3. IQTISODIY SOHALARDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
3.1. Korxona boshqaruv faoliyatini rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yo’llari
Avtomatlashtirish - bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilanalmashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlarhamda tadbirlar kompleksidan iborat bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi.
Avtomatlashtirish qachon zarur bo’ladi ? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish demak, axborot tizimini va texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo’ladi:
- insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun etarli bo’lmasa;
- boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo’lsa;
- boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o’ta yuqori malakani talab etsa;
- boshqarish kerak bo’lgan jarayon o’ta tang yoki avariya holatida bo’lsa;
- boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish kerak bo’lsa.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT) - boshqaruv vazifalarini hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalanish asosida rivojlangan dasturiy ta’minotni qo’llash bazasida bajariladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, ko’proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta’minot, tashkiliy - uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo’ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yig’ish, uzatish, to’plash, saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi.
Demak, har qanday axborot texnologiyasining maqsadi - belgilangan tashuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotni olishdir. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini bir qator belgilarga, xususan, axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi, texnologik operatsiyalar sinfi, foydalanuvchining interfeys turi, SHKdan foydalanish variantlari va xokazo xususiyatlariga ko’ra tasniflash mumkin.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini amalga oshirish usuliga ko’ra, ananaviy va zamonaviy axborot tizimiga bo’linadi. Boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi bo’yicha avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining vazifalari ma’lumotlarni avtomat va electron usulda qayta ishlashni o’z ichiga oladi. Bunda SHKdan foydalangan holda ma’lumotlar qayta ishlash natijasida muayyan iqtisodiy masalalar hal etilib, boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirish olib boriladi.
Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishda boshqaruv qarorlarini tayyorlash uchun axborot – ma’lumotnoma rejimida ishlarni va doimiy hisobotni shakllantirish, xizmat vazifalarini kompleks ravishda hal etish uchun hisoblash vositalaridan (jumladan super SHKdan) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |