169
Qizil marjondaraxt (Sambucus racemosa L.)
buta yoki
kichik daraxt bo‘lib, novdalari jigarrang, tuksiz, yasmiqchali.
Po‘stlog‘i bo‘yiga yorilgan. Barglari 3-8 ta bargchadan iborat.
Gullari sariq-oqish boiib, to‘pgul hosil qiladi. May oyida
gullaydi, guli nektarli. Mevasi qizil, shingilcha hosil qiladi.
Ichida uchta urug‘ rivojlanadi, urug‘i yonidan ezik, jigarrang.
Bu buta MDHning Yevropa qismida va Sibirdan to Uzoq
Sharqqacha bo‘lgan joylarda ninabargli va aralash o‘rmonlarda
tarqalgan. Soyaga birmuncha chidamli. Unumdor yerda yaxshi
o‘sadi. Po‘stlog‘i va mevasi surgi dori sifatida ishlatiladi,
mevasidan spirt ham tayyorlanadi.
Qora va qizil maijondaraxt o‘rmonlaming meliorativ
holatini yaxshilash uchun ko‘p ekiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida
maijondaraxtnmg 8 turi o‘stiriladi. Ular Shimoliy Amerikadan,
Uzoq Sharqdan, Yevropadan va boshqa joylardan keltirilgan.
Sibirda Sibir maijon daraxti (Sambucus sibirica Nakai) keng
tarqalgan.
170
XII bob. Daraxt va butalarning bioekologik va
manzarali xususiyatlari
Daraxt o‘simliklari o'zining go‘zalligi, shakllari va rangi-
ning har xilligi bilan odamlaming diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb
qiladi. Tabiatning bu go‘zal asari har doim o‘zgarib turadi.
Tashqi muhit o'simlik organizmining rivojlanishiga katta ta’sir
ko'rsatadi, ulaming tashqi ko‘rinishi, katta-kichikligi, o‘sishi
nhu tashqi muhitga chambarchas bog‘liqdir.
Tarixiy rivojlanish jarayonida daraxt o‘simliklari har xil
ekologik sharoitda cTsishga moslashib qolgan. Bir turlar quruq
quinli yerlarda o‘sadi (qarag‘ay, archa, saksovul va boshqalar),
boshqalari uchun esa tuprog‘i mahsuldor va namligi yuqoriroq
uliuroit kerak. (qoraqaragay, terak, tol). 0 ‘simliklaming harorat,
yi)iug‘lik, havoning namligiga talabchanligi ham har xildir.
Yorug‘likka bo‘lgan munosabati bo‘yicha manzarali daraxtlar
quyidagicha guruhlarga bo‘linadi:
1. Yorug‘sevar daraxt va butalar: tikansimon gledichiya,
naksovul, oq akas, ipak akatsiya, qayin, tilog‘och, botqoq sarvi,
virgin archasi, sharq biotasi, oddiy va Qrim qarag‘ayi, oddiy va
I'fiisilvaniya shumtollari, yapon saforasi, oq tut, mayda bargli va
*mluqayrag‘och, shumtol bargli zarang, qora va oq teraklar,
oddiy cman, aylant, mayda bargli jiyda, qum akas, kumushrang
httigli chingil, tobulg‘a va chetanlardan iborat.
2. Qalin soya hosil qiluvchi daraxtlar: soxta kashtan, mayda
VH yirik bargli jo ‘kalar, o‘tkir bargli va dala zarangi, oddiy va
qom qarag‘ay, zamob, samshit va qora maijon.
Yarim soya hosil qiluvchi manzarali daraxtlar kumush-
miig bargli jo ‘ka, lola daraxti, oddiy chetan, veymut qarag‘ayi,
yirik gulli magnoliya, oddiy archa, uchqat, sariq akas, yapon
Hchisi,do‘lana, tatar zarangi va magnoliyalardan iborat.
0 ‘simliklar o‘zining individual rivojlanish jarayonida bir
Цв1иг davrlami o‘taydi, ya’ni niholdan yetuklik davrigacha. Bu
171
davrlarda bir o‘simlik shox-shabbasining har xil kattalik, shakli,
o‘sishining tezligi bilan tavsiflanadi.
Tez o‘sib rivojlanishi daraxt o‘simliklarining muhim xususi-
yatidir. Tez o‘suvchi daraxt va butalar manzarali va sanitar-gigi-
yenik va himoya (ihota) xususiyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |