Gazonni kesish faqat tashqi ko‘rinish
uchun emas, balki
begona o‘tlarga qarshi kurashishda ham samarali usuldir. Tkki
pallali begona o‘tlar ustki qismi kesilgandan keyin qaytadan
o'sib chiqishi qiyinlashadi. Gazon esa oson o‘sadi, barg va
ildizidan keluvchi oziq moddalar harakatini tez tiklaydi. TVVi
pallali o‘simliklar esa yuqori qismini (barglami) tez tiklay
olmaydi, barglaridan uglevod ololmaydi va ildiz tizimi doimiy
stressda bo‘ladi.
Gazonni oziqlantirish. Gazonni doimiy kesish va sug‘orish
tuproq tarkibidagi oziq moddalaming
chiqib ketishiga sabab
bo'ladi. Gazonning doimiy manzaraviyligini saqlash uchun
inavsum davomida 5-6 marta azotli o‘g‘itlar berib turish kerak.
Л/.ot bilan 1-oziqlantirish erta bahorda (qorlar erigandan keyin),
ikkinchisi 1-kesishdan so‘ng va oxirgisi avgustning oxirida
o'fkaziladi.
9.4-rasm. Zamonaviy gazon kesish texnika vositalarida ishlash.
Azotning me’yori 100 kv.m. ga 300 gr. Masalan, ammiakli
sclitra (azot miqdori 34,6%) dan foydalansak, 100 kv.m ga 1 kg
o‘g‘it sepiladi. Fosforli o‘g‘itlar 3 marta beriladi: birinchisi crta
101
bahorda azot bilan birga, ikkinchi si mavsum o‘rtasida va
uchinchisi kaliyli o‘g‘it bilan sentabming o‘rtalarida beriladi.
Kaliyli o‘g‘itlar ham 2-3 marta berilishi kerak.
Birinchisi erta
bahorda azot va fosfor bilan birga, oxirgisi sentabr o‘rtalarida
fosfor bilan birga beriladi. Shxmi esda tutish kerakki, kaliy past
haroratga chidamlilikni oshiradi va yaxshi qishlashga yordam
beradi. Kompleks o‘g‘itlardan foydalanish ham yaxshi samara
beradi (ammofoska, nitroammofoska, azofoska va h.k).
Zamonaviy mineral o‘g‘itlaming
gazon uchun maxsus
ishlab chiqilgan turlari mavjud. Shulardan KEMIR tarkibida
mikro va makro elementlar mavjud. 100 kv.m. ga 5 kg sepiladi.
Bundan tashqari, Gollandiya va Germaniyada ishlab chiqariladi-
gan o‘g‘itlar ham mavjud. Ularga molibdenovo kisliy ammoniy,
bor kislotasi, rux va mis sulfatlar bilan ishlov beriladi.
Tuproqning kislotaliligi rN 4,5 va undan yuqori bo‘lsa, ohak
bilan bilan ishlov berish kerak. Buning uchun 100 kv.m. ga 20-
30 kg maydalangan ohak solinadi. Ohak kech kuzda yoki erta
bahorda solinadi.
Sport gazonlari o‘t ustida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun
moijallangan maydonlarda barpo etiladi. Bunda sport turi va
maydondan foydalanish davomiyligiga qarab o‘simliklarning
botanik tarkibi aniqlab olinadi. Sport gazonlari zich ekilishi, past
qilib
kesilishi, elastikligi hamda tepkilanish va bo‘linishga
chidamliligi bilan ajralib turadi. 0 ‘yingohdagi o‘tloq ishtirok-
chilaming erkin harakatlanishi, koptokning yetarlicha sakrashi
va maydonda harakatlanishini ta’minlashi lozim (ob-havo
sharoitlari bundan mustasno). Sport inshootlarini loyihalashti-
rishda namlik sig‘imi va drenaj tizimiga e’tibor qaratish lozim.
Sport gazonlari o‘yingohlardan tashqari o‘yin va sport maydon-
larida, oromgoh va maktablar, sportning har xil turlari: golf,
futbol, o‘t ustida xokkey, katta tennis bilan shug‘ullanish uchun
yaratilgan dam olish uylarida barpo etiladi.
Faol foydalanishga va tepkilanishga
chidamli gazon barpo
etish uchun o‘tlaming maxsus turlari tanlanadi. Sport gazonlari
102
uchun asosiy o‘t turi sifatida qizil va trostnikovaya ovsyanila,
o'tloq qo‘ng‘irboshi, yaylov raygrassimosi ishlatiladi. 0 ‘yingoh-
ning foydalanilishiga qarab gazonni hafiasiga 1 yoki 2 maria
kcsish mumkin. Sport gazonlarini doimiy parvarishlab turish
intcnsiv va uzoq muddatli bosimga chidamlilikni ta’minlaydi.
Mavritan gazonlari butun yoz davomida chiroyli gullab
luruvchi rang-barang maydonlardir.
Ular shoxlari yirik, ko‘p
yillik o‘tlardan va bir yillik gullardan tashkil topadi. Mavritan
gazonlarining asosiy fonini past bo‘yli (yaylov raygrassi,
ovsyanita, oddiy va oq polevita, o‘tloq qo‘ng‘irboshi) o‘tlar
tashkil etadi. Ingliz mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra, o‘tlar
uralashmasida ovsyanita va polevita bo‘lishi shart.
Aralashma tarkibida, odatda, 10-15 turdagi chiroyli
gullovchi bir yillik o‘simliklar boiadi. Bular past bo‘yli
tur va
shakllardan: smolevka, qizil va havorang len, vasilka, klarkiya,
bir yillik delfinium, Xitoy chinniguli, eshsholtiya, gipsofila,
iberis, nigella,
bir yillik kalendula, linariya, o'tloq klevyeri,
nczabudka, o‘tloq moychechagi va h.k. Ba’zan chiroyli
gullovchi past bo‘yli ko‘p yilliklar ham ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: