T.Parsons nazariyasi. T.Parsons (amerikalik: 1902-1979) sotsiologiyasida “Harakat nazariyasi” va “Tizimli – funksional nazariyasi”ni yaratadi hamda shu maktabga asos soldi. Bu g‘oyani Shilz, Olport, Sheldon va boshqalar bilan birga yozgan “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir” nomli kitobida bu nazariyani quyidagi o‘ziga xos jihatlar bilan asoslanadi. T.Parsons “Harakat nazariyasining o‘ziga xos jihatlari”. 1. Harakat nazariyasiga ko‘ra jamiyatni tartibga solishning til, qadriyatlar kabi ramziy mexanizmlarining mavjudligi. 2. Individual harakatning umumiy qabul qilingan qadriyatlar va me’yor-normalarga bog‘liqligi. 3. Uning irratsional (aqlga zid)ligi va muhim sharoitlarida mustaqilligi hamda shu vaqtning o‘zida vaziyatni sub’ektiv aniqlashga bog‘liqligida. T.Parsons kitobda “faol harakat qiluvchi” (individ yoki jamoa), “Vaziyat” (dan kelib chiqib ijobiy va salbiy ob’ektlarni farqlaydi) va “faolning vaziyat (ob’ekt)ga yo‘nalganligi” (vaqt bilan o‘lchanadi) tushunchalari asosiy hisoblanadi. Shuningdek, T.Parsons “Harakatning umumiy nazariyasini yaratishga doir asarida ta’kidlanganidek, ijtimoiy sub’ektlar bir-biri bilan “o‘zaro kutish tizimi orqali bog‘langan”: Harakatning umumiy nazariyasi: Shaxs to‘laqonli psixologik tuzilma. Ijtimoiy faollikda harakat nazariyasi mavjud. Harakat tizimining formallashtirilgan modeli madaniy, ijtimoiy, shaxsli va organistik tizimchalarni o‘z ichiga oladi. Faollik individual ehtiyojlargagina emas, balki madaniyatning umumiy nazariyasi, qonunlariga ham tayanadi.
Estetik tarbiyaning turlari va yonalishlari
Reja:
1. Axloqiy ma’daniyat va qadriyatlar.
2.Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
3.Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.
1.Axloqiy ma’daniyat va qadriyatlar.
Davlat va fuqarolik jamiyatidagi aхloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari
aхloqiy madaniyati belgilaydi. Aхloqiy madaniyat shaxsning jamiyat aхloqiy
tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan
munosabatlarida foydalanishi, o’z - o’zini muntazam takomillashtirib borishi
singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs aхloqiy taraqqiyotining
belgisi hisoblanadi. Zero aхloqiy madaniyat aхloqiy tafakkur madaniyatining
qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro
munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U
mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan
hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir
ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj,
zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda
buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon
Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib
olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.
Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni,
an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning
barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi
bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali
namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish,
suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois
muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik,
hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki,
odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir
tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi.
Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish –
muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi
so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o’z
shogirdining hatti - harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab,
jilmayib qo’yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o’qrayib qarash bilan
munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va hatti - harakati bilan;
«Obbo shovvoz - ey, sal shoshilibsan - da, ha, mayli, zarari yo’q, shunaqasi ham
bo’ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishnirasvo qilibsan - ku, padarla’nat, qachon odam bo’lasan?!», degan so’zlarni
uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo’lsa,
ikkinchisi uning aksi – shogirdining emas, o’zining odobsizligini ko’rsatmoqda.
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir
- biriga ta’siri, tarbiya va o’z - o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga
sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi
kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunda ota -
onaning, mahalla - ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero
aхloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.
Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan
biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro
munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi.
Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir
holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat
uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan
muomala qonun - qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi,
mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini
biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom
Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish
marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan
qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q.
Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda tanovul payti, pichoqni o’ng
qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri
sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois
etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham
mumkin.
Insonning aхloqiy hayoti uning aхloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq.
Zero aхloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz
jarayonlaridan biri. Unda individ aхloqiy qadriyatlarni anglab etadi, o’zida
aхloqiy fazilatlarni barqaror etadi, aхloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida
yashashga o’rganadi. Aхloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim
masalaga javob izlaydi: bulardan biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi –
nima qilmog’ - u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash
jarayoni aхloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir.Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota
- onaning o’zi aхloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak degani. Zero qush inida
ko’rganini qiladi: ota - ona oilada yuksak aхloq namunasini ko’rsatishi lozim.
Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, aхloqiylik insonda faqat aхloqiy tarbiya
vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar
mobaynida hukmronlik qilib keldi. To’g’ri, aхloqiy tarbiyaning ahamiyati
nihoyatda katta. Lekin aхloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng
muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat – asosni aхloqiy
tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham
aхloqiy mavjudot tarbiyalab etkazishimiz mumkin bo’lur edi.
Shunday qilib, aхloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka etkazish
yo’llaridan biri. Uning vositalari ko’p. Ularning bir qismi an’anaviy tarbiya
vositalari bo’lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi
vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan aхloqiy tarbiyada
ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya bilan o’yinchoqlar va o’yinlar
vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo’llaniladi; bunda bolaning
qizg’anchiqlik, g’irromlik qilmaslikka, halol bo’lishga o’yinlar yordamida
da’vat etiladi. Bolalar aхloqiy tarbiyasida televidenie, radio, qo’g’irchoq teatri,
kino san’ati katta rol o’ynaydi.
2. Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi
muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana
shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir.
Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga
ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:-kishilarda
san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning
estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan
foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda
bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish
ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur,
milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat
manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir.
Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information
texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi. Bugungi kunda
jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni
insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at
mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim
vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning
ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi,
o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda
insonga hamroh bo’lib kelgan.
San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham
tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini
go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning
predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan
belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir
paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim
muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks
etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida
ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi
kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida
odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham
tubdan o’zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik
tarbiyasi
ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat
ichidagi kichkina
jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning
ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon
sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli
tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib
turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu
maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash
kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila
qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kamahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik
shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi.
Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat
inqiroz va halokat
yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga
muvofiq bo’lmaydi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham
moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning
muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik
bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat
vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga
ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya
vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega.
Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga
ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat,
sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda
sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat
munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston
ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va
o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda.
Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini,
tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik
tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi
porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi.
Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda
estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-
ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo
etmoqda. Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi
“sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u”
baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet
tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning
ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina
qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal
qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini
aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki,
bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyatmavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning
birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki
ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu
ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur.
Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar
yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni
o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai
fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar.
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish,
nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat
bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi,
farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi
tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosat-
ezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala
hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosat-
axloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat
murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy,
ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat.
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik
tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin.
Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan
va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm
chiqarish adolatdan emas.
Shu o’rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr
bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo’lgan bir necha mulohazalar
bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etishning psixologik
jihatlarni alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash
mumkin.
1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg’amagan narsani ong
osti ilg’ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg’ular xotiraga uzluksiz
yozadi. Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda
millionlab, balki cheksiz miqdordagi rang bo’lishiga qaramay bizlar ulardan
faqatgina 7tasinigina ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib
ko’rsatish mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum
bo’ladigan joylar (bozorlar, ko’chalar va hokazo)ga o’rnatiladiki, bundabevosita kuzatish muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga
bo’lgan qiziqish reklamada ko’rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar
orqali ta’sir qilishni kiritish mumkin. Supermarket, kafe-bar, bozor hamda
ko’ngilochar maskanlarda qo’yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash
maqsadi ko’zlanadi.
4.Yashirin kadr orqali ta’sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin
ta’sir qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga
olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi
yo’lda ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo’l kelishi mumkin.
Misol uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda
“Qo’shningni o’ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech
ikkilanmasdan qotillikka qo’l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi
isbotlab beradi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 4ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda
tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni
avj olishiga olib keladi. Bu borada Prezidentimizning “Yuksak ma’naviyat-
yengilmas kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob
ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm, egosentrizm g’oyalarini
tarqatish, kerak bo’lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning
necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy
negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni
tashvishga solmay qo’ymaydi”-degan purma’no hikmat bor.
3. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.
Hukmlarning asosiy vazifasi predmetlarning xususiyat va munosabatlarini
ko‘rsatish, predmet va hodisalarga xususiyatning xosligini qayd qilishdir. Biz
predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga, ularning ichki
zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va
hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida turli abstraksiyalar
hosil qilamiz. Bu abstraksiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Hukmlar orqali
narsalar va hodisalar haqida bilimlar aks etadi. Ular haqida bilimlarimiz turlicha
bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlar
aniq, tekshirilgan bilimlarni ifodalsa, ba’zilarda esa xususiyatning predmetga
xosligi ehtimol qilinadi, demak noaniq bilimlar ifodalanadi.Hukmlar predmet va hodisalarning hamma tomoni haqida fikrni ifodalaydi. Ular
nisbatan tugallangan fikrdir. Hukmlar predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi
ma’lum munosabatlarni ifodalaydi. SHuning uchun ular chin yoki xato bo‘ladi.
Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan fikrlar chin bo‘ladi, aks
holda xato bo‘ladi.
Hukmlarni ifodalash uchun til vositalari talab qilinadi. Hukmlar gaplar orqali
ifodalanadi. Ular mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gaplar grammatik kategoriyadir.
Mantiqning vazifasi hukmlarni turli tomondan o‘rganishdir. Hukmlar predmet
va hodisalarga ma’lum bir xususiyatning xosligi yoki xos emasligini
ifodalaydigan tafakkur shaklidir.
Hukmlarni o‘rganishni ularning tuzilishini o‘rganishdan boshlaymiz. O‘rganish
qulay bo‘lishi uchun dastlab ularni oddiy va murakkab turlarga bo‘lib olamiz.
Bunda biz hukm atamalarining miqdoriga, soniga e’tibor beramiz. Hukmning
sub’ekt va predikati uning atamalari deb ataladi. Agar hukm terminlari bittadan
bo‘lsa oddiy hukm, birdan ortiq bo‘lsa, murakkab hukm deyiladi. Sub’ekt (S)
fikr qilinadigan predmet va hodisani bildiradi. Predikat (R) esa predmetga xos
xususiyatni, munosabatni bildiradi. Ya’ni predmet haqidagi yangi bilimni
bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur
boyitiladi. Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subekt
va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi, natijada hukm hosil bo‘ladi.
Hukmlarning turlari. Predikatning mazmuniga qarab hukm turlari. Ular
quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat
hukmlari. Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning predmetga xosligi
yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv
hukmlarni qat’iy
hukmlar ham deb yuritamiz. Masalan, «mustaqillik davr
talabidir». Mavjudlik hukmlarida predikat biror predmet va hodisaning mavjud
yoki mavjud emasligini bildiradi. Masalan, «TMI da Soliq fakulteti bor».
Munosabat hukmlarida predmetning biror jihatdan munosabati ko‘rsatiladi.
Masalan, «Matematik mantiq klassik mantiqqa qaraganda yoshroqdir».
Sub’ektning miqdoriga qarab hukm turlari quyidagilardir: umumiy, juz’iy,
yakka hukmlar. Bunda sub’ektda ifodalangan predmetning soni, nechtaligi
ahamiyatga ega bo‘ladi. Oddiy hukmlarda diqqatimiz bir turkum
predmetlarning hammasiga, bir qismiga yoki bir donasiga qaratilgan bo‘lishi
mumkin. Masalan, «Hamma darsliklar kitobdir», «Ba’zi darsliklar O‘zbek tilida
chiqarilgan», «Bu darsliklar mantiq faniga oiddir».
Mantiqiy bog‘lamaga qarab hukm turlari quyidagilardir: tasdiq va inkor
hukmlar. Mantiqiy bog‘lama hukmning sifatini belgilaydi. Tasdiq hukmlardaxususiyatning predmetga xosligi, inkor hukmlarda aksincha, xos emasligi
ko‘rsatiladi. Masalan, «O‘zbekiston fuqarolari tinchlik tarafdoridir»,
«O‘zbekiston fuqarolari qurollanish tarafdori emas».
Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari.
Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning
asosiy turlari quyidagilardir: 1) Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan
belgilanadi, «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma
O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega». 2) Juz’iy tasdiq hukmlar J
harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan,
«Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar». 3) YAkka tasdiq hukmlar. A
harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu
talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir». 4) Umumiy inkor hukmlar. E
harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi.
Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi». 5) Juz’iy inkor hukmlar. O
harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan,
«Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan». 6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan
belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov
birinchi kursda o‘qimaydi».
Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik,
ehtimollik va zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda
fikrni ifodalash shaklini tushinish kerak.
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston
1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi.
Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali
tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida
qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik
(apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi.
Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi».
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Yuqorida ko‘rsatilgandek, oddiy hukmlar
sub’ekt va predikatdan iborat bo‘ladi. Ular hajmi jihatdan xarakterlanadi. Hukm
terminlari ikki xil hajmda bo‘lishi mumkin: to‘la hajmda olingan va to‘la
hajmda olinmagan. Agar hukm termini bir turkum predmetlarning hammasini
ifodalagan bo‘lsa, to‘la hajmda olingan bo‘ladi, aks holda to‘la hajmda
olinmagan bo‘ladi. Umumiy tasdiq hukmlarda sub’ekti to‘la hajmda olingan,
predikat bir xil hukmlarda to‘la olingan, boshqalarida to‘la hajmida olinmagan bo‘ladi. Masalan, «Hamma talabalar O‘zbekiston tarixini o‘rganadilar». Bunda
talabalarning hammasi fikr qilingani uchun sub’ekt to‘la hajmda olingan,O‘zbekiston tarixini o‘rganuvchilar esa faqat talabalar emas, ular bilan birga
yana boshqalar ham bor, shuning uchun predikat to‘la hajmda olinmagan.
«Hamma oddiy hukmlar ikkita termindan iborat» kabi hukmlarda sub’ekt to‘la
olingan, predikat ham to‘la, chunki ikkita termindan iborat faqat oddiy
hukmlarning o‘zlaridir. Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti to‘la olinmagan
predikati bir xil hukmlarda to‘la, boshqalarida to‘la olinmagan bo‘ladi. Masalan,
J «Ba’zi spektakllar zamonaviy mavzularga bag‘ishlangan», bunda sub’ekt ham,
predikat ham to‘la hajmda olinmagan. J «Ba’zi odamlar ikkita chet tilini biladi»
kabi hukmlarda sub’ekt to‘la emas, predikat to‘la olingan, chunki chet tilini
biladiganlar hammasi odamlardir. YAkka tasdiq hukmlarning sub’ekti va
predikati to‘la hajmda olingan bo‘ladi. YAkka hukm sub’ektida bir predmet bir
individ sifatida olingani uchun umumiy hukm singari sub’ekti to‘la bo‘ladi.
Predikati umumiy hukmning birinchi xili singari to‘la olingan bo‘ladi. Masalan,
E «hech bir jism tinch turmaydi». Juz’iy inkor hukmlarda sub’ekt to‘la
olinmagan. Masalan, O «Ba’zi talabalar kutubxonalarga a’zo emas». YAkka
inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to‘la hajmda olingan bo‘ladi.
Masalan, «Bu odam oliy ma’lumotli emas» hukmlarda terminlar hajmini
yaxshiroq tushunish uchun doiralardan foydalanamiz.
Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari
birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab
hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining
mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidkgi
asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq
bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga
mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax
nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ».
Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha
predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki
siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi».
Shartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi.
Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. SHartli hukmning
sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida
bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi». Birlashtiruvchi hukmlar
kon’yuktiv, ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv, shartli hukmlar implikativ hukmlar
deb ham ataladi. Ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir»formulasi, shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |