Qiymat sinfga emas obyektga o’zlashtiriladi
C++ tilida berilganlar tipiga qiymat o’zlashtirilmaydi. Qiymat faqatgina o’zgaruvchilarga beriladi. Masalan, quyidagi yozuv noto’g’ridir:
Int=s // noto’g’ri
Kompilyator int tipiga qiymat o’zlashtirilishi xatolik ekanligi haqida xabar beradi. Xuddi shu nuqtai – nazardan quyidagi yozuv ham noo’rindir:
Cat.itsYosh= 5 // noto’gri
Agarda Mushuk obyekt bo’lmasdan sinf bo’lsa, yuqoridagi ifodani ham kompilyator xato deb hisoblaydi. O’zlashtirish amalini bajarishda xatolikka yo’l qo’ymaslik uchun oldin Mushuk sinfiga tegishli Frisky obyektini hosil qilish va uning ItsYosh maydoniga 5 qiymatini berish lozim.
Mushuk Frisky;
Frisky.itsYosh=5;
Topshiriqlar:
Berilgan mavzu bo’yicha sinf va uning xususiyatlarini yarating.
Do'stlaringiz bilan baham: |