Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali kompyuter injiniringi fakulteti



Download 2,06 Mb.
bet5/42
Sana30.12.2021
Hajmi2,06 Mb.
#91355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
malumotlar uzatishda qollaniladigan tarmoqlararo ekran tahlili

Tarmoq tuzilmasi komponentlari. Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari odatda segment miqyosi, uning bajarayotgan vazifasi, ishlatilayotgan
telekommunikatsion texnologiyasi bo`yicha tasniflanadi. Tarmoqni segmentatsiyalashning asosiy vazifasi segment ichidagi oqim ulushini maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.
Tarmoq segmentlarini miqyos tamoyili asosida tasnif qilish tarmoq ierarxiyasi bilan tasvirlanadi (1.1-rasm):

13



WAN


MAN

MAN

LAN LAN LAN

1.1-rasm. Masshtab belgisiga ko`ra tarmoqning ierarxiya segmenti




  • lokal tarmoq (Local Area Network, LAN), unda yuklanishning asosiy qismi kichik xudud, muassasa, sanoat korxonasi va xokazo ichida chegaralanadi, ya`ni katta bo`lmagan ma`lum xududda joylashgan komp`yuterlar tarmog`i. Umumiy xolda bitta yoki bir nechta binolar va bitta tashkilotga taalluqli bo`lgan qurilmalar majmuasi;




  • xududiy (mintaqaviy) tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN), yirik axoli punkti yoki kichik mintaqaga xizmat qilish uchun mo`ljallangan;




  • yirik miqyosli xududiy (global) tarmoq (Wide Area Network,WAN), katta xudud, davlat, kontinent xamda turli kontinentlarda joylashgan LAN, MAN turidagi tarmoqlarni birlashtirish uchun mo`ljallangan. Mazkur magistral tarmoq uzatish muxiti sifatida asosan optik toladan foydalaniladi.

LAN, MAN, WAN tarmoqlaridan xar biri kichik miqyosdagi bir qator segmentlarga bo`linishi mumkin. Ular tarmoqning mantiqiy tuzilmasini aks ettiradi va ularning xar bir segmenti umumtarmoq almashuvini shakllantirishda aniq funktsional vazifani bajaradi. Xar qanday qatlamda segmentlar bog`liqligi magistrallar (magistral segmentlar) bilan ta`minlanadi.

14
Oxirgi punktlarning segment ichida birlashishi va magistral segmentlarning amalga oshirilishi umumiy kommunikatsion muxit yoki tugun tashkil qilish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy kommunikatsion muxitni ishlatish iqtisodiy tomondan foydalidir. Bunda bitta tugun tizimi bilan generatsiya qilinadigan yuklama barcha boshqa tizimlarga yuboriladi, biroq qabul qiluvchi manzili bo`lgan bitta tizim bilan qabul qilinadi. Umumiy bo`linadigan muxitli tarmoq segmentlari misoliga shina topologiyali kichik bir rangli maxalliy tarmoqlarni xamda transport xalqa tamoyili bo`yicha tashkil qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi.
Tugun tashkil qilish segment kommutatsiyalanayotgan topologiyani ochiq tizimlar o`zaro bog`lanish modelini (Open System Interconnection,OSI) kanal va tarmoq vazifalarga ega bo`lgan uskunalar tugunida joylashtirish yo`li orqali amalga oshiriladi. Bunda umumiy kommunikatsion muxitdan farqli ravishda tarmoqning katta miqyosi, yuqori ishlab chiqarish darajasi va ishonchliligi ta`minlanadi, biroq narxi oshadi. Bunday tarmoqlarga misol sifatida yuqori tezlikli maxalliy tarmoqlarning magistral segmentlarini xamda radial tugun tamoyili asosida tashkil qilingan xududiy tarmoqlarni keltirsa bo`ladi.
Tarmoq (tarmoq segmentlari) bog`lovchi magistral sifatida tashkil qilinsa, tayanch tarmoq (backbone network) deb ataladi. Magistral qurilishining turli topografik variantlari bo`lishi mumkin, bunga asoslanib tayanch tarmoqlarning nomlanishi xam turlichadir, masalan: «tizma tarmoq», «transport xalqa», «kommutatsiyalanadigan tarmoq». Ulardan xar biri aniq vazifa doirasida chegaralangan.
Tayanch tarmoq ixtiyoriy darajada (LAN, MAN, WAN) tashkil qilinishi mumkin, ya`ni tarmoqning ishonchliligi, ishlab chiqarishni oshirish maqsadida, tarmoqning mantiqiy segmentatsiya vazifasi echiladigan xamma joyda ishlatilishi mumkin. Turli darajalardagi tayanch tarmoqlarning yig`indisi taqsimlangan tarmoqning ierarxik bog`liqligini ta`minlab beradi. Shuni qayd qilish lozimki,

15
kichik miqyosli segmentlar (LAN, MAN) uchun tayanch tarmog`i vazifasini bitta tugun bajarishi mumkin. Bunday magistral o`zgargan magistral (collapsed backbone) yoxud tayanch tuguni (backbone node) deb nomlanadi. Misol tariqasida maxalliy tarmoqlarning marshrutizator yordamida markaziy nuqtada birlashishini keltirsak bo`ladi. Tayanch tugun oxirgi punkt segmenti yoki bitta daraja segmentlari o`rtasida yuklamani qayta taqsimlaydi, bu yo`l bilan yuqoriroq darajadagi segmentnm tashkil qiladi va uning chegara ortiga yo`naltiriladigan oqimlarni kontsentratsiya qiladi.


Taqsimlangan tarmoq bog`liqlik ierarxiyasidagi yuqori daraja tayanch tarmog`ini transport tarmoq(transport network) deb atashadi. U yuklamani ancha sekin segmentlar bo`lmish mintaqaviy va maxalliy darajaga uzatadigan yuqori tezlikli trakt(segment) tizimi ko`rinishida amalga oshiriladi.
«Transport tarmog`i» atamasi segmentning masshtabini emas, balki funktsionalligini aks ettiradi. Buning natijasida transport tarmog`i texnologiyalarni qo`llab tashkil qilingan katta bo`lmagan xududiy tarmoqlarning tayanch tarmoqlarini aksariyat xollarda transport tarmoqlari deb ataladi. Barcha vaziyatlarda segmentlarning transport magistrali bilan birlashishi uning oxirgi punktlari bo`lgan kirish tugunlarida amalga oshiriladi.
Funktsionallikni kompozitsion tamoyil sifatida qabul qilib, kirish tarmog`i (access network) deb transport tarmog`iga kirish punkti bilan o`zaro bog`langan axborot tarmoqni xududiy taqsimlangan oxirgi punktlari traktini tashkil qiladigan segment yoki segmentlar yig`indisiga aytiladi. Xususan, servis tuguni bilan foydalanuvchilarning terminal tizimlari o`zaro ta`sir qiladigan tarmoq segmenti abonent kirish tarmog`i (customer access network) deb ataladi.
Transport tarmoqlari va kirish tarmoqlari funktsional belgilari bo`yicha mustaqil tuzilma komponentlari, ya`ni telekommunikatsion tarmoqning funktsional segmenti sifatida qabul qilinishi mumkin.

16
Axborot tarmog`i kontseptsiyasida axborot va xisoblash resurslariga kirishni taqdim etuvchi ishchi tizimlar bilan foydalanuvchilarni terminal tizimlarning o`zaro ta`sirini ta`minlab beruvchi telekommunikatsion tarmoq segmentlari yig`indisi uzoqlashgan kirish (remote access) sifatida tavsiflanishi mumkin. Uni amalga oshirish uslublari global aloqalarni tashkil qilish sxemalari va ishlatilayotgan dasturiy maxsulotlar funktsiyalari bilan axamiyatli farqlanishi mumkin.


Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish platformasini tashkil qilish xam tarmoq komponentlarini vazifalari bo`yicha birlashtirishga asoslangan. Xizmatlar ko`rsatishning yagona platformasini tashkil qilishda xizmatlarni etkazib beruvchi va aloka operatorlarini birlashtiruvchi global kommunikatsiyalar segmentining yig`indisi baza tarmog`i (Core Network) deb ataladi.
Turli o`lchamdagi (butun tarmoqdan aloxida fragmentgacha) texnologik ravishda farqlanadigan segmentlar tarmoq texnologiyalarning keskin rivojlanishida axborot tarmoqlarining evolyutsion rivojlanishi tufayli paydo bo`ldi. Bunday segmentlarning mavjudligi xizmatlar ko`rsatishning yagona mul`tiservisli platformaga o`tish davri uchun xosdir. Ularni funktsional-texnologik belgilar bo`yicha tasniflab, quyidagi tushunchalar ishlatiladi: analog tarmoq, raqamli tarmoq, ISDN tarmog`i, IP-tarmoq, SDH tarmog`i, FR(Frame Relay) tarmog`i, ATM tarmog`i va boshqalar.

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish