Nazorat savollari:
1.
Axborotni himoyalashda qo‘llaniladigan dasturiy vositalarning shartli
ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?
2.
Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalarini ishlash
prinsipini tushuntiring.
3.
Tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalarini tavsiflab bering.
4.
VPN tarmoqlarni qurish dasturiy vositalarini ishlash prinsipini
tushuntirib bering.
5.
Himoyalanganlikni tahlillovchi dasturiy ilovalarning ahamiyati.
6.
Antivirus vositalarining operasion tizimlarni himoyalashda tutgan
o‘rni.
251
X bob. AXBOROT SIRQIB CHIQISH KANALLARI
10.1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning
turkumlanishi
Axborotning texnik kanal bo‘yicha sirqib chiqishi nuqtai nazaridan ob’ekt
modeli o‘zaro va tashqi muxit bilan bog‘langan axborot, energetik, moddiy
tizimlarni o‘z ichiga oladi (10.1-rasm).
Axborot tizimi energetik tizim bilan va u orqali tashqi muxit bilan o‘zaro
ta’sirda bo‘ladi. Energetik tizim orqali axborot sirqib chiqadigan kanal shakllanishi
mumkin. Ob’ektning energetik tizimining tashqi muxitga ta’siri natijasida niqobni
ochuvchi akustik maydon yaratiladi. Energetik tizim moddiy tizim bilan xam
o‘zaro ta’sirda bo‘ladi va natijada, tebranma (mexanik) maydon shakllanadi.
Tebranma maydon axborot tizimi signalini modulyatsiya qilishi mumkin. Har bir
tizim o‘zining elementlariga, bog‘lanishlarining ichki strukturasiga, o‘zgaruvchi
parametrlari soniga xamda tashqi muxit orqali o‘zaro ta’siriga bog‘liq
cheklashlarga ega. Ob’ektlarning ishlashi ularning xaqiqiy maqsad va vazifalarini
kuzatishdan bekitadi. Xar bir tizimda axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar
10.1-rasm. Obyekt modeli
Axborot
Moddiy
Energetik
Kirish yo’li
ta’siri
Chiqish yo’li
ta’siri
1.1. Axborot
1.2. Energetik
1.3. Moddiy
2.1. Axborot
2.2. Energetik
2.3. Moddiy
2.4. Tashqi
muhitga ta’sir
TIZIM
252
mavjud.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar deganda texnik vositalarning
ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi turli tabiatli qo‘shimcha nurlanish hisobiga
axborotning bexosdan uzatilishi tushuniladi. Axborot sirqib chiqadigan texnik
kanalning strukturasi 10.2 – rasmda keltirilgan.
10.2-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasi
Kanal kirish yo‘liga dastlabki signal ko‘rinishidagi axborot qabul qilinadi.
Dastlabki signal
– axborot manbaidan olinadigan axborot eltuvchisidir.
Quyidagi
signal manbalarini
ko‘rsatish mumkin:
elektromagnit va akustik to‘lqinlarini qaytaruvchi kuzatuv ob’ekti;
o‘zidan optik va radio diapazonlaridagi elektromagnit to‘lqinlarini
tarqatuvchi kuzatuv ob’ekti;
funksional aloqa kanalining uzatuvchi qurilmasi;
yashirincha o‘rnatilgan qurilma;
xavfli signal manbai;
axborot bilan modulyatsiyalangan akustik to‘lqinlar manbai.
Kanal kirish yo‘liga manbadan axborot signali manba tilida (xarf, raqam,
matn, simvollar, belgilar, tovush signallari va h. ko‘rinishida) qabul qilinganligi
sababli uzatuvchi qurilma axborotning ushbu ifodalanish shaklini tarqalish
muxitiga mos axborot eltuvchisiga yozishni ta’minlovchi shaklga o‘zgartiradi.
Uzatish muhiti
-
eltuvchi ko‘chib yuruvchi fazoning qismi. U eltuvchining
ko‘chib yurishi shartlarini belgilovchi fizik parametrlar nabori orqali
Manba
Signal
manbasi
Uzatuvchi
muhit
Priyomnik
Niyati
buzuq
Axborot sirqib chiqadigan kanal
253
xarakterlanadi. Tarqalish muhitini tavsiflashda quyidagi asosiy parametrlarni
hisobga olish zarur:
sub’ektlar va moddiy jismlar uchun fizik to‘siqlar;
masofa birligidagi signalning susayish o‘lchovi;
chastota xarakteristikalari;
signal uchun xalallar ko‘rinishi va quvvati.
Qabul qiluvchi qurilma
quyidagi vazifalarni bajaradi:
qabul qiluvchiga kerakli axborot eltuvchisini tanlash;
qabul qilingan signalni axborotni olishni ta’minlovchi qiymatigacha
kuchaytirish;
eltuvchidan axborotni olish;
axborotni qabul qiluvchiga (insonga, texnik qurilmaga) tushunarli signal
shakliga o‘zgartirish va signalni xatosiz o‘zlashtirilishiga yetarli qiymatgacha
kuchaytirish.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi 10.3rasmda
keltirilgan.
Axborot eltuvchining fizik tabiati bo‘yicha
quyidagi axborot sirqib
chiqadigan texnik kanallar farqlanadi:
radioelektron;
akustik;
optik;
moddiy.
Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifatida
radiodiapazondagi elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar, xamda metall
o‘tkazuvchilar bo‘yicha tarqaluvchi elektr toki (elektronlar oqimi) ishlatiladi.
Radioelektron kanalning chastotalar diapazoni quyidagicha:
past chastotali 10-1 km (30-300 KGs);
o‘rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs);
yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs);
Оптик
254
ultra yuqori chastotali 10-1m (30-300 MGs);
o‘ta yuqori chastotali 10-1sm (3-30 GGs).
Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muxitda tarqaluvchi akustik
to‘lqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar diapazoni quyidagicha:
infratovush 1500-75 m (1-20Gs);
pastki tovush 150-5m(1-300Gs);
tovush 5-0,2m (300-16000Gs);
ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha.
Optik kanaldagi axborot eltuvchisi – elektromagnit maydon (fotonlar). Optik
diapazon quyidagilarga bo‘linadi:
uzoq infraqizil qism. Diapazon 100-10mkm (3-300TGs);
o‘rta va yaqin infraqizil qism. Diapazon 10-0,76 mkm (30-400 TGs);
ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4 mkm (400-
750 TGs).
Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi ximoyalanuvchi axborotli
eltuvchilarning nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsatsiz tarqalishi hisobiga ro‘y
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar
Eltuvchining
fizik tabiati
radioelektron
Informativligi
bo’yicha
Faollik
bo’yicha
Strukturasi
bo’yicha
akustik
optik
moddiy
informativ
informativligi
kam
informativ emas
doimiy
davriy
tasodifiy
bir kanalli
ko’p kanalli
10.3-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallarning turkumlanishi
255
beradi. Eltuvchi sifatida ko‘pincha xujjatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash
qog‘ozlari ishlatiladi.
Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar informativ,
informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Kanal informativligi kanal
bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali baxolanadi.
Faollik vaqti bo‘yicha
kanallar doimiy, davriy va tasodifiylarga bo‘linadi.
Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha muntazam xarakterga ega.
Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chiqishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega
bo‘lgan kanallar tegishli.
Axborot sirqib chiqadigan kanallarning amalga oshirilishi natijasida
quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin:
akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi;
tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi;
axborotning qo‘shimcha elektromanit nurlanishlar va navodkalar
bo‘yicha sirqib chiqishi xavfi.
Strukturalari bo‘yicha
axborot sirqib chiqadigan kanallar bir kanalli va ko‘p
kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot sirqib chiqishi bir qancha
ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |