TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI MEVA- SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK FAKULTETI TALABALAR HAMROQULOVA NIGINABONU VA ABDUXOLIQOVA DURDONA Yoshlar akademiyasi “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovi uchun tayyorlagan INNOVATSION LOYIHASI
KIRISH ISSIQXONALARDA INTENSIV TARZDA QULUPNAY bilan birgalikda TOKZOR BARPO ETISH
O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGINI RIVOJLANTIRISH VA JAHON BOZORIGA RAQOBATBARDOSH MAHSULOT YETISHTIRISH
BOZORDAGI MUAMMO
Bozorda sifatli qulupnay narxlari mavsumdan tashqari ancha qimmat.Agarda biz sifatli navlarini har bir viloyat va tumanlarda yetishtirilsak,yilning 12 oyida ularning narxi arzonlashadi.Jahon bozorida o’z o’rniga ega mahhsulot yetishtiriladi va ko’plab davlatlarga eksport qilinadi.
Qulupnay ko’chatlaridan Koreyadan keltirilgan 2ta ”Solxyan” va “Minxyan” navlari sifatli navlardan hisoblanadi.Bilamizki bu navlarning ko’chatlari boshqalariga nisbatan qimmat.Agarda bu navlarning ko’chatlari ko’plab yetishtirilsa, ko’chat narxi arzonlashadi va aholi tomorqasida aholi is’temoli uchun faqatgina sifatli qulupnaylar yetishtiriladi.
Barchaga ma’lumki, Buxoro viloyatida qulupnay yetishtiriladigaan issiqxonalar juda kam , sababi tuproq sho’rligi va suv tanqisligi.Agar biz qulupnaylarni stelajda intensiv tarzda yetishtirsak va atrofiga intensiv tarzda tok eksak,bir vaqtning o’zida ham sifatli uzum ‘ham sifatli qulupnay mevalarini olishimiz mumkin.Bu jarayonda biz issiqxonadan unumli foydalangan bo’lamiz.
Bozorda asl muammo bu narx qimmatligi va sifatli mevalarning kamligi.Agarda biz aholini sifatli ko’chat va mevalar bilan ta’minlasak,aholini tomorqasini boyitamiz balki yilning 4 mavsumida ham hamyonbop va raqobatbardosh mahsulotlar yetishtiriladi.
Buxoro viloyatida ko’plab issiqxonalarga pomidor va bodring ekiladi.Agarda biz intensiv qulupnay va tokzorlarni ko’paytirsak aholini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan qo’llab quvvatlagan bo’lar edik.Chunki intensiv qulupnay uchun ishchi kuchi ham kam ketadi va aholi ish sarfi kamaayib,iqtisodiy samarasi oshadi.
MAHSULOTNING TAQDIMOTI
Mahsulot: qulupnay va uzum. Qulupnay ko’chatlari ,tok qalamchalari ekiladi.Hosil hamda ko’chat beradi.
raqobatchilar
Raqobatchilar yo’q.
Intensiv tarzda issiqxonada yetishtirilgan koreya qulupnay navlarining boshqa qulupnaylardan farqi:sifatli,yirik ,shirin,ko’rinishi bilan ajralib turadi va eng muhimi ular ko’p hosil beradi.Bunday qulupnay navlari faqat intensiv tarzda issiqxonalarda yetishtirish mumkin.
Iqtisodiy jihatdan eksportbop va jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot, ijtimoiy jihatdan aholi bandligiga ko’maklashadi.
Buxoro viloyatida bunday qulupnay va uzum navlar kam yetishtiriladi.Bozorda viloyatlardan keltirilgan holda sotiladi va narxi qimmatlashadi.Agarda har bir viloyatning o’zida yetishtirilsa aholi daromadiga ko’chatlardan esa tomorqasiga foyda bo’ladi.
Bozorda yilning to’rt faslida ham shirin,arzon va sifatli qulupnay va uzum kabi mevalar har doim o’z o’rnini egallaydi
MONETIZATSIYA
O’qiyotgan sohamdan kelib chiqqan holda,qishloq xo’jaligini rivojlantirish hamda iqtisodimizni yaxshilash ,ko’plab intensiv qulupnay va tokzor yetishtiradigan issiqxonalarni ko’paytirishni rejalashtirmoqdaman.
Ko’chat narxi,naviga qarab : 6 000,10 000
Uzum narxi naviga qarab:1 kg narxi 10 000,15 000
Qulupnay narxi naviga qarab mavsumdan tashqari vaqtlarda : 1kg narxi 100 000, 90 000
2022-2026-yillarga mo’ljallangan “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to’g’risida 3-bandi 30-maqsadida Qishloq xo’jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo’jaligining yillik o’sishini kamida 5 foizga yetkazish. Bundan ko’zlangan maqsad mamlakatimiz aholisini eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirish. Aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish.