Toshkent davlat agrar universiteti nukus filiali gumanitar fanlar kafedrasi


MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/19
Sana05.11.2019
Hajmi0,83 Mb.
#25049
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ozbekistan tarixi


MDH a’zolarining birgalikdagi harakatlariga quyidagi vazifalar kiritildi:
-tashqi siyosiy faoliyatlarni muvofiqlashtirish, mudofaa siyosati va tashqi
chegarani muhofaza qilish;
-umumiy iqtisodiy muhitni rivojlantirish va Umumevropa, Yevroosiyo bozorini
shakllantirish;
-iqtisodiy islohot o’tqazish;
-bojxona siyosatini birga olib borish;
-transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish;
-ekologik, atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash;
-uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki
tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berdi.
O’zbekiston ham davlatlararo bank va boshqa hamdo’stlik iqtisodiy tuzilmalarining
shakllanishida faol ishtirok etdi. «Mustaqil davlatlar hamdo’stligini tashkil qiluvchi
mamlakatlar bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish,-degan edi
I.A.Karimov, - tashqi siyosatimizning ustuvor yo’nalishlaridan biridir».
1991-2000 yillarda MDH davlatlari boshliqlarining 30 ga yaqin kengashlari bo’lib
o’tdi va muhim hujjatlar imzolandi. Ular orasida xavfsizlik masalalari, tinchlikni
saqlash, iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yib olish uchun davlatlararo iqtisodiy qo’mita
tuzish, iqtisodiy integrasiyani to’laqonli amalga oshirish, bojxona va ittifoq to’lovi
masalalarini izga solib olish kabilar muhim o’rin egalladi. O’zbekiston MDH doirasida
siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalar bo’yicha shartnoma hamda kelishuvlarni Rossiya,

181
Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa mamlakatlar bilan imzolab, o’zaro
manfaatli hamdo’stlik aloqalari uchun mustahkam asos yaratdi.
O’zbekiston MDH davlatlari bilan hamkorlikda iqtisodiy mintaqalararo
munosabatlarni mustahkamlashga kirishar ekan, ularning siyosiy mustaqilligiga daxl
qilmaslik nuqtai nazaridan yondashdi. 1992 yil may oyida MDH davlat rahbarlarining
Toshkent uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi
bilan boshlangan kollektiv xavfsizlik to’g’risidagi shartnomaning imzolanishi MDH
doirasidagi davlatlar o’rtasidagi aloqalarning yangi bosqichga ko’tarilishiga sabab
bo’ldi. 1993 yil MDH davlatlari bilan imzolangan «Iqtisodiy ittifoq» haqidagi
shartnoma ham bu davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va o’zaro hamkorliklarining
yanada mustahkamlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Ayni vaqtda O’zbekiston 1996 yili Venada sobiq ittifoqdosh davlatlar Gruziya,
Ukraina, Ozarbayjon, Moldova davlatlari asos solgan o’ziga xos tuzilmaga ham 1999
yil aprel oyida a’zo bo’ldi. Natijada, bu tuzilma unga uyushgan davlatlarning nomidan
olingan bosh harflar asosida GUUAM, deb yuritila boshlandi. Mazkur tuzilma
mintaqaviy hamkorlik doirasidgi Osiyo-Kavkaz-Yevropa transport yo’lagini
rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilib oldi. 2001 yil iyun
oyida ana shu tashkilotga a’zo davlatlarning uchrashuvi bo’lib, unda O’zbekiston ham
ishtirok etdi. Yaltada bo’lib o’tgan sammitda hamkorlikni mustahkamlashga doir ayrim
masalalar ko’rib chiqildi. Rossiya Federasiyasi bilan mustaqillik yillarida bo’layotgan
o’zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik yaxshi samara berayotganini ta’kidlab
o’tmoq joizdir. Bu ikki mamlakat o’rtasidagi 1992 yil o’rnatilgan diplomatik
aloqalardan so’ng siyosiy, iqtisodiy sohalarda 150 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
Rossiya Federasiyasi Bosh vaziri V.Chernomirdin, keyinroq Ye.Primakov 1998 yil
Rossiya Federasiyasi Prezidenti B.Yelsin, 1999 yil dekabr va 2000 yil may oyida
Prezident V.V.Putinning O’zbekistonga qilgan tashriflari Rossiya va O’zbekistonning
o’zaro iqtisodiy hamkorliklarini yo’lga qo’yishda, diniy ekstremizm va xalqaro
terrorizmga qarshi birgalikda kurashida alohida o’rin tutdi.Bunday uchrashuvlar nafaqat
Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo’lga qo’yildi. 1994 yili
Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. O’zbekiston
va Ukraina davlat rahbarlari o’rtasidagi o’zaro muloqotda iqtisodiy hamkorlik,
transport, sanoat, qishloq xo’jaligi, mineral xom ashyo qazib olish, fan-texnika
taraqqiyotidagi yutuqlarda o’zaro hamkorlikni olib borish bo’yicha tuzilgan bitimlarni
amalga oshirish bilan aloqador bo’lgan masalalar asosiy o’rin egalladi. Nafaqat
iqtisodiy, balki madaniy aloqalar ham yo’lga qo’yildi. Leonid Kuchma o’zining
O’zbekistonga tashrifi davomida O’zbekiston baynalmilal madaniy markazida ham
bo’ldi. O’z navbatida O’zbekiston Prezidenti ham Ukrainaga uch marta safar qildi. Bu
ikki davlat o’rtasidagi aloqalar hozirgi kunga qadar davom etib, tovar ayirboshlash
hajmi 300 million AQSh dollaridan oshdi. O’zbekiston Ukrainaga rangli metall,
gazlama va boshqa turdagi mahsulotlarni yetkazib bergan bo’lsa, Ukrainada
O’zbekistonga texnika asbob-uskunalari keltirildi. Bugungi kunda O’zbekistonda 20
dan ortiq o’zbek-ukraina qo’shma korxonalari ishlab turibdi. 2001 yil MDH tashkil
topganligining 10 yilligi munosabati bilan Rossiya davlati poytaxtida MDH davlatlari
rahbarlari ishtirokida sammit o’z ishini boshladi. Sammitda o’tgan vaqt mobaynida
qilingan ishlar sarhisob qilindi va o’zaro savdodagi cheklashlarni bartaraf etish, tovarlar
va xizmatlar oqimini ko’paytirish uchun axborot-marketing markazlarini tuzish, ta’lim,

182
madaniyat, soliq, bojxona sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi muassasalar, xo’jalik sudlari
hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Sammit ishtirokchilari MDH
tuzilganligining o’n yilligi munosabati bilan hamda Afg’onistondagi vaziyatga doir
bayonotga imzo chekdilar. O’zaro hamkorlik doirasidagi bunday uchrashuvlar o’z
navbatida hamkorlik, davlat chegarasini himoya qilish, MDH doirasidagi davlatlarning
fan-texnika taraqqiyotidagi yutuqlaridan o’zaro keng foydalanish, iqtisodiy aloqalarni
keng qamrovli olib borish, ekologik muammolarni hal etishda muhim omil bo’lib
xizmat qiladi.  O’zbekiston mustaqillikka erishgach Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil
davlatlar Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, o’zaro
do’stlik aloqalari yanada mustahkamlandi.Bizga ma’lumki, asrlar davomida birga
yashab kelgan dini bir, tarixi bir, ikki tilda so’zlashuvchi xalqlar sobiq Ittifok davrida
bo’lib tashlangan edi.Qog’ozdagina suveren, aslida esa markazga qaram sho’ro
respublikalari barpo etildi. Bu soxta siyosat tufayli turmush tarzi, ruhiy va ma’naviy
qadriyatlari bir bo’lgan xalqlar bo’lib yuborilgan edi. Ularning o’z tili, madaniyati bor.
Ularning ma’naviy, ruhiy va fikriy yaqinligi hamma narsadan ustun kelgan.
Shuning uchun ham mavlono Rudakiy: «Dunyoning shodligi yig’ilsa butun,
Do’stlar diydoridan bo’lolmas ustun» deb bejiz aytmagan. Markaziy Osiyo
davlatlarining 1990 yil 13-15 avgustda Toshkentda bo’lgan uchrashuvda maslahat
kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi. 1993 yil yanvarida Prezident I.A.Karimov
tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil
etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvga 5 davlat rahbarlari qatnashdi va Hamdo’stlik
haqidagi bitimga imzo chekishdi. Shu tariqa jahonda «Markaziy Osiyo» degan yangi
atama paydo bo’ldi. 1993 yil mart oyida Markaziy Osiyo davlatlarining navbatdagi
uchrashuvi Kizil O’rdada bo’lib o’tdi. Unda Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasi
tuzilib, N.Nazarboyev uning prezidenti etib saylandi. Bu uchrashuvda Orol va Orol
bo’yidagi ekologik ahvol, uning insonlar hayoti uchun nihoyatda xavfli ekanligi va bu
muammoni yechish masalalari o’rtaga qo’yildi.Keyingi yillarda O’zbekiston-
Qozog’iston munosabatlari yanada kengayib bormoqda. Hozirgi kunda Qozog’istonda 1
mln. o’zbek, O’zbekistonda 1 mln. qozoq istiqomat qilmoqda. O’zbekistonda 605 ta
qozoq maktabi bo’lib, unda 15000 bola o’qimoqda. Toshkent davlat pedagogika
universiteti, Sirdaryo, Jizzax, Nukus va Navoiy pedagogika institutlarida qozoq tilida
o’qish olib boriladigan bo’limlar ishlay boshlaydi. Jizzax viloyatida «Kok-tem»,
«Qozoq teatr studiyasi» ochildi. O’zbekistonda 1992 yildan boshlab qozoq tilida «Nurli
jol» respublika gazetasi nashr qilina boshlandi.Mustaqillik yillarida O’zbekistonning
Tojikiston, Turkmaniston va Qirg’iziston bilan ham o’zaro munosabatlari
rivojlanmoqda. Mamlakatimiz rahbari juda ko’plab jahonning nufuzli tashkilotlarining
minbarlarida so’zga chiqib bizga qo’shni bo’lgan Tojikistondagi birodarkushlik urushini
oldini olish va terrorizmga qarshi birgalikda kurashish dasturlarini ilgari surdi.Lekin
ba’zi Yevropa mamlakatlari bu masalaga panja orasidan qaradi. Natijada terrorizmning
insoniyat uchun nihoyatda xavfli ekanligi AQShdagi 11 sentyabr voqealaridan keyin
yaqqol namoyon bo’ldi. O’zbek xalqi terrorizmning xavfini 1999 yil 16 fevralda
Toshkent voqealaridan juda yaxshi biladi. AQShdagi sentyabr voqealaridan so’ng butun
dunyo hamjamiyati Afg’onistonda uya qurib olgan terrorizmning makoniga urush e’lon
qildi. Bu urush mehnatkash Afg’on xalqiga emas, qonxo’r, kallakesar terroristik
guruhlarga qaratilgan edi. AQShning Afg’onistonga qaratilgan urushini O’zbekiston
rahbariyati qo’llab-quvvatladi. Jafokash Afg’on xalqiga o’zining beg’araz yordamini

183
berdi. Termizdan har kuni oziq-ovqat ortgan mashinalar insonparvarlik yordamini
Afg’on xalqiga yetkazib turdi. Nihoyat ikki yarim oylik AQSh-Afg’oniston urushi
to’xtadi. Afg’on xalqidan 10 yillar davomida orzu qilgan tinchlik ro’yobga chiqdi. Endi
Afg’oniston o’z taqdirini o’zi belgilamoqda. Lekin 20 yildan ziyod davom etgan
fuqarolar urushi uning iqtisodini butunlay izdan chiqargan edi. O’zbekiston raxbariyati
va xalqi bundan keyin ham Afg’on xalqiga o’z yordamini ayamaydi. Afg’onistonda
urushning to’xtashi butun Markaziy Osiyoda tinchlikning qaror topishiga olib keldi.
Tojikistonda ham ahvol yaxshilanib, iqtisodiy o’sish suratlari ko’rinmoqda. Qo’shning
tinch bo’lsa, o’zing tinch bo’lasan. Tinchlik barqaror bo’lgan joyda iqtisodiy o’sish,
xalq farovonligi ko’zga tashlanadi. Prezident I.Karimov tomonidan 1995 yil 5 mayda
Oliy Majlis 2-sessiyasida «Turkiston-umumiy uyimiz» shiorining ilgari surilishi
mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu ma’noda Prezidentimizning «Yosh avlodga biz ozod va obod Vatanni meros
qoldirmog’imiz kerakki, ular bobolarining ulug’ niyatlari va ishlarini davom ettirsinlar.
Chunki yoshlarning ma’naviy uyg’oqligi g’aflatdan asrovchi asosiy omillardan biridir»,
- degan so’zlarini butun o’zbek xalqi ko’nglidagi fikrlar desak mubolag’a bo’lmasdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. T.:
O’zbekiston, 1996.
2.Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. T.: O’zbekiston, 1996.
3.Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997.
4.Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.:
O’zbekiston, 1997.
5.Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin.
T.: O’zbekiston, 1998.
6.Karimov I.A. Kuchli davlatlatdan kuchli jamiyat sari. T.: Sharq, 1998.
7.Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush – pirovard maqsadimiz.
T.: O’zbekiston, 2000.
8.Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.
T.: O’zbekiston, 2000.
9.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
10.Karimov I.A. O’zbekiston demakratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T.:
“O’zbekiston”, 2005.
11.Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.:
“O’zbekiston”, 2007.
12.Azizxo’jayev A. Davlatchilik va madaniyat. «Sharq», 1997.
13.Leonid Levitin, Donald S.Karlayl. Islom Karimov – Yangi O’zbekiston Prezidenti.
T.: O’zbekiston, 1996.
14.Murtazayeva R.H. va b. O’zbekiston tarixi (Ma’ruzalar matni). T., 2000.
15.Usmonov Q., Sharopov Sh va b. O’zbekiston – siyosiy va huquqiy islohotlar sari. T.:
Universitet, 1996.
15.Usmonov K., Abdug’aniyev A va b. O’zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida.
T., «O’qituvchi», 1996.
16.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. T.: O’zbekiston, 1992.

184
17.O’zbekiston tarixi. 1-qism. A.Sagdullayev, B.Eshov tahriri ostida. T.: Universitet,
1999. II nashri.
18.O’zbekiston yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. T.: Sharq, 2000.
19. Usmonov Q., Sodiqov T. O’zbekiston tarixi (1917-1991 yil-lar) .T:Sharq, 2003.
20. O’zbekiston tarixi 10-sinf uchun darslik “Sharq” 2000 yil.

185
O’zbekiston tarixi faniga oid internetdagi
SAYTLAR
uzbekistan.uzpak.uz
.  –  O’zbekiston tarixining “Buyuk ipak yo’li” davridan mustaqillik
yillarigacha bo’lgan davri haqidagi sayt.
zamin.freenet.uz
.  -  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  “Davlat va jamiyat
qurilishi Akademiyasi”ning sayti. Saytda davlatimizning
mustaqillik yillari tarixi
haqida ma’lumotlar mavjud.
www.uzbekistan.uz
 – O’zbekiston buyuk kelajak sari.
www.mfa.uz
 -  O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligining maxsus sayti.
Saytda davlatimizning xalqaro aloqalari to’g’risidagi ma’lumotlar jamlangan.
www.press-service.uz.-
  Prezidentimizning asarlari va mehnatlari jamlangan sayt.
www.gov.uz
 -  портал правительства Республики Узбекистан.
www.natlib.uz
 /turk/ -  Туркестанский сборник.
history.uzsci.net
  -  Tarix institutining “O’zbekiston tarixi” nomli jurnali.
ula.uzsci.net
  – Журнал: Наука и образование Узбекистана.
www.xonatlas.uz
 – O’zbekiston madaniyati to’g’risidagi sayt.

186

187

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish