tomonidan amalga oshiriladigan asosiy sug‘urta turlari.
Jahonda ish olib borayotgan bir necha o‗n minglab katta-kichik sug‗urta
tashkilotlari, ularning filiallarining tuzilishi bir xil emas. Bu tashkilotlarni quyidagi
guruhlarga bo‗lish mumkin:
1)
Fuqarolarning barcha tabaqalariga xizmat qiluvchi, aksiyalari birja va
boshqa yo‗l bilan sotiladigan erkin sug‘urta kompaniyalari.
2)
Xususiy aksionerlik sug‘urta kompaniyalari, bu tashkilotlarning xususiyati
shundan iboratki, uning aksiyalariga ma‘lum doiradagi shaxslar egalik qiladilar.
Jamiyat qarori bilan ishonchli kishilarga ularni aksiyalari sotilishi mumkin.
3)
Davlat sug‘urta kompaniyalari, ularning aksiyalariga davlat to‗la yoki
qisman egalik qiladi. Bundan tashqari davlat tomonidan ayrim ixtisoslashgan
sug‗urta tashkilotlari barpo qilinishi mumkin.
4)
O‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari. Ayrim ishlab chiqarish sohalarida
bunday sug‗urta kompaniyalari tuzilib, ularni asosiy maqsadi foyda olish
bo‗lmasdan, murakkab vaziyatlarda bir-birlariga o‗zaro yordam ko‗rsatishdir.
5)
Ayrim sanoat va savdo tarmoqlariga xizmat qiluvchi ixtisoslashgan
sug‘urta tashkilotlari. Masalan: aviatsiya sohasida sug‗urtalash chegaralangan
bo‗lgani uchun, ular o‗z tarmoqlari bo‗yicha ixtisoslashgan tashkilotlarni tuzadilar.
Bundan tashqari ―Lloyd‖ sug‗urta tashkilotiga o‗xshash sug‗urta sindikatlari
ham mavjud.
Sug‗urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda o‗z ishlarini
tashkil qiladilar, ixtisoslashmagan sug‗urta tashkilotlari sug‗urtaning bir necha
turlari bo‗yicha o‗z faoliyatlarini amalga oshiradilar. Ixtisoslashgan sug‗urta
tashkilotlari ko‗pincha bir-ikki ixtisoslik yo‗nalishlarida ish olib boradilar.
Sug‗urta tashkilotlari sug‗urta obyektlari va tavakkalchiliklar turlari bo‗yicha
ham guruhlanadilar. Dastlab shuni aytish kerakki, bunday ixtisoslashish 1978-yil 1
yanvardan boshlab tashkil qilingan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tizimida to‗laroq
o‗z ifodasini topgan. Bu tizimda sug‗urtaning barcha turlari ikki guruhga bo‗linadi:
uzoq muddatli va qisqa muddatli umumiy sug‗urta guruhlariga.
Uzoq muddatli sug‘urta turlariga quyidagi sug‘urta yo‘nalishlari kiradi:
1.
Hayotni va annuitetni sug‗urtalash.
2.
Nikoh va farzand tug‗ilishi sug‗urtasi.
3.
Uzluksiz sog‗liq sug‗urtasi.
4.
Tonting (davlat tomonidan kredit shirkatlari bilan qarz munosabatlari)
sug‗urtasi.
5.
Kapitalni qaytarish sug‗urtasi.
6.
Pensiya sug‗urtasi.
7.
Boshqa turdagi uzoq muddatli sug‗urtalar. Sug‘urtaning qisqa muddatli
umumiy turlari:
1.
Baxtsiz hodisalardan sug‗urtalash.
2.
Betoblik sug‗urtasi.
3.
Avtomobil sug‗urtasi.
4.
Temir yo‗l vagonlari sug‗urtasi.
5.
Samolyotlar sug‗urtasi.
6.
Kemalar sug‗urtasi.
7.
Yuklar va transport sug‗urtasi.
8.
Mulklarni yong‗in va tabiiy ofatlardan sug‗urtalash.
9.
Transport haydovchilarning fuqarolik javobgarligi sug‗urtasi.
10. Avtokompaniya egalarini fuqarolik javobgarligi sug‗urtasi.
11. Kema egalarining fuqarolik javobgarligi sug‗urtasi.
12. Umumiy javobgarlik sug‗urtasi.
13. Kredit sug‗urtasi.
14. Xodimlarni zarardan sug‗urtalash.
15. Moliyaviy zararlar sug‗urtasi.
16. Sud xarajatlari bo‗yicha to‗lovlar sug‗urtasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |