B) G‘o‘za bargi tukchalarini o‘rganish.
G‘o‘za bargidan nina uchi bilan shilib olingan epidermis buyum oynasidagi
suv tomchisiga joylashtirib preparat tayyolanadi va mikroskopda tekshiriladi. Epi-
dermisda ko‘p miqdorda oddiy va bezli tukchalar ko‘rinadi. G‘o‘za bargida bu tuk-
chalar asosan barg tomiri ustiga joylashgan bo‘ladi (shuning uchun barg tomiri te-
varagidagi epidermani olib tekshirish kerak). Oddiy tukchalar 4-5 tadan guruh
bo‘lib joylashadi. Bezli tukcha yupqa po‘stli bir nechta tirik hujayralardan tashkil
topgan. Bezli tukchalar ichidagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib turadi. Preparat usti-
dagi qoplag‘ich oynaning cheti sal ko‘tarilib, fil'tr qog‘oz vositasida suvi tortib oli-
nadi, so‘ngra unga sudan III reaktivi tomizilsa, tukcha bo‘yalib yaqqol ko‘rinadi.
Mikroskopning kichik ob'ektivida ko‘rib g‘o‘za bargidagi bezli tukchalar
tuzilishlari bilan tanishiladi va rasmi daftarga chizib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |