O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA KASBIY TA’LIM FAKULTETI
AXBOROT XAVFSIZLIGI KAFEDRASI
(5330300) Axborot xavfsizligi yo’nalishi AX 11-19 guruh talabasi Xamrayev Nurbekning
INDIVIDUAL LOYIHASI 2 Mavzu: El gamal asosida elektron raqamli imzo algoritmining amaliy ishlanmasi
Individual loyiha ko’rib chiqildi va maqullandi: Individual loyiha rahbari: _______ ___________________
(imzo) (ismi va familyasi)
«_______» «____________________» 2022 yil
Taqdimot komissiyasi qo‘ygan baho: ______________________ __________ ______________________ __________ _______________________ ___________
Qarshi 2022-yil.
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………....3
I-Bob. EL GAMAL ASOSIDA ELEKTRON RAQAMLI IMZO ALGORITMINING AMALIY ISHLANMASI………………...……………….4
1.1 Elektron raqamli imzo ……………………………….…………………….4
1.2 El Gamal shifrlash algoritmi ………………………………………………15
II-Bob. ELEKTRON RAQAMLI IMZO ………....…..……………………….18
2.1 Elektron raqamli imzo ishlanmasi 18
2.2 Elektron raqamli imzo tarixi 20
Xulosa 22
Adabiyotlar ro’yxati 24
KIRISH
Аxborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal surʼatlar bilan rivojlanishi, axborot tizimlarining jamiyat xayotida tobora chuqur oʼrin egallashi hamda Oʼzbekistonning global axborot jamiyatiga kirib borishi oʼz navbatida axborot xavfsizligi yoʼnalishida bir qator vazifalarni bajarishni taqazo etadi. Bu vazifalarni hal qilmasdan, respublikada АKT ni rivojlantirish, АTlarni joriy etish va global axborot jamiyatiga kirib borish koʼpgina qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin.
Аxborot xavfsizligi yoʼnalishini rivojlantirishga davlatimiz tomonidan ham katta ahamiyat berilmoqda. Bunga respublikamizda qabul qilingan bir nechta qonun va meyoriy hujjatlar, jumladan, «Elektron raqamli imzo», «Elektron hujjat aylanishi», «Elektron tijorat» toʼgrisidagi qonunlar, Oʼzbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Oʼzbekiston Respublikasida axborotning kriptografik himoyasini tashkil etish chora-tadbirlari» 2007 yil 3-apreldagi PQ – 614 – son qarori misol boʼlishi mumkin.
Butun jaxonda axborot xavfsizligining ilmiy asosi boʼlib – kriptografiya fani tan olingan. Hozirgi kunga qadar axborotni kriptografik himoya qilish vositalari axborot xavfsizligini taʼminlashning eng ishonchli vositalardan biri boʼlib xizmat qilmoqda. Bu esa jahonda kriptografik vositalari rivojlanishiga olib kelmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, Oʼzbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan barcha vositalarni axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini tegishli vakolatli organlar tomonidan tekshirish, davlat ahamiyatiga ega boʼlgan joylarda esa, faqatgina respublikamizda ishlab chiqarilgan kriptografik vositalardan foydalanish va milliy tizimlar yaratish zaruriyatini tugdiradi.
Respublikamizda axborot tizimlarining yaratilishi, ularda qoʼllaniladigan axborot resurslarining himoyasini taʼminlash vositalarini yaratishni va bu vositalar axborot tizimlarining oʼzaro aloqasiga taʼsir koʼrsatmasligi lozim yaʼni kriptografik vositalar umumiy standartlar asosida yaratilishi lozim. Bunday vositalar dasturiy, dasturiy-apparat va apparat koʼrinishida boʼlib axborotni kriptografik himoyalash vositalari deb yuritiladi.
Jaxonda axborotni kriptografik himoyalash vositasi sifatida kriptoprovayderlar keng qoʼllanilib kelinmoqda. Kriptoprovayder bitta ishchi stantsiyaga yoki serverga oʼrnatilib kriptografik xizmatlarni koʼrsatuvchi kompleks dasturiy vosita hisoblanadi.