3. Geografik qobiqning tuzilmasi. X,ar bir geosistema o'zining tuzilmasi bilan
harakterlanadi. Tuzilmani geosistemalarning qismlarini o'zaro joylanishi va ularning
birikish yo'llari yoki geosistemaning makon va zamonda shakllanishi deb tushunish
mumkin.
Geografik qobiqning muxim xususiyatlari
Diqqat qiling!
Geografik qobiq boshqa geosferalardan o'ziga xos xususiyatlari bilan farq
qiladi. Siz bu xususiyatlarni moxiyatiga tushunasangiz Geografiya fanining
jamiyat oldidan vazifasini anglab atasiz.
Geografik qobiq uchun vertikal, gorizontal va vaqt tuzilmalari xosdir.
Geografik qobiqning komponentlari yarus ko'rnishida joylashan: pedosfera,
gidrosfera, atmosfera joylashgan, bu yaruslarning o'rtalaridagi tutash joylarda biosfera
vujudga kelgan.
Geografik qobiq komponentlarining o'zaro aloqasi hosil bo'lgan turli darajadagi
geosistemalar o'rtasida gorizontal yo'nalishda modda va energiyaning oqimilari bilan
bog'lanish, aloqadorlik yuz beradi. Bu aloqadorlik bevosita va bavosita bo'lishi mumkin.
Masalan, qo'shni geosistemalar bir-biri bilan bevosita aloqada bo'ladi. Bir-biridan uzoqda
joylashganlar esa bavosita, ya’ni shamollar, havo oqimlari, suv oqimlari va boshqalarda
hayvonlar vakillari ishtirokida aloqadorlikda bo'ladi.
Geosistemalarning vertikal va grizontal bo'linishlari ularning makoni tuzilmasini
hosil qiladi.
Guosistemalar uchun vaqt tuzilmasi xosdir. Chunki geosistemalar makon va
zavonda harakat qiladi va yashaydi.
Dinamika geosistemalarning har qanday o'zgarishlari bo'lmasdan, balki ularning
tuzilmasini buzilishiga olib kelmaydigan takroriy o'zgarishdir. Sochavaning fikricha,
geosistemalarning dinamik o'zgarishi ularda sifatiy o'zgarishlarni vujudga keltirmaydi.
Geosistemalarning
dinamikasi
ularning
barqrorlik
darajasini
ifodalaydi.
Barqarorlikning belgisi - geosistemada doimo yildan yilga fasliy aspektlarning
11
takrorlanishidir. Maolum vaqtdan keyin o'zgargan geosistemalarni yana tiklanish
qobiliyatini saqlab qolish ham dinamik o'zgarishlarga kiritilishi mumkin.
Kuchli taosir natijasida buzilishlarga uchragan geosistemalar yana qaytadan
tiklanish qobiliyatiga ega bo'lolmaydi. Bunday geosistemalarda ularning tuzilmalarida
sifatiy o'zgarishlar yuz beradi.
Shunday qilib, barqarorlik va o'zgaruvchanlik - geosistemalarning ikki muxhim
dialektik bog'langan sifati ekan. Ularning nisbati geosistemalarning darajasiga va boshqa
sharoitlarga bog'liq.
4. Geografik qobiqning uzulganlik va uzulmaganlik xususiyati.
Uzilganlik va uzilmaganlik quyidagi qarama-qarshi tomonlar bilan ko'zga
tashlanadi (Preobrajenskiy, 1972).
Uzilmaganlik
Uzilganlik
o'zaro aloqadorlik
yakkalik
sidrg' alik
ayrim-ayrimlik
12
sakrashlik
asta-sekinlik
mahalliy emas
mahalliylik
cheksiz bo'linuvchanlik
bo'linishning cheklanganligi.
Uzilganlik va uzilmaganlik geografik qobiqning ayrim umumiy xususiyatlarini aks
etiradi. Ayrim geograflar geografik qobiqning uzilmaganlik, boshqalari esa uzilganlik
xususiyatini
tajriba
natijalari
oladilar.
Masalan,
Armand
tabiiy
geografik
rayonlashtirishda uzilmaganlik tamoyiliga, Solncev esa uzilganlik tamoyiliga asoslanadi.
Munozaralarning asosiy sababi tadqiqotchilar tomonidan geografik qobiq uchun
xos bo'lgan uzilmaganlik va uzilganlik xususiyatlarini e’tiborga olmaslikdir.
Uzilmaganlik geografik qobiqning makon bo'yicha sidirg'a tarqalishida, uzilganlik esa
uning ichki tuzilmasida mavjud yuo'lgan nisbatan yaxlitlikka ega bo'lgan regional va
mahalliy darajadagi geosistemalarning mavjud bo'lishida ko'rinadi.
5. Geografik qobiqdagi qutbiy assimmetriya.
Geografik qobiqning qutbiy asimmetriyasi, ya’ni shimoliy va janubiy
yarimsharlarning bir-biriga o'xshamasligi quyidagilarda ko'rinadi.
- er shakli asimmetriya tuzilgan. Shimoliy qutb o'qi janubiy o'qdan qisqaroq bo'lib
uning shakli yuraksimon tuzilishda. Bu shaklda er shimioliy qutbda bir muncha siqilgan,
janubiy qutbda esa kengayadi. Yuraksimon shaklning asosiy sababi er po'stida
moddalarning notekis tarqalishidir.
- er yuzasida materik va okeanlarni taqsimlanishidagi asimmetriya. Quruq
maydoni shimoliy yarim sharda ko'proq (39 %), janubiy sharda esa 19 % ni tashkil etadi.
Shimoliy qutb atrofida shimoliy muz okeani o'rab turadi, janubiy qutb atrofida Antarktida
materigi joylashgan. Shimoliy yarimsharning 50-70 S kengliklarida Boltiq, Aldan,
Anabar, kanada qalqonlari joylashgan bo'lsa, shu kengliklarda janubiy yarimsharda esa
Afrika-Antarktida, Avstraliya-Antarktida, Bellinsgauzen okean cho'kmalari joylashgan.
Og'irlik kuchi geometrik markazga mos tushmasdan, u shimoliy yarim sharda siljigan.
- geografik qobiq tuzilmasidagi asimmetriya. Janubiy yarim shar iqlimi shimoliy
yarim shar iqlimiga nisbatan bir muncha mo'tadildir. Bunga okean taosir
ko'rstadi. Iliq oqimlar shimoliy yarim sharda Shimoliy muz okeanigacha,
janubiy yarim sharda esa subtropiklargacha etib boradi. Shimoliy qutbiy
mintaqalarda dengiz muzlari, ko'p yillik muzloqlar keng tarqalgan bo'lsa,
janubiy qutbiy mintaqalarda asosan materik qoplama muzligi keng rivojlangan.
Mavzu bo'yicha yangiliklar
Bir-butunlik, geosistema faolligi, geosistema barqarorligi,
uzulchanlik va uzulmaganlik, qutbiy asimmetriya
13
Shunday qilib, geografik qobiq murakkab tuzilishga va xususiyatlarga egs bo'lgan
o'ziga xos geografik sistema ekan.
TAYANCH IBORALAR VA ATAMALAR Geografik qobiq tabiiy
komponentlar, tabiiy kompleks, geosistemalar, geosistemalar tuzilmasi, litosfera,
atmosfera, geosfera, biosfera, landshaft, er po'sti, ozon qatlami, troposfera, nurash po'sti,
mahaliy, sayyoraviy, regional, faciya, geografik qobiqning bir butunligi, modda va
energiya aylanigi, geosistemalarning o'zgaruvchanligi, geosistemalar dinamikasi,
uzilganlik va uzilmaganlik, qutbiy asimmetriya.
ASOSIY ADABIYOTLAR . Kalesnik S.V.
Obshie geograficheskie zakonomernosti Zemli. M., 1970.
2. Gerenchuk K.I. i drug. Obshee zemlevedenie. M., 1984.
3. Milpkov F.N. Obshe zemlevedenie. M., 1990.
4. Kalesnik S.V. Umumiy er bilimi qisqacha kursi. T., 1966.
5. Shubaev L.P. Umumiy er bilimi. T., 1975.
6. Ermolaev M.M,vvedenie v fizicheskuyu geografiyu. L., 1975.
7. Maqsudov X., Abdug'aniev I., Xisomov A. Umumiy er bilimidan laboratoriya
mashg'ulotlari. T., 1986.
SAVOLLAR
1. Geografik qobiq tushunchasi qanday shakllangan?
2. Geografik qobiqni yuqori va quyi chegaralari qanday o'tkaziladi?
3. Geografik qobiqni yana qanday nomlarini bilasiz?
4. Geografik qobiq qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
5. Geografik qobiq qanday xususiyatlarga ega?
6. Geografik qobiqni bir butunligini isbotlovschi misollar keltiring.
7. Qutbiy asimmetriya nima? U qanday xususiyatlarga ega?
4-5-MASHGULOT MAVZUSI:ERNING KOSMOSDA TUTGAN ORNI.
MASHG'ULOT REJASI:
1. Kosmos to'g'risida tushuncha
2. Kosmik sistemalar
3. Quyosh sistemasi va uning tuzilishi
4. Kosmosni geografik qobiqqa taosiri
Mavzuning maqsadi:
Kosmosni tuzilishi, undagi kosmik sistemalar,
kosmosda erning tutgan o'rni, er tabiatiga kosmosni
taosiri to'g'risida maolumotlar berish. ____________
Kosmos to'g'risida tushuncha.
Bizni o'rab turgan olamni kosmos (koinot) deb yuritiladi. U vaqtga va fazoga
14
nisbatan cheksizdir. Unda turli osmon jismlari - yulduzlar, sayyoralar, kometalar,
asteroidlar, meteoridlar, gaz va chang tumanliklari mavjud. Er ham kosmosdagi osmon
jismlaridan biri bo'lgan sayyora. Uning harakatiga, kosmosdjagi o'rniga, tabiatiga kosmik
omillar doimo taosir qilib turadi. Chunki uning rivojlanishi kosmos qonunlarga ham
bog'liqdir.
Kosmos asosan vodorod va geliydan tashkil topgan. Boshqa elementlar unchalik
katta miqdorni egallamaydi. Kosmik moddalarning 98 % yulduzlarda to'plangan. Ular
qaynoq ionlashgan gaz - plazmadan tashkil topgan bo'lib, o'zlaridan kosmosga issiqlik va
yorug'lik tarqatuvchi quyoshlardir. Ular xilma xildir. Shuning uchun ham ularni turli
rivojlanish bosqichida kuzatiladi. Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo'lingan bo'lib,
ularni yulduzlarning o'ziga xos joylanishiga qarab topish mumkin. Bu yulduzlarni
o'rganishda sizga yulduzlar kartasi yordam beradi.
Muammoli vazit
Er xam sistemalardagi xarakat kosmik jismdir. U kosmosdagi
turli oboektlar bilan o'zoro aloxida va taosirda bo'ladi.
Geografik qobiqqa taosir qilib turuvchi ekzogen jarayonlarni
tushunish uchun kosmos to' g'risidagi maolumotlarga ega
bo'lish kerak.
Yulduzlarning kattaligiga qarab mittiy, o'rtacha, gigant yulduzlarga, ranggiga kra,
oq,sariq va qizil yulduzlarga ajratishadi.
Kosmosdagi sayyoralarning massasi 0,1 % ga etmaydi. Ular sovuq osmon jismi
bo'lib, o'zlaridan katta bo'lgan osmon jismi atrofida aylanadi. Issiqlik va yorug'likni
o'zlariga yaqin bo'lgan yulduzlardan oladi.
Yulduzlararo bo'shliqqa chang va gazlar hamda ularning to'plamlari tumanliklar
kuzatiladi.
Kosmik sistemalar.
Kosmosdagi jismlar tarqoq joylashsada, ular maolum bir sistema doirasida
harakatlanadi va rivojlanadi. Kosmosni bevosita kuzatish mumkin bo'lgan qismi
metogalaktika deyiladi. Unda birnecha mln dan ortiq galaktikalar mavjudligi aniqlangan.
Biz ham shunday galaktikalardan birida yashaymiz. Bizning galaktika osmonni belbog'
kabi o'rab olgan yorug' tasma - somon yo'lidagi yulduzlar va osmondagi boshqa yulduz
turkumlarini o'z ichiga oladi. Galaktikaning shakli elipsoid shaklida bo'lib, unda 150
mlrdga yaqin yulduzlar joylashgan. Bundan tashqari unda 1000 mln dan ortiq tumanliklar
ham mavjud. Uning diametri 30000 p ga yaqin (1 parsek = 30*10
12
km).
Uning yadrosidan yiliga bir quyosh sistemasiga teng miqdorda modda koinotga
tarqalib turadi. Quyosh galaktika markazidan 10000 p uzoqlikda joylashgan. Quyosh
galaktika atrofida 200 mln yil ichida bir marta aylanib chiqadi. Bu yilin galaktika yili
deyiladi.
Quyosh sistemasi va uning tuzilishi
Kuyosh sistemasi galaktika tarkibidagi kattaligi va murakkabligi turlicha bo'lgan
behisob sistemalardan biridir. U galaktika tekisligining shimolida 25 p masofada
15
joylashgan. Unga eng yaqin bo'lgan Sentavr yulduzi o'rtasidagi masofa 1,31 p.
Sistemaning markazida sariq yulduz guruhiga kiruvchi quyosh joylashgan. Uning atrofida
9 sayyora va uning oylari (42 ta) asteroidlar, kometalar, meteorid jismlar aylanadi.
Sayyoralar orasidagi fazo nihoyatda siyraklashgan gaz va kosmik changlar bilan to'la.
Undan elektomagnik nurlanishlar o'ta oladi. Bu nurlanishlar magnit va gravitacion
maydonlar eltuvchisidir.
Quyoshning diametri ernikidan 109 marta katta va massasidan taxminan 333000
marta ortiq. X,amma sayyoralarning massasi quyosh massasining taxminan 0,1 % ini
tashkil etadi holos. Shuning uchun quyosh o'zining tortish kuchi bilan quyosh
sistemasining hamma aozolarining harakatini boshqaradi.
Quyoshda sistemaning 99.9% massasi to'plangan bo'lsada, hamma harakatning
miqdorini faqat 2 % quyoshga to'g'ri keladi. X,amma jismlar quyosh atrofida soat
strelkasi yo'nalishiga teskari tomon harakatlanadi.
Sayyoralar quyosh atrofida quyidagi tartibda aylanadilar: Merkuriy, Venera, Er,
Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton sayyoralarining kattaligi bo'yicha tartibi:
Yupiter, Saturn, O'ran, Neptun, Er, Venera, Mars, Pluton, Merkuriy. Merkuriy va Venera
yo'ldoshlarga ega emas. Sayyoralarni ichki (Merkuriy, venera, Er, Mars) va tashqi
(Yupiter, Saturn, Uran, Neptun) gigant guruhlarga bo'linadi. Pluton hozircha yaxshi
o'rganilmagan. Uni uchinchi guruhga kiritish mumkin.
Sayyora yo'ldoshlari sayyoralar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan: Erda - 1 ta,
Marsda - 2 ta, Yupiterda - 16 ta, Saturnda - 17 ta, Uranda - 14 ta, Neptunda - 2 ta,
Plutonda - 1 ta. eng yirik yo'ldoshlar: Triton (6000 km, Neptun), Titan (5800 km, Saturn),
Ganimed (5270 km, Yupiter), Kalisto (5000 km, Yupiter), Io (3640 km, Yupiter), Evropa
(3100, Yupiter). Yo'ldoshlardan faqat Titanda atmosfera mavjud.
Asteroidlar yoki kichik sayyoralar, asosan Mars va Yupiter orbitasi oralig'ida
aylanadi va bevosita qaraganda ko'rinmaydi. 1801 yilda birinchi asteroid Cerera (955 km)
kashf qilingan. Xpzirgi vaqtda 3000 dan ortiq asteroidlar maolum. Ularning umumiy
massasi Er massasining atigi 0,1 qimiga to'g'ri keladi. 1968 yilda Ikar asteroidi Erga
ancha yaqinlashdi (masofa 10 mln km.). Asteroidlarning diametri 1 km dan 1000 km
gacha boradi.
Kometalar fazoda quyoshdan uzoqda joylashib, markazlarida chang va muzlardan
tuzilgan, yadrosi bo'lgan juda xira, tumanli oqish dog'lar shaklida ko'rinadi. Quyoshga
yaqinlashib o'tayotgan kometalarda yorug' yadro va uzun dum aniq ko'rinadi. Galiley
kometasi har 76 yilda Erdan ko'rinadigan zonada paydo bo'ladi. 1986 yilda bu kometa
yaxshi o'rganildi. Uning tanasi vodorod, kislorod, uglerod, temir, gidrokso-va sianid
ionlaridan tashkil topganligi aniqlandi. Kometa o'z tanasidan aralashgan sekundda fazoga
50 t gaz sochib turgan.
Kosmosning geografik qobiqqa taosiri.
1. Er va Quyosh o'rtasidagi masofa er yuzasiga tushayotgan va kelayotgan quyosh
radiaciyasining miqdorini belgilab beradi. Quyoshning qisqa to'lqinli radiaciyasi er
atmosferasining yuqori qatlamlaridagi muhim fizik kimyoviy jarayonlarga sabab bo'ladi.
Ko'zga ko'rinadigan va infraqizil nurlar erga issiqlik “etkazuvchi” asosiy vasita
hisoblanadi. Quyosh erni yoritibgina qolmay, uni isitadi ham. Quyosh aktivligining
16
faoliyati bir qator geofizik hodisalarni vujudga keltiradi. Zaryadlangan zarrachalarning
quyoshdagi portlashlar tezlatgan oqimi erning magnit maydoniga taosir etadi va magnit
bo'ronlarni vujudga keltiradi. Magnit bo'ronlari zaryadlangan zarrachalarni atmosferaning
nisbatan quyi qatlamlariga olib kirishga olib keladi va natijada qutb yog'dulari kuzatiladi.
2. Erning quyosh sistemasidagi sayyoralar qatoridagi o'rni undagi moddalarning
zichligiga, massasiga taosir ko'rsatadi. Erning o'rtacha zichligi
-3
granitnikidan ikki marta ko'p. Yaoni 5.5 g. sm . Erning massasi va uning zichligi o'z
atrofida kuchli tortish maydoni hosil qilib u bilan atmosfera va gidrosferani tutib turadi.
3. Er orbitasini siqiqligi - uning ekscentrisiteti 0,01678 ga, ya’ni 0 ga yaqindir. Bu
holat quyoshdan kelayotgan energiya miqdorini doimiy bo'lishini taominlaydi. Radiaciya
miqdori yil davomida 5 % ga o'zgarib turadi xolos. Bu er yuzasi haroratini o'zgarishiga
unchalik taosir ko'rsatmaydi.
4. Er yuzasiga tushgan meteoridlar quyidagi zonalarni hosil qiladi. Bug'lanish,
erish, plastik deformaciyalar, yupqa maydalanish, kuchli va chuqur buzilishlar, bundan
tashqari er yuzasiga tushgan yirik meteoridlar krater shaklidagi relpefni hosil qiladi.
Meteoridlar hosil qilgan relpef shakllari materiklar bo'yicha quyidagicha taqsimlangan:
Shimoliy amerikada - 62, Evroosiyoda - 57, Afrikada - 16, Janubiy Amerikada - 5,
Kanadaning Sadbergi tuzilmasidagi krater - 0,8 mlrd yilmuqaddam diametri 10 km
bo'lgan meteorid tushishidan hosil bo'lgan. Kraterning hozirgi diametri 27x50 km.
eslab qoling!
Kosmos turli osmon jismlaridan tashkil topgan. Ularni tortish kuchi ushlab turadi va
xaarkatlantiradi. Erga Quyosh sistemasida xarakatlanadi. Erga tortish kuchi, kosmik
nurlar, turli oboektlar (meteor, asteroid, kometa va changlar) yulduzlar ayniqsa
Quyosh sayyoralar taosir qilib turadi. Kosmosni zarali taosiridan Erni magnit
qobig'i, atmosfera, ozon qatlami, geografik fazo ximoya qiladi. Xozirga kommosda
aqlli mavjudotlar yashayotgan osmon jismi. Erimizdir. Shuning uchun Er o'xshashi
yo'q sayyoradir. Uni saqlash va tabiatni boyitish xammamizning ishimizdir.
TAYANCH IBORALAR VA TUSHUNCHALAR
1. Kosmos, koinot, metagalaktika, galaktika, somon yo'li, yulduzlar, sayyoralar,
kometalar, asteroidlar, meteor va meteoridlar.
2. Quyosh sistemasi, uni tashkil qilgan osmon jismlari, orbita, korpuskulyar
nurlar, quyosh aktivligi.
3. Quyosh energiyasi va uning manbasi, qutb yog'dulari, magnit bo'ronlari,
ionlashish.
SAVOLLAR
1. Kosmos qanday moddalardan va sistemalardan tashkil topgan?
2. Quyosh sistemasiga qaysi osmon jismlari kiradi?
3. Quyoshning geografik qobiq uchun qanday ahamiyati bor?
4. Geografik qobiq rivojlanishda asteroidlar, meteorlar va kometalarning roli
bormi?
5. Erni quyosh sistemasidagi tutgan o'rni qanday ahamiyatga ega?
17
ADABIYOTLAR
1. Vroncov-Velpyaminov. Astronomiya. T., 1988.
2. Krivoluckiy A.E. Golubaya planeta. M., 1985.
3. Milpkov F.N. Obshee zamlevedenie. M., 1990.
4. Neklyukova N.P. Obshee zemlevedenie. M., 1976.
5. Obshee Zemlevedenie. M., 1984.
6-
MASHG'ULOT MAVZUSI: OY TABIATI VA UNING
XUSUSIYATLARI.
MASHG'ULOT REJASI:
1. Oy erning tabiiy yo'ldoshi.
2. Oy harakati.
3. Oy fazalari.
4. Oy sirti va uning o'rganilishi
5. Oyning yichki tuzilishi
6. Oyning er tabiatiga taosiri.
Oy erning tabiiy yo'ldoshi.
Oy erga eng yaqin bo'lgan osmon jismi va erning yagona tabiiy yo'ldoshidir. U
tortishish kuchi taosirida er atrofida aylanadi. Oy bilan er o'rtasidagi o'rtacha masofa
384400 km ga teng. Oyning diametri 3476 km. Oy radiusi 1740 km. Oy sirtining
maydoni 3,8x10 km . O'rtacha zichligi 3,34 gr sm . Oyning massasi er massasidan 81,3
marta tortishish kuchi esa 6 marta kichikdik.
Oyning faraz qilingan o'qi orbita tekisligiga nisbatan qiyaligi 6
0
40000. Oy
albedosi 6,7 %, erniki esa 35 %.
Oy quyosh sistemasida ichki va tashqi kuchlar taosirida rivojlanayotgan mustaqil
kosmik jismdir. Uning massasi kichik bo'lganligidan tortishish kuchi ham ozdir. Shuning
uchun uning atrofida turli gazlarni ushlab tura olmaganligidan unda atmosfera va
gidrosferalarga ega emas. Quyoshdan kelayotgan rentgen, ultrabinafsha va korpuskulyar
nurlar (quyosh shamoli) Oy yuzasiga to'siqsiz etib keladi. Bu nurlar hayotning
rivojlanishi uchun xavflidir. Oy atmosferasi bo'lmaganligi sababli uning albedosi
ernikidan ancha kichik.
Oy harakati.
Oy er atrofida 1,2 km/sek tezlikda soat strelkasiga teskari yo'nalishda o'rta hisobda
27,32166 sutkada g'o'la aylanib chiqadi. Bu vaqtni siderik Oy deyiladi. Oy fazalarida
aylanish vaqti hisoblanganda u 29,5 sutkaga teng bo'ladi. Bu sinodik Oy deb yuritiladi.
Sinodik Oy oy kalendarini tuzish uchun asos qilib olingan. Erning tortish kuchi oynikiga
nisbatan katta bo'lganidan oyning o'z atrofida aylanishiga majbur qiladi. Oy harakati yo'li
elips shaklida. Shuning uchun Oy harakati vaqtida Oy bilan er o'rtasidagi masofa o'zgarib
turadi. Oy va er o'rtasidagi minimal uzoqlik 356400 km bo'lsa, maksimal uzoqlik 406800
km ga tengdir. Oyning o'z o'qi va er atrofidagi aylanish vaqti burchagi bir xil
bo'lganligidan biz oyning orqa tomonini ko'ra olmaymiz. Quyosh nurlari tomonidan
oyning bizga qaragan toonini yortilishi xususiyatiga ko'ra uni turli fazalarda ko'ramiz.
Oy fazalari.
18
Oy o'zidan nur chiarmaydi. Uni quyosh nuri yoki quyosh nurining erdan qaytgan
qismi yoritishi mumkin. Shuning uchun ham Oy erdan turli shaklda ko'rinadi. Oy er bilan
quyosh o'rtasida bo'lganida u erga o'zining qorong'i tomoni bilan turadi. Bir ikki kundan
so'ng osmonning g'arbiy qismida Oy o'xshash bo'lgan o'roq shaklida ko'rinadi. Bu yangi Oy
deyiladi. 7 kundan so'ng erdan Oy bilan quyosh orasidagi burchak 90 gradus bo'ladi. Bu Oy
fazasini birinchi chorak deyiladi. 14-15 kundan so'ng to'lin Oy bo'ladi. 22 kunda oyning
faqat sharqiy tomoni yoritiladi. Oy yarim doira bo'lib ko'rinadi. Buni oxirgi chorak
deyiladi. 29,5 sutkada Oy oyga o'xshash bo'lgan o'roq shakliga o'xshash ko'rinadi. Bu eski
oydir.
Oy sirti.
Uning sirti qora-oq rangda, uning albedosi 7,3 %. Oyda kunduzi va kechasi 15
sutkaga teng. Oy yuzasi kunduzi +110 S, kechasi -120 S bo'ladi. Oyning osmoni kunduzi
ham qorong'i bo'ladi. Chunki unda atmosfera yo'q.
Oy sirtida diametri bir necha 100 m dan bir necha 100 km gacha keladigan
halqasimon tog'larning 30000 dan ortig'i Oy kartalarida aks ettirilgan. Oyning bizga
ko'rinmaydigan tomonida tog'liklar ko'p, qoramtir, tekislik va dengizlar juda oz.
Oyning o'rganilishi.
2.01.59 yil Luna 1 kosmik stanciya uchirildi. Lekin u Oy sirtiga tushmaydi.
12.09.59 yilda Luna 2, 14,09 kuni Oy sirtiga birinchi bo'lib tushirildi.
4.10.59 darajasi Luna 3 oyning ko'rinmas tomoniga o'tib erga uning rasmini
yubordi.
17.11.70 yilda Luna 17 yordamida Lunaxod 1 yomg'irlar dengizining shimoliy
g'arbiy qismiga tushiriladi. U Oy yuzasida 10,54 km masofani bosib o'tdi.
16,01,73 yilda Luna 21 Lunaxod 2 tushirildi. U 4 Oy davomida 37 km masofa
bosdi.
Avgust boshida (1976) Luna 24 Oy jinslarida 2 m li kolonkani erga olib qaytdi.
20.07.69 yilda Apolon 2, Nil Armstron, edvin, Oldvin birinchi bo'lib Oy yuzasiga
tushdilar. 25 kg gruntini olib qaytishdi.
Ular oyda 21 soat 36 minut bo'ldilar.
12.11.69 yilda Apolon 12 oyda 31 soat bo'ldilar.
31.01.71 yilda Apolon 14 noyabr (1971). Apolon 15 sentyabr (1972). Apolon 16.
Dekabr 1972. Apolon 17.
Do'stlaringiz bilan baham: |