2.Yevropa (cha) modelida – iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitga moslashuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yo‘nalishi, YaIMda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori hissasi ko‘zga tashlanadi. Evropacha modelda evolyutsion yo‘l orqali oddiy tovar xo‘jaligidan klassik kapitalizm tomon va undan bozor iqtisodiyoti tomon boriladi. Bunda oddiy pultovar munosabatlarining kapitalistik shaklga ko‘chishi, uning bozor iqtisodiyotiga aylana borishi orqali yuz beradi. Bu modelda bozor iqtisodiyotining yovvoyi ko‘rinishlari ham kuzatiladi: o‘ta tarqoqlik, tartibsizlik, o‘zbilarmonchilik, shafqatsiz ekspluatatsiya, ommaning qashshoqlashuvi, g‘irrom raqobat, g‘ayri insoniy xatti-harakatlarga moyillik. Bu jarayon XIX asr oxirigacha hukmron bo‘ldi. XX asr 30-yillaridan bozor iqtisodiyotiga o‘tildi, 50-yillarda shiddatli tus oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |