turadi. 50 yoshlarida 25m
balandlikka, 24 sm diametrga ega
bo‘ladi.
11.28-tasm. Yashil kompozitsiyada qatnashgan manzarali gullar
kompozitsiyasi.
Oq qayin erta hosilga kiradi, ochiq yerlarda 10-15 yoshla
rida, qayinzor o‘rmonida 20-30 yoshlarida hosilga kiradi. Qayin
urug‘larinining unuvchanligi yuqori - 80%. Qayin yog‘ochidan
oliy sifatli faner tayyorlanadi. Bu qayin turi Rossiya o‘rmon-
larida keng tarqalgan. Ko‘kalamzorlashtirishda
ahamiyati juda
yuqori, oq tanasi va chiroyli barglari manzarali hisoblanadi.
Daraxt tanasidan qayin sharbati olinadi. Bulardan tashqari daur
qayini (Betula daurica Pall.) momiq qayin (Betula pubescens
Ehrh), yermann qayini (Betula yermanii Cham.) kabi muhim
turlari bor. Shimoliy Amerikada qog‘oz qayini (Betula
papyrifyera Marsh.) keng tarqalgan.
Barcha qayin turlari
manzarali daraxtlar hisoblanadi, ko‘kalamzorlashtirishda keng
foydalaniladi.
168
M arjon daraxt (Sambucs)
Bu turkunming vakillari buta yoki kichik daraxt bo‘lib,
bo‘yi 8 m ga yetadi, shox-shabbasi tarvaqaylab o‘sadi, po‘stlog'i
kulrang, bo‘yiga yorilgan bo‘ladi. Kurtaklari yirik, tuxumsimon,
uchi o‘tkir. Poyasining o‘zagi yumaloq, g‘ovak bo‘ladi. Barglari
murakkab, toq patsimon tuzilgan bo'lib, har bir barg qarama-
qarshi joylashgan 3-7 ta bargchadan iborat bo‘ladi.
Bargchalari
tuxumsimon, cheti tishchali, yonbargchalari bor. May-iyun
oylarida gullaydi. Gullari mayda, to‘g‘ri
tuzilgan, oq, xushbo‘y
bo‘lib, shoxchalaming yuqori qismida 90 - 100 tadan to‘planib,
ro'vak hosil qiladi. Ular ikki jinsli, besh a’zoli tipda. Mevasi 3 -
5 (a mayda danakchali rezavor meva, avgustda yetiladi, qizil-
binafsha rangda. Barglari to‘kilib
ketsa ham, yetilgan mevalari
butada saqlanadi, ular qushlar uchun ozuqa hisoblanadi, o‘z
navbatida, qushlar ham urug‘larining
tabiatda tarqalishiga
yordam beradi. Urug‘i mayda, yonidan ezik. Bu turkumning
qariyb 25 ta turi bo‘lib, ular mo‘tadil va subtropik iqlimli
liududlarda tarqalgan.
Quyida eng ko‘p tarqalgan qora va qizil marjon daraxti
uslida to‘xtalib o‘tamiz.
Qora m arjondaraxt (Sambucus nigra L.)
ning guli oq
yoki sariq rangda. U aprel-may oylarida gullaydi. Ular yig‘ilib
uovdaning uchida ko‘p gulli to‘pgul hosil qiladi. Mevasi iyul-
nvgust oylarida yetiladi, qora, eti qora-qizg‘ish bo‘lib, uchta
urug'i bor. Urug‘i mayda. tuxumsimon.
Bahorda sepiladigan
bo'Isa, albatta, stratifikatsiya qilinishi zarur, aks holda, unib
chiqniaydi. Qora marjondaraxt to‘nkasidan ko‘karadi, parxish
yo'li bilan, qalamchasidan ko‘paytiriladi. U o‘rmonzorlarda,
yo‘l bo‘ylarida. turli tashlandiq yerlarda o‘sadi.
Marjondaraxtning bu turi MDHning Yevropa qismida, Kav-
ka/.da va Qrimda yovvoyi holda o‘sadi.
U Kichik Osiyoda ham
lurqalgan. Soyaga, qurg‘oqchilikka chidamli buta, nam ycrda
yaxshi o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: