini yangilashga: sanoatning texnik darajasi oshishi, ishlab chiqarishni
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning o‘sishi, uskunalarni takomillashtirishga, ishlayotgan
korxonalarni kengaytirish va qayta qurishga, ularning kooperatsiyalashuvi va
guruhlarga birlashtirish va
hokazolarga sharoit yaratadi.
Kapital qo‘yilmalar tarkibini yaxshilashda rejalashtirishni yaxshilashga va qurilish ishlarining
qiymatini pasaytirishga qaratilgan tarbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Mamlakat iqtisodiyotida kapital
qo‘yilmalar muttasil oshib boradi. Ayniqsa butun xalq xo‘jalagi tarmoklarida texnik taraqqiyotni
ta'minlashga ko‘maklashuvchi: kimyo sanoati, elektroenergiya, mashinasozlik, neft va gaz sanoati, qurilish
materiallari sanoati kabi tarmoqlarga kapital qo‘yilmalar tez sur'atlar bilan o‘smoqda.
Yangi texnikani joriy qilish asosida ishlayotgan korxonalarni qayta qurish qisqa muddatlarda
ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirishga va yangi korxonalarni qurishga qaraganda kamroq kapital saraflashga
imkon yaratadi.
Hozirgi vaqtda korxonalarni qayta qurish, kengaytirish va texnik qayta qurollantirishga katta
miqdorda kapital qo‘yilmalari yo‘naltirilmoqda. Ishlab turgan korxonalarga kapital qo‘yilmalarning
sarflanishi texnik taraqqiyotning jadallashib borishi va ishlab turgan texnikaning eskirib borishiga
bog‘liqdir.
Agarda mamlakatning yangi tabiiy boyliklar konlari ochilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
mintaqalarda
kapital qo‘yilmalarni yangi korxonalarni qurishga va yangi quvvatlarni barpo qilishga sarflanishi to‘g‘ri
bo‘lsa, boshqa mintaqalarda, ayniqsa qayta ishlash sanoatidagi, ishlayotgan korxonalarni qayta qurish,
texnik qayta qurollantirish to‘g‘ri bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda ilgari qurilgan ko‘pgina korxonalarda eskirgan uskunalarni modernizatsiyalash
zarurati yuzaga kelgan. Bu ishlab chiqarishning intensivlashga va texnikani hozirgi zamon talablariga javob
berishiga va mehnat unumdorligini oshishga olib keladi. Qator mintaqalarda qayta qurish ushbu mintaqa
iqtisodiyotini ko‘p qirrali rivojlantirish, korxonalarni zarur buyumlar bilan ta'minlanishi uchun ham
zarurdir. Ammo ishlayotgan korxonani qayta qurish har bir holatda chuqur iqtisodiy asoslarni talab qiladi.
Tajribaning ko‘rsatishicha ayrim korxonalarda dastlabki iqtisodiy hisob-kitoblarning
qilinmaganligi
natijasida qayta qurish bo‘yicha samarasiz ishlarni amalga oshirildiki, natijasida qayta qurishga ketgan
sarflardan ham oshib ketdi.
Hozirgi paytda kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirish birinchi navbatda korxonalarni texnik
qayta qurollantirish, mexanizatsiya
va avtomatizatsiya, uni ixtisoslashtirish, texnologiyani yaxshilash va
tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi va bank kreditlari hisobiga korxonalarni
texnik qurollantirish ko‘payib boradi.
Kapital qo‘yilmalar dastavval boshlangan qurilishlarni tugatish va ishga tushirish lozim bo‘lgan
ob'ektlarga yo‘naltiriladi; shuning asosida ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni ishga tushirishga
erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: