7. “Janubiy Koreya modeli” 4 bosqichdan iborat bo‘ldi.
1) 1946–1961 yillarda Amerika tusidagi davlatchilik shakllantirildi. AQSH
harbiy kuchlari ushlab turilishi bu vazifani ancha yengillashtirdi.
2) 1962–1975 yillarda Koreys iqtisodiy mo‘hjizasining otasi deb tan olingan
Prezident Pak CHjon Xi nomi bilan bog‘liq. Islohotning asosiy yo‘nalishi chora va
ehtiyojlarni qoplashga qaratilgan iqtisodiyotga emas, balki mahsulotni taklif
qiladigan iqtisodiyotga qaratildi. Eksport oshdi....
3) 1976–1981 yillarda iqtisodiyot eksportga yo‘naltirildi. Keyinchalik og‘ir
sanoat rivojlantirildi. 1980 yillarda sanoat ishlab chiqarishida kichik va o‘rta biznes
20%dan oshmadi.
4) 1982–1991 yillarda iqtisodiyotni erkin qo‘yish, uning ochiqligi tahminlandi. Imtiyozli kreditlar berish bekor qilindi. Davlat faqat uzoq muddatga kredit berishni kafolatladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |