Molyaviy siyosat turlicha bir biridan farqlanadi. Iqtisodiyot nazariyasi va amaliy xayotda fiskal siyosatning 2 turi ajratiladi. 1.Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat; 2.Nodiskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat. Nodiskretsion fiskal siyosat – soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, yani uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarsiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |