3. XULOSA
Xulosa ko’ra biz bu kurs ishi tahlili qilish natijasida pul oqiminig xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari harakatiga to‘g‘ri, aniq va xolisona baho berish orqali uning sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko‘paytirish imkoniyatlarini aniqlash asosida moliyaviy holatini yaxshilash pul oqimlari tahlilining asosiy maqsadi ekanligini tahlilini ko’rib chiqdik.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida mazkur ko‘rsatkichlar quyidagicha bo‘lgan. Ya’ni, fermer xo‘jaligida hisobot davrida kelib tushgan pul mablag‘lari 677005 ming so‘mni tashkil etsa, sarflangan pul mablag‘lari summasi 647357 ming so‘mni tashkil qiladi. Jami pul mablag‘lari kirimining 99,3% operatsion faoliyatga va qolgan 0,7% investitsiya faoliyat hisobiga to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining kirimi kuzatilmagan. Fermer xo‘jaligida pul mablag‘larining 97% operatsion faoliyat uchun sarflangan bo‘lsa, qolgan 3% to‘langan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bularning natijasida fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari qoldig‘i yil boshidagi 24729 ming so‘mdan, yil oxiriga kelib 54377 ming so‘mga ko‘paygan. Bunday ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi uchun ijobiy
baholash mumkin. Shuningdek, fermer xo‘jaligida kelib tushgan pul mablag‘larining (677005 ming so‘m) va sarflangan pul mablag‘larining (647357 ming so‘m) nisbati koeffitsiyenti 1,04 (677005 / 647357) koeffitsiyentni tashkil qiladi. Bunday natija fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat hisoblanadi.Chunki, hisobot davrida fermer xo‘jaligida 1000 so‘m sarflangan pul mablag‘i hisobiga 1040 so‘m pul mablag‘i kirimi to‘g‘ri kelmoqda.
3-jadval ma’lumotlariga ko‘ra “Sharq” fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi hisobot davrida 44518 ming so‘mni tashkil qilgan. Fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha jami pul mablag‘larining kirimi 672375 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, u to‘liq mahsulotlarni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Sarflangan pul mablag‘lari esa 627857 ming so‘mni tashkil qilib, uning 581753 ming so‘mi yoki 93 foizi mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lariga, 16423 ming so‘mi yoki 2 foizi xodimlarga to‘langan pul mablag‘lari hisobiga, qolgan 29681 ming so‘mi yoki 5 foizi operatsion faoliyat bo‘yicha boshqa pulli to‘lovlar uchun sarf qilinganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, fermer xo‘jaligida operatsion faoliyat bo‘yicha pul mablag‘larining sof kirimi 44518 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich umumiy tushumning 7%ni tashkil etadi.
7-jadval ma’lumotlari asosida “Sharq” fermer xo‘jaligida investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlaridan ko‘rilgan pul mablag‘larining harakatiga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda pul mablag‘lari harakatining asosiy qismi, ya’ni 90-95 foizi asosiy xo‘jalik jarayonlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli ham 7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaligining mazkur faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘larining jami kirimi 4630 ming so‘mni tashkil etgan xolos.
Mazkur faoliyatlardan ko‘rilgan jami pul mablag‘larining chiqimi esa 19500 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, uning ulushi to‘langan soliqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, fermer xo‘jaligida investitsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish faoliyatlaridan sof pul oqimi 29648 ming so‘mni tashkil qilgan. Ya’ni, ushbu faoliyat natijalaridan so‘ng fermer xo‘jaligida sof pul mablag‘larining kirimi birmuncha kamayganligini kuzatishimiz mumkin.
Bundan ko‘rinadiki, fermer xo‘jaligida mazkur faoliyatlar natijasida asosan pul mablag‘larining kirimiga qaraganda pul mablag‘larining chiqimining hissasi yuqori bo‘lgan. Albatta bunday natijalarni fermer xo‘jaligi uchun ijobiy holat sifatida baholab bo‘lmaydi.
Tahlil natijalari jadval miqiyosida o’rganilib tahlil qilinib chiqildi bundan ko’rinadki bu ijobiy holat.
Biroq ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotida qo’shimcha pul bosib chiqarish, moliya bozorini shunday pullar bilan to’ldirish, kelgusida jilovlab bo’lmaydigan inflatsiyaga, milliy valyutaning qadirsizlanishiga va shular bilan bog’liq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Demak, miliy iqtisodiyotning asosi bo’lgan xo’jalik sub’yektlarida ham bu borada doimo oqilona yondashuv va vositalarni qaror toptirish zarur ekan. Buda, xo’jalik sub’yektlari hisob tizimida pul oqimlar to’g’risida hisobot hamda ularning auditini davr talabi asosida tashkil qilish hamda yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.Bu esa, xo’jalik sub’yektlarida pul mablag’larni maqsadga muvofiq tarkib toptirish va ularni to’g’ri sariflash muomilalari oldiga ham ko’plab vazifalarni belgilab beradi.
Shu sababli, har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati pul mablag‘lari oqimini bilish uchun asosiy axborot manbai hisoblangan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot”da keltirilgan ma’lumotlarni o‘qiy olishi, pul tushadigan manbalarni belgilay olishi hamda ulardan samarali foydalanish tartibini bilishi lozim.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot – moliyaviy hisobotning shakli bo‘lib, unda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida pul mablag‘lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig‘i, shuningdek, investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlariga yo‘naltirilgan pul mablag‘lari aks ettiriladi.
Operatsion faoliyat bo‘yicha pul oqimining tahlilida shuni ko’rish mumkunki Xususan, operatsion faoliyat 9 – sonli BHMSda quyidagicha ta’riflanadi: “Operatsiya faoliyati – xo‘jalik yurituvchi subyektning daromad keltiruvchi asosiy faoliyati, shuningdek, subyektning investitsiya va moliya faoliyatiga oid bo‘lmagan o‘zga xo‘jalik faoliyati”.
Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiya obyektlarini sotib olish va sotish. Boshqacha aytganda, pul mablag‘larining investitsion faoliyat bo‘yicha harakati uzoq muddatli aktivlarni shakllantirish va qisqartirish hamda uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish, sotish muomalalari natijasida yuzaga keladi va o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari miqdori tarkibida o‘zgarishlar yuz beradi.
Xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari oqimi tahlil qilib o‘rganilar ekan, birinchi navbatta xo‘jalik yurituvchi subyektning mavjud bo‘lgan valyuta mablag‘larining yil boshiga qoldig‘iga jami valyuta tushumlarini qo‘shish va jami sarflangan valyuta mablag‘lari ayirish orqali hisobot davri oxiridagi valyuta qoldig‘iga tengligi tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |