mavzusidagi iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanayotgan dissertatsiyasi ishining
2022 yilning I chorak(Yanvar,fevral,mart)oylari davomida bajarilayotgan ishlar to’g’risida hisobot
Toshkent davlat agrar universiteti rektorining 2021- yil 02-dekabr №1-9-6-/549 sonli buyrug’iga asosan 08.00.08 «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit» ixtisosligi bo’yicha 3 yil muddatga tayanch doktarantura safiga qabul qilindim. Ilmiy rahbarim «Buxgalteriya hisobi, taxlil va audit » kafedrasi i.f.d.,prof. R.D.Dusmuratov belgilandi.
Tadqiqotning maqsadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida g‘allachilik klasterlarining xarajatlari, reproduktiv mahsulotlar hisobi, tannarx hisoblash va rentabellik tahlilini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ob’ekti. Tadqiqot ob’ekti sifatida Respublika qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatayotgan g‘allachilik klasterlari tizimidagi g’alla urug’chiligiga ixtisoslashgan xo‘jaliklar olindi.
Tadqiqot predmeti bo‘lib, g‘allachilik klasterlari tizimidagi korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, olingan elita va navli urug‘lar tannarxini hisoblash uslubi va rentabellik tahlili bilan bog‘liq ilmiy yondashuvlar, normativ-huquqiy, tashkiliy-uslubiy va amaliy masalalar majmui hisoblanadi.
Tadqiqot metodlari: tadqiqot predmetini o‘rganishda analiz va sintez, monografik kuzatuv, empirik umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, ilmiy tafakkur, iqtisodiy-statistik tahlil usullari qo‘llaniladi
Kutilayotgan ilmiy yangiliklar. Tadqiqotdan quyidagi ilmiy yangiliklar kutilmoqda:
g‘allachilik klasterlarida urug‘lik don yetishtirish xarajatlari, reproduksiyalari hisobi va tannarx hisoblashni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
don urug‘chiligida xarajatlar va mahsulotlar hisobiga doir dastlabki hujjatlarning axborot imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi;
ixtisoslashgan g’alla urug‘chiligi xo‘jaliklari xo‘jaliklari uchun soddalashtirilgan hisob tizimi registrlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi;
don ekinlari urug‘chiligida reproduktiv, yondash va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini hisoblash uslublari ishlab chiqiladi;
elita urug‘lari ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va rentabelligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar tayyorlanadi.
Ilmiy bo’lim, fakultet va kaferdamiz tomonidan uyishtirilgan jamoat ishlarida faol qatnashdim va mavzu bo’yicha poster tayyorlandi.
14 –mart kuni Yuqori Chirchiq tumanidagi «AKIS» markazida bo’lgan tadbirda faol qatnashdik
30- mart kuni International Online Conference:The TOEFL Family of Assessments for building confidence and success mavzusidagi TOEFL imtihonlari bo’yicha xalqaro online kanferensiyasida faol qatmashdim va sertifikatga ega bo’ldim