XIZMATLARI VA KUCHLARI
17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil еtiladi.
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro`yxati, shuningdek ular to`g`risidagi nizomlar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
18-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo`shinlari, tuzilmalaridan tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig`i tomonidan belgilab qo`yiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal еtish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo`linmalari ham jalb еtilishi mumkin.
19-modda. Fuqaro muhofazasi qo`shinlari
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo`shinlari O`zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil еtadi.
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
zararlanish o`choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo`lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
aholini va xalq xo`jaligi ob’ektlarini еvakuatsiya qilishda ishtirok еtish;
aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok еtish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qo`shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
20-modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib
bo`lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga
ko`ra tashkil еtiladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
bo`ysunuviga ko`ra - hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (xalq xo`jaligi ob’ektlaridagi) tuzilmalariga;
belgilangan vazifasiga ko`ra - umumiy maqsaddagi (zararlanish o`choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko`rsatish, yong`inlarning tarqalishiga yo`l qo`ymaslik va ularni o`chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo`linadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O`zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan еrkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko`rsatmasiga еga bo`lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to`lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to`lmagan bolalari bor, o`rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |