68
6.15-rasm. Toshli bog‘lar dizayni.
Rokariy - erkin shaklda qanday yechilsa, shunday munta-
zamlikda yechiladigan, tekis yoki tepalikdagi toshli bog4. Roka-
riylar uchun bir turdagi toshdan, imkoniyatga qarab, dag‘al ish-
langan (ohaktosh, qumtosh, porfit, granit, chig‘anoqtosh), bir
necha yirik toshli bo‘lak va katta miqdordagi mayda toshlardan
kompozitsiya tashkil etiladi.
Rokariylar uchun o‘simliklar ranglar uyg‘unligi bilan
birlashgan va landshaftning boshqa elementlari bilan o‘zaro
moslashgan holda tanlanadi.
6.16-rasm. Bog -paxklardagi rokariylaming ko‘rinishi.
69
Alpinariy - tabiiy yoki sun’iy relyefda tirgovuchli devor
bilan qo‘shilib quriladigan, uncha katta bo‘lmagan suv
inshootlari tog‘ landshaftlari o‘simliklari bilan tanlangan,
landshaft kompozitsiyasi. Alpmariylami sharqiy yoki shimoli-
sharqiy qiyaliklarda joylashtirish juda yaxshidir. Uning
yaratilishida tabiiy tosh, mayda tosh, qumdan foydalaniladi,
gullar esa po‘panak bilan, butalar, pakana daraxtlar bilan
to‘ldiriladi. Alpinariylami, iloji boricha, chiroyli fon va tabiiy
o‘rab olingan muhitga ega bo‘lish uchun, bo‘shroq joylashtirish
maqsadga muvofiq. U uchun maysazor juda chiroyli fondir.
Morena (tog‘ jinslar uyumi) - yirik silliqlangan va mayda
valunlardan tuproqli qorishma va shag‘allar asosida vujudga
kelgan, sun’iy toshli qurilma. Morena Alp va toshli bog‘lar
elementi bo‘lishi mumkin, hajmiga qaramasdan, o‘zida uncha
katta bo‘lmagan xarsang toshlar tasawurini beradigan
yonbag‘irlarda, asosan, qimmat va injiq o‘simliklar o‘stiriladi.
Morena hech qachon semam boimaydi va hech qachon qurib
qolmaydi.
Alp o‘tloqzori baland tog‘ o‘simliklari turkumiga imitatsiya
(taqlid) qiladi. Mustaqil kompozitsiya sifatida amalda qo‘llash
mumkin emas, ammo element sifatiga Alp bog‘i kompozit-
siyasiga kirishi mumkin. Foydalanilayotgan turlaming assorti-
menti juda o‘ziga mosdir va faqat baland tog‘ mintaqasining
yowoyi o‘simliklarini o‘z ichiga oladi.
Alp bog‘i - baland tog‘ o‘simliklarining tabiiylikka
yaqinlashtirish sharoitini ko‘rsatish uchun maxsus tashkil etilgan
landshaftli makon. Alp bog‘larini tabiiy tog‘li uchastkalarda
qurish va past bo‘yli juda ko‘p, rang-barang gullovchi o‘simlik-
lardan yaratish ma’quldir. 0 ‘zining rejaviy tuzilishida u Alp
floralaridan
turli-tuman
kompozitsiyalami
(minialpinariy,
alpinariy, Alp tepaliklari, Alp o‘tloqzori va boshqalar), shuning-
dek, piyodalar va dekorativ yo‘lkalar tizimini kiritishi mumkin.
Ko‘plab Alp o‘simliklari plitalar yoki yp‘lkalar toshlari orasida-
gi kovakda o‘sishi mumkin.
70
Toshli devor - toshlar va gullardan iborat landshaft kompo-
zitsiyasi. Ko‘pincha, u qiyaliklar yoki peshayvonlami bezatishga
xizmat qiladi. Uning landshaft bezagida, asosan, ampel
o‘simliklaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |